4-Ma’ruza. Ishlab chiqarish sanitariyasi asoslari va gigiyenasi meyorlari, mazmuni. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora tadbirlar Reja


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana14.07.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1660370
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Ma’ruza. Ishlab chiqarish sanitariyasi asoslari va gigiyenasi

 
3. Chang va uni organizmga ta’siri 
Davlat standartiga kо‘ra ishchining doimiy yoki vaqtinchalik bо‘ladigan ish 
joyidagi pol sathidan 2 m balandlik ishchi zona hisoblanadi. Traktor, kombayn va 
boshqa mashinalarning kabinalari ichidagi fazo ham ish joyi hisoblanadi. 
Kо‘p hollarda ishlab chiqarishda ishchi zonalar chang bilan ifloslanadi. 
Ayniqsa har xil ekinlarni kombayn bilan yigishtirishda, donlarni tozalashda, yerga 
ishlov berishda, oziqalar tayyorlashda, xuddi shuningdek hayvonlarni boqishda 
changlarning havodagi miqdori intensiv ravishda oshadi. 
Qattiq moddaning havoda muallaq holatda bо‘la oladigan eng mayda 
zarrachalari chang deb ataladi. Havodagi changlar aspiratorlar yordamida aniqlanadi. 
Changlarning zarralari organik (о‘simlik va hayvon changlari), organik bо‘lmagan 
(mineral va metall changlari) va aralashgan holda bо‘lishi mumkin. Chang kо‘zga, 
nafas olish yо‘llariga, о‘pkaga va teriga zararli ta’sir qiladi. Changlarning fizik va 
ximiyaviy xossalari ularning dispersligi, yer silkinish zarrachalarning shakli, erish 
qobiliyati hamda ximiyaviy tarkibiga bog‘liq. Changlarning havoda muallaq holatda 
bо‘lishi davomiyligi, nafas olish organlariga kirib borish chuqurligi, fizik va 
ximiyaviy faolligi va boshqa xossalari chang zarrachalarining о‘lchamlariga bog‘liq 
bо‘ladi. 
О‘lchami 200 mk dan katta chang zarrachalari tez о‘tiradi. О‘lchami 200 mk 
dan kichik (0,1 mk gacha) chang zarrachalari havoning qarshiligi tufayli sekin 
о‘tiradi. О‘lchami 0,1 mk dan kichik (kо‘zga kо‘rinmaydigan) chang zarrachalari 
deyarli о‘tirmaydi va havoda tartibsiz harakatda bо‘ladi. Bunday changlarni nafas 
olish organlari orqali ichki organizmlarga kirishi ehtimoli katta. Modda qanchalik 
qattiq va uning maydalanishi qanchalik intensiv bо‘lsa, uning disperslik darajasi 
shunchalik yuqori va inson organizmiga ta’siri shunchalik zararli bо‘ladi. 
Qurilish korxonalarining ishlab chiqarish xonalari havosida 70-80 % 5 mk 
gacha kattalikdagi chang zarrachalari bо‘ladi. Changning biologik faolligi xususan 
uning inson organizimiga ta’siriga, ximiyaviy tarkibiga bog‘liq. Changning 


dispersligi ortishi, ya’ni maydalangan moddalarning solishtirma sirtining 
kattalashishi bilan uning ximiyaviy faolligi ortadi. 
Changning eruvchanligi katta ahamiyatga ega. Zaharli changlarning hujayra 
suyuqliklarida yaxshi eruvchanligi juda zararli hisoblanadi. Kattaligi 5 mk bо‘lgan 
va undan katta chang zarrachalari yuqori nafas olish yо‘llarida, burun bо‘shlig‘ida 
ushlanib qoladi va ular shilliq pardani shikastlaydi, yallig‘laydi. Bu holning oldi 
olinmasa u zо‘rayib burun bо‘shlig‘ining tozalash (filtrlash) xususiyati pasayadi. 
О‘lchami 5 mk dan kichik chang zarrachalari о‘pkaga kirib boradi. Nafas olish 
yо‘llariga chuqur kirib, bu yerda uzoq turib qolgan changlar har xil og‘ir 
kasalliklarni keltirib chiqaradi. 
Ishlab chiqarishda chang hosil bо‘lishiga va uning inson organizmiga zararli 
ta’sir qilishiga qarshi kurash tadbirlari quyidagi yо‘nalishlarda olib borilishi zarur: 
1. chang hosil bо‘lishini butunlay yо‘qotadigan texnologik jarayonlarni 
takomillashtirish; 
2.apparatlar, jihozlar, elevatorlar, transportyorlar, shneklar, bо‘nkerlar va 
hakozalarni germetiklash; 
3. qо‘lda maydalash ishlarini mexanizatsiyalashtirish; 
4.qurilishda gidrochangsizlantirgich, pnevmotransportlardan keng 
foydalanish; 
5.changlarga qarshi shamollatkichlar о‘rnatish, chang manbalarini izolatsiya 
qilish; 
6.xonani nam usulda tozalash; 
7.ishchilarni individual himoya vositalari bilan ta’minlash. 
Qishloq xо‘jaligida esa bularga qо‘shimcha ravishda germetik kabinalardan 
foydalanish va unga majburiy holda toza havoni uzatish hamda uning mikroiqlim 
parametrlarini yaxshilashni amalga oshirish juda foydali hisoblanadi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling