Cholg’u ijrochiligi


MAMURJON UZOQOV (1904-1963)


Download 113.05 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi113.05 Kb.
#1163730
1   2   3   4
MAMURJON UZOQOV (1904-1963)
Marg’ilonning mashhur Mashad mahallasida Maьmurjon Uzoqov bo’zchi Uzoqjon aka xonadonida tavallud topdi. Uzoqjon aka san’atga juda ishqiboz bo’lib, tez-tez ko’shni «CHorchinor» maxallasi guzaridagi choyxonada bo’ladigan san’atkorlarning yig’inlariga yosh o’g’li Maьmurjonni xam birga olib borardi. SHu tariqa uning yosh qalbida ko’shiqqa, san’atga mehr uyg’ona boshladi. Onasi Zebunisa opa xam doira chalib, xalq yalla va laparlarini mohirlik bilan ijro etar edi. Tezda ustozlar nazariga tushadi va Xasan qoridan dutor chalishni, Xudoybergan hofizdan qo’shiq aytishni o’rgana boshlaydi. 1928 yilda Marg’ilonda o’zbek musiqali teatri tashkil etiladi va Jo’rajon Sultonov uni ishga taklif qiladi.
Ma’murjon Uzoqovning keyingi o’ttiz yillik ijodiy faoliyati shu ulug’ san’atkor bilan bog’lanib keldi. Jo’raxon aka tanburda, Ma’murjon aka dutorda jo’rovoz bo’lib qo’shik ayta boshlaydilar. Ular xamnafaslikda qo’shiq aytishib juda katta dovrug’ qozonadilar. 1932 yilda Jo’raxon Sultonov bilan birga Toshkentga keldi va shu yerda yashay boshladi. 1939 yili halq hashariga aylangan katta Farg’ona kanali qurilishi san’atkorlarning xam o’zaro bellashuviga aylanib ketdi. Xujjatli kinolentalarda muhrlangan tasvirlarda Jo’raxon Sultonov bilan birga ijro etgan qator qo’shiklarini ko’rish mumkin. SHu yili ko’p hofizlar qatori Maьmurjon Uzoqovga xam «O’zbekiston xalq hofizi» fahriy unvoni berildi. So’ngra Muqimiy teatriga taklif qilindi va qo’shiq aytish bilan birga «Tohir va Zuhra» da jarchi, keyinchalik esa Tohir rolini ijro etdi .
Mamurjon Uzoqovning urushdan keyingi ijodiy faoliyati o’zbek estradasi va Respublika radiosi bilan bog’lanib qoldi. Mashhur sozanda va bastakor Muhammadjon Mirzaev Mamurjon akaning ijodida hofizlik qirralarining yangicha shakllanishida katta ta’sir ko’rsatdi. Ijodiy hamkorlik natijasida «Surating», «Ko’zlaring», «Ey chexrasi tobonim», «Yo’lingda», «Yor istab», «Mustaxzod», «Ayrulmasin», «Fig’onkim», «Sho’xi parivashga», «Namoyon qil», «Yakka bu Farg’onada», «Yolg’iz», «Nasixat», «Ey sabo», «Jonim mening», «Bir kelib ketsun», «Jonon bo’laman deb», singari ko’shik va yallalar dunyoga keldi. Bu qo’shiqlarni hofiz jon dilidan kuylar, bu qo’shiqlar faqat uning dovudiy ovozi uchun yaratilganday edi. 50-60 yillar orasida Mamurjon Uzoqov qo’shiqchilik olamida yangi sahifa ochdi va o’zbek qo’shiqchilik san’atining xaqiqiy yulduziga aylandi. 1959 yilda Moskvada bo’lib o’tgan O’zbekiston adabiyoti va san’ati dekadasida jo’shib qo’shiq kuylagan Mamurjon akaning dovudiy ovozidan ta’sirlangan Moskvalik taniqli musiqashunos professorlardan biri kontsertdan keyin hofizning huzuriga kelib, «Ustozingiz kim?» deb so’raydi. «Ustozim Jo’raxon aka!» degan javobni eshitgan professor hayratlanib, «Italiya qo’shiqchilik maktabini bitirgan bo’lsangiz kerak, deb o’ylabman» degan javobni bergan ekan.
Mamurjon Uzoqovning vafoti xaqidagi shov-shuvlar hozirgacha qalblarni larzaga solib keladi. 1963 yil 23 iyul kuni Marg’ilon bog’ida, do’stlari, shogirdlari, shinavandalari davrasida qo’shik kuylab turganida uning hayoti mangulikka yuz tutdi.
Mashad qabristonida shogirdining qabriga tuproq tortayotgan ustozi Jo’raxon Sultonov biroz to’xtab, «Mamurjon o’lim meni navbatim edi, afsus sen erta ketding. Men sendan mingdan-ming roziman, mendan ham rozi bo’lgin», deb faryod chekkanida marosimga yig’ilgan butun xalq uvvos solib yig’lab yubordi.
Uzbekiston xalq hofizi Maьmurjon Uzoqovning muborak nomi xalqning qalbidan bir umrga joy olgan. Uning nomi abadiylashtirilib o’zi yashagan ko’chaga, mahalla, musiqa maktabiga berilgan. Har ikki yilda Marg’ilon shahrida Maьmurjon Uzoqov va Jo’raxon Sultonov nomidagi Respublika yosh xonandalar ko’rik tanlovi o’tkazib turiladi. Prezi- dentimizning farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlanishi bu¬yuk hofiz umrining davomi bo’lib, muborak nafasining so’nmasligidan dalolatdir.

Download 113.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling