Assalomu alaykum va rohmatullohi va borakatuh. Meni sizlarga savolim bor edi, shu savolga aniq javob olmoqchiman sizlardan. iltimos javobni XTB bo'limlariga emas meni o`zimni elektron pochtamga jo'natishingizni iltimos qilardim.
1-savol: Hozirda qish bo'lganligi sababli "Peshin" namozi vaqti juda qisqa bo'lyapti, ya'ni 13:00 dan 15:00 gacha. Maktabda dars soat 13:00 dan keyin tugaydi. darsdan keyin Peshin namoziga ulguraylik deb, haftada 2 marta to'garakni dars tugashi bilan 1 soat (ya'ni 60 min) to'garak o`tib keyin uyga ketayotgan edik. Hozirda maktabimiz rahbarlari bizga soat 14:00 dan 16:00 gacha oralig'ida o'tinglar deyishayapti. Bunday xolatda bizlar Peshin namoziga ulgurmay qolamiz. Bizlarga maktab hududida namoz o`qish mumkin emas deyishayapti. Sizga savolim shundayki, maktabda ishlovchi o`qituvchi va xodimlar maktabda yakka holda (Jamoaviy emas) namoz o`qishimiz mumkinmi?
2-savol: Maktabda o'quvchilar Masjidga bormasin, nazoratga olinglar deyishayapti. Maktab o`quvchilari darsdan keyin otasi, akasi, amakisi, tog'asi bilan masjidga borishi mumkinmi?. Sizlardan iltimos aniq javob bersangiz. Assalomu alaykum va rohmatullohi va borakatuh.
Do'stlaringiz bilan baham: |