Cholg’u ijrochiligi


Download 113.05 Kb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi113.05 Kb.
#1163730
1   2   3   4
TAMARAXONIM (1906-1991)
Tamaraxonim aslida arman farzandi, Boku ishchisi Ar¬tyom Petrosev - uning otasi bo’lib, 1905 yilgi revolyutsiyadan so’ng Turkistonga surgun qilingan va Farg’ona muzofotining Gorchakovo stantsiyasiga kelib ishchi bo’lib ishlagan. Tamaraxonim shu yerda Marg’ilonning Gorchakovo temir yo’l bekati yonidagi «Pichoqchi » mahallasida dunyoga kelgan.
Oilada 5 qiz bo’lib, ularning uchtasi Tamaraxonim,
Gavxarxonim, Lizaxonimlar san’atkor bo’lib yetishdilar. Barchalari xalq artisti unvoniga sazovor bo’ldilar. Tamaraxonimni va singillarini dastlab sahnaga olib chiqqan ustoz Yusufjon Qizik SHakarjonov bo’ldi. 13 yoshli Tamaraxon boshiga paranjini yopinib, singillarini yetaklab xovlima-xovli yovuz kuchlardan o’zini yashirib, tandirchilar mahallasidagi Yusufjon qiziq hovlisiga kelib, lapar, qo’shiq va raqslar o’rganib ketardi. Ustoz Tamaraxonga o’zbek lapar yallalarini raqsga tushirtirib o’rgatardi. 1926 yilda Marg’ilonda tashkil etilgan o’zbek davlat etnografik ansambliga jalb qilinib, u yerda Muhiddin Qori Yoqubov, Usta Olim Komilov, To’xtasin Jalilov singari ustozlardan taьlim oldi. So’ngra umr yo’ldoshi Muhiddin Qori Yoqubov bilan Moskvada o’qidi. Ular birga duetlar ijro etardilar. 1925 yilda Parijda jaxon festivalida qatnashdilar. So’ngra jaxon bo’ylab Tamaraxonimning gastrol kontsertlari boshlandi. U 60 dan ortiqdavlatlarda bo’ldi. 70 dan ortik tilda qo’shiq kuylab, raqsga tushdi. Tamaraxonim lapar janriga asos solgan raqqosadir. Bu janrda lapar ijrosi raqs bilan uyg’unlashib ajoyib bir joziba baxsh etadi. 1935 yilda Londonda 1 xalqaro festivalning oltin medaliga sazovor bo’ldi. Bu medalni Angliya qirolichasining qo’lidan olish baxtiga muyassar bo’ldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida frontchi san’atkorlar truppasida madaniy xizmat qiladi, kapitan harbiy unvoniga sazovor bo’ladi. Tamaraxonim filarmoniyalar qoshida bir necha ashula va raqs ansambllarini tuzdi va umrining so’nggi nafasigacha ijod qildi. 90 yoshida Toshkentda vafot etdi. Unga «O’zbekiston xalq artisti» fahriy unvoni, orden va medallar berilgan. 2001 yilda Prezidentimizning farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi. Toshkent shahrida uning uy muzeyi ishlab turibdi. Bu muzeyga turli millat raqslariga mansub kostyumlar, shaxsiy buyumlar, turli yillardagi afisha va rasmlar qo’yilgan bo’lib, xalqning ziyoratgohiga aylangan.


Musiqa (yunoncha μουσική — ilhom parilari san’ati) — tovush san’atidirmusiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qoʻllanishi mumkin.
Musiqa (yun. mousiche —muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, Musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (katʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqsir. Musiqa asarlari mazmunida musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra Musiqa mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan lirika Musiqaning „botiniy“ tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning maʼnaviymaʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir.
Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli—maʼnoli jarayonlar singari, Musiqa ham muayyan maʼlumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoni-yatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastligi, ingichka-yoʻgʻonligi, uzunqisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan Musiqa nutqqa (nutq intonatsiyalariga) oʻxshaydi. Ammo, sanʼat turi sifatida Musiqa fakat ungagina xos boʻlgan xususiyatlar (mas, badiiy-estetik maqsadlarni koʻzlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, Musiqa tovushlarining muayyan musika tizimlarida tashkil etilishi) bilan nutkdan farq qiladi. Har bir alohida olingan Musiqa tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega boʻlsada Musiqa tovushlarining baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat nisbatlari esa — musiqiy ritm va metrda oʻz aksini topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari Musiqa madaniyati, jumladan, oʻzbek musiqa folklori, anʼanaviy musiqa va bastakorlik ijodiyotida lad asosini turli koʻrinishdagi diatonika tashkil etadi. Kompozitorlik Musiqada (ayniqsa, 20- a.da rivoj toptan yoʻnalishlarda) diatonika bilan birga xromatika ham keng oʻrin olgan.


Download 113.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling