4-maʼruza: fitonematodalar morfologiyasi reja
К 4-rasm. Fitonematodalarning ba’zi bir tipik harakatlari va holatlari
Download 409.72 Kb.
|
4-ma ruza fitonematodalar morfologiyasi reja
К
4-rasm. Fitonematodalarning ba’zi bir tipik harakatlari va holatlari A, B, V - Rhabditinae kenja oilasiga mansub eusaprobiontlarning harakatlanishi; G - Ye - Panagrolaimus rigidus ning ba’zi harakati va holati; J - K - Ditylenchus allii ning ba’zi harakati va holati (Paramonov bo’yicha, 1962). Hozirgacha ma’lum bo’lgan eng kichik nematoda - Trichoderma minutum Steiner, 1916 dengizda yashaydi, uning tana uzunligi 82 mikron. Ma’lum nematodalarning eng kattasi Platensonema gigantissima Gubanov, 1951 bo’lib dengizda kitsimonlarning yo’ldoshida parazitlik qilib yashaydi. Umuman olganda, dengiz nematodalari yumaloq chuvalchanglarning erkin turlari orasida eng kattalariga kiradi. O’simlik parazitlari eng kichik nematodalardir. SHunday qilib, masalan, Sphaeronema minutisimum Goodey, 1958 uzunligi atigi 101-129 mikron va eng kichik dengiz nematodasidan bir oz kattaroqdir. Fitonematoda tanasining ko’p qismini tana tashkil qiladi. Bu tananing bosh qismidan toki anal va kloaka teshigini (urg’ochi, erkaklarida va lichinkalarida) o’z ichiga oladi. Anal va kloaka teshigi joylashgan qism dum hisoblanadi. Dum turli xil fitonematodalarda turlicha shakl va uzunlikda bo’ladi. Fitonematodalar tanasida markaziy nerv sistemasi, sezuv organlari (amfidlar, fazmidlar, deyridlar, gemizonidlar, gemizonion) ovqat hazm qilish organlari (oldingi, o’rta, keyingi ichaklar) chiqaruv organi, ko’payish organlari (urg’ochi, erkagi) faoliyat ko’rsatadi. Qizilo’ngachning oldingi (stiletdan orqada) va o’rta (bulьbusning o’rnashgan joyida) qismlariga qizilo’ngach bezlarining yo’llari ochiladi. Qizilo’ngach hamda ichak chegarasida kardiy, ya’ni qizilo’ngach-ichak klapani joylashgan. Ichak umumiy tana bo’ylab cho’zilgan bo’lib, ko’pincha donador tuzilishga ega. Orqa ichak yoki rektum urg’ochilarida anal teshigi (anus) bilan yakunlansa, erkaklarida esa klaoka bilan tugaydi. Fitogelьmintlarda ayirish va nerv sistemalari yaxshi farqlanmaydi. Odatda ekskretor pora (chiqarish tirqishi) o’rta metakarpal bulьbus va nerv halqasidan keyin tananing oldingi qismida joylashgan. Fitonematodalarda gazlar almashinuv jarayoni butun tana yuzasi va tana suyuqligi hisobiga amalga oshadi. Ularda maxsus qon aylanish va nafas olish sistemalari bo’lmaydi. Urg’ochilarida jinsiy organlar asosan juft bo’ladi. Jinsiy sistemasi naylarining ingichka uch qismi tuxumdon, undan keyingi qismi tuxum yo’li hisoblanadi. Ba’zan ular toq bo’lib, orqa tuxumdon va tuxum yo’li rivojlanmagan. Jinsiy teshiklar tananing ikkinchi yarmida joylashgan. Rivojlanmagan jinsiy yo’llar orqa bachadon yoki postvulьvar xalta deb nomlanadi. Rivojlangan jinsiy yo’l bachadon, urug’ qabul qilgich va qindan iborat bulib, ular jinsiy teshik vulьva orqali tashqariga ochiladi. Erkak fitogelьmintlarning jinsiy sistemasi urug’don, birmuncha yo’g’onlashgan urug’ yo’li, kalta va keng urug’ pufagi, tor va muskulli urug’ to’kuvchi naydan iborat bo’lib, orqa ichakning keyingi qismiga ochiladi. Klaoka ichida juft spikula va toq rulek mavjud bo’lib, ular ba’zida murakkab tuzilishga ega bo’ladi. Ko’pchilik fitogelьmintlarning dum qismida, erkaklik jinsiy organi tashqi tomondan yupqa parda-bursa bilan qoplangan bo’lib, ba’zi turlarda esa dum papillalari, ya’ni o’siqlar bo’ladi. Download 409.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling