4-Ma’ruza. Ishlab chiqarish sanitariyasi asoslari va gigiyenasi meyorlari, mazmuni. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora tadbirlar Reja


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana14.07.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1660370
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Ma’ruza. Ishlab chiqarish sanitariyasi asoslari va gigiyenasi



 
4-Ma’ruza. Ishlab chiqarish sanitariyasi asoslari va gigiyenasi meyorlari, 
mazmuni. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga 
salbiy ta’siri, ularga qarshi chora tadbirlar 
Reja: 
1. Ishlab chiqarish sanitariyasi haqida tushuncha va uning vazifalari. 
2. Zararli moddalar va nurlarni inson organizmiga ta’siri va ulardan 
himoyalanish. 
3. Chang va uni organizmga ta’siri. 
4.
Texnosferada havo muhitining kо‘rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga 
ta’siri, ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik meyorlari, ularning inson 
organizmiga ta’siri. 
 
1. Ishlab chiqarish sanitariyasi haqida tushuncha va uning vazifalari 
Ishlab chiqarish sanitariyasi - ishchilarga zararli ishlab chiqarish omillarini 
ta’sirini oldini oluvchi vositalar, sanitarik-texnik gigiyenik va tashkiliy tadbirlar 
sistemasidir. Ishlab chiqarish sanitariyasida asosiy e’tibor insonga havo muhiti va 
bevosita tegish orqali salbiy ta’sir etadigan ishlab chiqarishning zararli omillariga 
qaratiladi. Havo orqali ishchiga ta’sir etadigan zararlar, noqulay mikroiqlim, 
changlar, gazlar, shovqinlar, infra va ultratovushlar, ish joylarini yoki xonani 
yetarlicha bо‘lmagan va juda ham yoritilganligi elektromagnit, infraqizil, 
ultrabinafsha, radioaktiv va boshqa nurlanishlar kо‘rinishlarida bо‘lishi mumkin. 
Insonga zararli omillar ularga bevosita tekkanda ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. 
Ularga qattiq yoki suyuq zararli ,,moddali" uskunalar yoki jihozlarni misol qilib 
keltirish mumkin. 
Ochiq maydonlarda dalada jarayonlarni bajarishda ishchilar xavfsizligi va 
sog‘ligi meteorologik (havo haroratining yuqori yoki pastligi, shamol, yomg‘ir, 
qor, quyosh radiatsiyasi va boshqalar) sharoitga ham bog‘liq bо‘ladi. 
Ishlab chiqarish sanitariyasining vazifasi esa ishlab chiqarish zararlarining 
ruxsat etilgan darajasi asosida sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishdir. 
Ishlab chiqarishdagi zararli omillarni ruxsat etilgan darajalari (RED) yoki 
miqdorlari (REM), mehnat sharoitlari tavsifini boshqa optimal kо‘rsatkichlari, ishlab 
chiqarish obyektlari va xonalariga sanitar talablar maxsus ilmiy-tekshirish institutlari 
va laboratoriyalarida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan talablar esa qonun 
kuchini oladi va standartlar, sanitar va qurilish normalari hamda qoidalari kо‘rinishida 
joriy etiladi. 


Ishlab chiqarishda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish uchun 
ulardagi har bir mashina va mexanizmlardagi ish sharoiti, xavfsizlik standartlari va 
normalariga javob berilishi uchun vazirliklar va tegishli tashkilotlar о‘zlarining 
asosiy e’tiborlarini qaratadilar. 
Ishlab chiqarishdagi mutaxassislarning vazifasi esa qayd qilingan 
mashinalarning hammasida ish sharoitini xavfsizlik standartlari va sanitariya 
normalari talabi bо‘yicha ta’minlashdan iborat. 
Ishlab chiqarishdagi mutaxassislar bu masalalarni muvaffaqiyatli amalga 
oshirishi uchun ishlab chiqarish sharoitidagi zararli omillarning xossalari haqida, 
mehnat sharoitini tahlil qilish usllari bо‘yicha va ular asosida mehnat sharoitini 
yaxshilash va tashkil etish tadbirlarni ilmiy asoslash uchun yetarlicha nazariy va 
amaliy bilimlarga ega bо‘lishi kerak. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling