4-maʼruza: fitonematodalar morfologiyasi reja
-rasm. Nematodalar qismlarini o’lchashning de Маn усули (de Man, 1884)
Download 409.72 Kb.
|
4-ma ruza fitonematodalar morfologiyasi reja
5-rasm. Nematodalar qismlarini o’lchashning de Маn усули (de Man, 1884)
1-tananing umumiy uzunligi; 2-tana diametri (eng uzun, vulvagacha); 3-qizilo’ngach uzunligi; 4-dum uzunligi; 5- boshning yon tomonidan vulvagacha bo’lgan uzunligi (Paramonov bo’yicha 1964). Masalan, de Man formulasini Ditylenchus dipsaci fitonematodasining urg’ochi va erkagi misolida quyidagicha ta’riflanadi: L=1,02-1,54 mm; a=31,3-56,3; v=5,1-8,9; s=13,4-18,5; V=79-86 %; stilet uzunligi 11-13 mk L=0,37-1,54 mm; a=37,4-38,9; v=6,0-8,3; s=12,9-17,3; T=65-72%; spikula uzunligi 23-27 mk, rulyok uzunligi 10-12 mk. Indeks-o’lchamlarning teskarisi bo’lib, ular qancha katta bo’lsa, berilgan o’lchamlar (qizilo’ngach uzunligi, dum uzunligi, tananing eng yo’g’on qismi) shunchalik kichik bo’ladi. SHunga ko’ra, yo’g’on fitonematodalar uchun «a» (15-35) indeksi kam ahamiyatli bo’lsa, ingichka fitonematodalar uchun o’lchamlar farqli ravishda katta bo’ladi (40-100) (5-rasm). Sista hosil qiluvchi fitonematodalarni aniqlashda tsistaning shakli muhim ahamiyatga ega: Ular limonsimon (Heterodera, Bidera, Coctodera), tuxumsimon (Cactodera, Globodera, Bidera), sharsimon (Globodera, Punctodera), noksimon (Punctodera, Globodera) shakllarda bo’ladi (2-rasm). Bu turdagi fitogelьmintlarning anal-vulьvar plastinkalari preparatlarini tayyorlamay turib, turlarini aniqlab bo’lmaydi. Vulьva va anus tsistaning pastki qismida joylashgan bo’ladi. Ko’pgina turlarda anusning o’lchami vulьva o’lchamidan ancha kichik bo’lib, faqatgina Punctodera avlodiga mansub turlarda anusning o’lchami ham vulьva kattaligida bo’ladi. Ular ikkita yumaloq darcha hosil qilib, bir-biridan bitta darcha eni miqdorida uzoqlashgan. Vulva teshigi tirqish shaklida bo’lib, katta qismi 2 ta gialinli lablarning orasida yotadi. Bu esa vulьva o’rni deb ataladi. Vulьva o’rnining ikki tomonida tiniq maydon bo’lib, polufenestr deb aytiladi. Yosh tsistalarning polufenestr chegaralari aniq ko’rinmaydi, lekin qarishi bilan ular yaxshi ko’rinadigan bo’lib qoladi, bu esa yupqa devorli maydonlarning yemirilishi natijasida ro’y beradi. Ikkala polufenestrlar birgalikda darchani hosil qiladi. Ularning ayrim turlarida vulьva ko’prigi bo’lmaydi, darcha yagona areolda joylashgandek ko’rinadi. Darchalarning joylashishiga qarab, fenestrlar 2 ta asosiy guruhga bo’linadi: Download 409.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling