4-maruza. Leksik ma'no taraqqiyoti. So‘z leksik ma'nosining hosila ma'no yuzaga keltirishi. Leksik ma'noning kengayishi va torayishi. Evfemizm va disfemizm. Reja
Download 120.5 Kb.
|
4.ЛЕКСИК MAЪНО ТАРАҚҚИЁТИ
Evfemizm va disfemizm. Evfemizm va disfemizm shu tilda gaplashuvchi xalk
ruhiyatining o‘z so‘zlari leksik ma’nosi taraqqiyotida aks etishi deb qaraladi. O‘zbek xalqining ham ruhiyati tilidagi evfemizm va disfemizmning yuzaga kelishida ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun ham tilning mazkur hodisasi tadqiq etilar ekan, shu xalqning udumi, dunyoqarashi, irim-chirimlari-umuman ruhiyati e’tiborda tutilishi kerak. Evfemizm ifodaga ijobiy yondashuvni yuzaga keltirish maqsadi bilan amalga oshiriladi. U shu tilda gaplashuvchi xalqning irimi, urf-odati, madaniyligi bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Disfemizm ifodaga salbiy yondashuvni yuzaga keltirish maqsadi bilan amalga oshiriladi. Bu esa kishilarning o‘zaro muloqoti, axloqi va o‘zini tutishi bilan aloqador. Shularga diqqatni qaratish zarur. E’tibor beriladigan ob’ekt ikki yo‘nalishda. Shuning uchun bu ikki yo‘nalishni belgilovchi til hodisalari ikki qarama-qarshi nom bilan: evfemizm va disfemizm deb atalgan. Tilning bu ikki qarama- qarshi hodisalariga alohida-alohida yondashishga to‘g‘ri keladi. Evfemizmning mohiyatini tushunish uchun avvalo uning lug‘aviy ma’nosiga e’tibor berishga to‘g‘ri keladi. L.A.Bulaxovskiy u grek tilidan olinganligi haqida ma’lumot keltiradi. Uningcha, bu so‘z grekcha yaxshi ma’noli yey va gapiraman ma’noli rhemi so‘zlari kompozitsiyasidan iborat. Nemis tilining lingvistik lug‘atida esa grekcha yeirhemia (nemischaga gutter Ruf deb tarjima qilingan) so‘zidan olingan bo‘lib, “yaxshi muomala” ma’nosida deb qayd etilgan. Ko‘rsatilganiday, evfemizm so‘zining lug‘aviy ma’nosi deyarli bir xil izoxlangan. Ya’ni ularga ma’lum darajada suyangan holda, evfemizmga bir narsani o‘z nomi bilan atashda noqulaylik tug‘ilganda unga ijobiy his uyg‘otuvchi belgi berish maqsadida xuddi shunday belgiga yaqin narsaning nomi bilan atash yoki o‘sha noqulaylikni yopib yuboruvchi so‘z - lug‘aviy birlik bilan nomlash, deb izoxlashga to‘g‘ri keladi. Shu o‘rinda izoh “nomlash” so‘ziga tayangan holda tuzildi. Bu bilan evfemizmni qayta yangi nom qo‘yish ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. U mavjud yoqimli ma’noli so‘zga evfemistik ma’no berib qo‘llashdir. Berilgan izoxda mana shu tushuncha alohida ta’kidlangan. Evfemizm mavjud so‘zga yuklangan hosila ma’no deb tushunish kerak. Mavjud adabiyotlarda ham unga shu nuqtai nazar bilan yondashilgan. Evfemizm shunga ko‘ra semantik hodisa deb tushuniladi va u semasiologiya ob’ekti sifatida qaraladi. Mavjud so‘zga evfemistik ma’no yuklanar ekan, bu ma’no qo‘llanmay qolgan so‘zning ma’nosi bo‘ladi. Ya’ni u leksik sathga mansub hisoblanadi. Uni asosan tabu bilan bog‘laydilar. Tabuga uchragan so‘z yoki ibora o‘rnida to‘g‘ridan-to‘g‘ri evfemizm qo‘llanadi, ya’ni ma’lum so‘zga tabuga uchragan lug‘aviy birlikning ma’nosi yuklanadi, u evfemistik ma’no bo‘lib qoladi. Tabu so‘zi, A.J.Omonturdievning xabar berishicha, Polineziyaning tonga tilidan olingan bo‘lib, “man etmoq, taqiqlamoq” ma’nosini beradi. U fan termini sifatida qabul qilingan va A.A.Reformatskiy tomonidan “...jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida kishilik hayoti doirasida yuzaga keladigan taqiq” ma’nosini bildiradi. U yo diniy, yo irim, yo noxushlik uyg‘otishi nuqtai nazaridan taqiqlashdir. Masalan, qiblaga oyoq uzatib o‘tirish yo yotish man qilinadi. Bu ham tabuning ko‘rinishidir. U diniy nuqtai nazar bilan belgilangan. Yana supurgini tik qo‘ymaslik, axlatdan hatlamaslik, otashkurakni oyoq ostida koldirmaslik kabi irimga asoslangan etnografik tabular ham bor. Ularning hammasi faqat taqiqlashning o‘zidir. Bular etnografik tabu deb qaraladi. Shuni e’tiborga olgan holda, tabu ikkiga bo‘lib o‘rganiladi: etnografik tabu, lingvistik tabu. Lingvistik tabu lug‘aviy birlikning yo xalq irimi nuqtai nazaridan yo atash noxushlik uyg‘otishi nuqtai nazaridan muomalada qo‘llanishining taqiqlanishidir. Ya’ni lingvistik tabu muayyan bir lug‘aviy birlikning qo‘llanishiga nisbatan tatbiq qilinadi. Bunda tabuga uchragan birlik asosan so‘z bo‘ladi. Masalan, chayon so‘zi tilga olinmaydi. Bu o‘zbek tiliga xos. Chunki uni atash chaqirish ma’nosini beradi, deb tushuniladi. Ma’lumki, bu hasharot xavfli bo‘lib, zahari nihoyatda o‘tkir. U chaqsa, qattiq azob beradi. Shuning uchun uning nomi o‘zbeklarda taqiq qilingan. Ya’ni chayon so‘zini tilga olmaslikning o‘zi tabu deb qaraladi. Ochiq aytilishi man etilgan - tabulashtirilgan nutqiy jarayonni evfemik bayon etishda jamiyat a’zolarining saviyasi, didi, zavqi, ruhiyati, e’tiqodi, dunyoqarashi, tarbiyalanganlik darajasi, intellektual fikrlash qobiliyati, so‘zamolligi, suxandonligi, zukkoligi, hozirjavobligi, kasbi, yoshi, sotsial holati, umuman aytganga, axloq-odobi (etikasi) muhim rol o‘ynaydi. Misollar: Hech kimning bolasi o‘lmasin gapi (denotat yoki dominant)ning hech kim bolasidan ajrab qolmasin, hech kim bolamlamasin, hech kim bola hajrida (dardida, firoqida, alamida, g‘amida) kuymasin, hech kim bola g‘amini tortmasin (chekmasin) kabi evfemalashtirilgan sinonimik vositalari hech kim «bolam» demasin evfemasining o‘rnini bosa olmaydi. O‘ladi (o‘limi yaqin) denotati o‘rnida odatda umri bitganday, tugab qolibdi, bir haftaga ham bormaydi, vaqti-soati bitibdi, vaqti yaqin, to‘rt-besh kunligi qolibdi, yuziga chapgi lahad uribdi, xuftonga qolmaydigan ko‘rinadi, ko‘zidan nur so‘nibdi, ketar bo‘libdi, ketishi yaqin qolibdi, tomoqdan qolibdi, namozdan qolibdi, omonat bo‘lib qolibdi, hayotga qaytmaydi, yaxshi bo‘lmaydi, odam bo‘lmaydi, sob bo‘lgan, mehmon bo‘lib qolibdi, bir kunlik mehmon, narigi tomonning sharpasi tushib qolibdi kabi evfemik sinonimlardan biri qo‘llaniladi. Lekin bularning hech biri «chehra ochibdi» evfemasining o‘rnini qoplay olmaydi: Bemorni ko‘rib chiqqan qarindoshlaridan bukri bir kampir ko‘ziga yosh olib: «Bechora, «Chehra ochayotibdi»,-deydi. Pastlatilgan chiroq uzoq lopillagandan keyin, butkul so‘nishi oldidan bir lopillab yog‘du sochgani singari tugab qolgan - kasal ham abadiy ko‘z yumish oldidan shunaqa quvvat paydo qilib «chehra ochar» ekan (A.Q., 3-t., 303-6.). Akajon, qarang, qarang, Otangiz qari ekan. Og‘zida bir tishi yo‘q, Beri emas, nari ekan, duetida otangizning bir oyog‘i yerda, bir oyog‘i go‘rda - o‘limi yaqin ekan deyish (tabulashtirilib) o‘rnida beri emas, nari ekan evfemasinnng qo‘llanilishiga ham nutqiy odob normasi sabab bo‘lgan. Nutqning etik-estetik talab normasi tabulashtirilgach, ochiq yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri tilga olish noqulay bo‘lgan voqeliklar, xususan, eng ko‘p murojaat vositalarining evfemalashtirilishiga asos bo‘ladi. Quyidagi matnlarga e’tibor beraylik: Husayn Boyqaroga sevimli xotinining o‘limi haqida (Navoiy: Sarvigul soyasida so‘ldi gul, netmoq kerak? tarzida xabar bergan. Husayn Boyqaro: Sarvdin tobut yasab, guldin kafan bichmoq kerak, deb javob bergan (rivoyat). O‘zbekda har bir erkak o‘z xotinini - o‘z halol juftini qizi yo o‘g‘li nomi bilan atab chaqiradi. O‘z xotinining ismini aytib chaqirish yaramaydi. Xotinning ismi-Maryam, qizining ismi - Xadicha bo‘lsa, mo‘min-musulmonchilik sharmu hayosi yuzasidan xotinini Xadicha deb chaqiradi. Aksar ona-bola «labbay» deydi. Shunda-da oilaning haqiqiy egasi bo‘lgan ota: Kattangni aytayapman, kattangni! deydi. Hatto shunda ham Maryamni demaydi. Disfemizm so‘zlovchining tinglovchiga yoki biror predmetga nisbatan masxara, istehzoli, iltifotsiz qarashini bildiradi. Bu hodisa O.S.Axmanova tomonidan “Disfemizm muayyan matndagi nimaningdir nomini ma’lum darajada dag‘al, betakalluf, qo‘pol nom bilan almashtirib ifoda etuvchi tropdir,” deb izoxlagan. Bu izoh yuqoridagi izohdan mohiyatiga ko‘ra deyarli farq kilmaydi. Faqat O.S.Axmanova disfemizm trop ekanligini alohida ta’kidlagan. Masalan, odamga nisbatan cho‘chqa, burun, to‘nka so‘zlarini qo‘llash disfemizm hisoblanadi. Chunki odam salbiy xususiyatli narsalarga qiyos qilingan va uning salbiy organi nomi bilan atab chaqirilgan - umuman dag‘al muomalada bo‘lingan. Ular mazkur so‘zlarning hosila ma’nosidir, ya’ni disfemizmdir. Uning izohidagi ta’kid shuni ko‘rsatadiki, bu hodisa, shubhasiz, semasiologiyaning tekshirish ob’ektidir. Shu bilan birga u kokofemizmni ham disfemizm bilan bir ma’noga ega deb ko‘rsatadi. Ya’ni disfemizm va kokofemizm terminlari o‘zaro dubletlardir, deyilmoqchi. Bu fikr boshqa bir o‘rinda ham aytilgan. U “O‘zbek tili stilistikasi” kitobida berilgan bo‘lib, A.Shomaqsudovga tegishlidir. Makzkur muallif izoh masalasida esa “...qo‘pol va dag‘al formada ifodalash usuli ham mavjud. Bunday so‘z va iboralar kokofemizm deb yuritiladi,” deydi. Buning ustiga u kokofemizm uchun kuyidagi misolni keltiradi: “o‘lim” tushunchasi ko‘ziga tuproq to‘lmok, asfalasofilinga jo‘namoq, yer tishlamoq, yerning qariga ketmoq, qulog‘i tagida (ostida) qolmoq, yostig‘i qurimoq, narigi dunyoga jo‘namoq va b.lar bilan ifodalangan, deb ko‘rsatadi. Download 120.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling