4-ma’ruza Mavzu: Aromatik uglevodorodlar sintezi
Katalitik riformingdagi asosiy texnologik parametrlar
Download 292.6 Kb. Pdf ko'rish
|
Katalitik riformingdagi asosiy texnologik parametrlar.
Katalitik riformingda tempyeratura bosim va xom-ashyoni kelish tezligi jarayonga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, tanlangan katalizatorni xossalari va jarayon kimyosi ham hisobga olinadi. Katalitik riformingni o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, naftenlarni degidrirlash reaksiyalari issiqlik yutilishi hisobiga sodir bo‘ladi. Bosimni ortishi katalizatorni tez zaxarlanishini oldini oladi, lekin aromatik uglevodorodlar hosil bo‘lishini kamaytiradi va gidrokreking va dealkillash reaksiyalarini tezlashtiradi. Bosimni pasayishi natijasida aromatik uglevodorodlar hosil bo‘lishi tezlashadi, lekin katalizatorni kokslanishi tezlashadi. Shuning uchun riformingni polimetall katalizatorlari ishtirokida 1,5 MPa bosimda olib borish, jarayon tempyeraturasini 200S pasaytirish va aromatik uglevodorodlar miqdorini ko‘paytirish imkoniyatini yaratadi Katalitik riformingda tempyeratura bosim va xom-ashyoni kelish tezligi jarayonga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, tanlangan katalizatorni xossalari va jarayon kimyosi ham hisobga olinadi. Katalitik riformingni o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, naftenlarni degidrirlash reaksiyalari issiqlik yutilishi hisobiga sodir bo‘ladi. Bosimni ortishi katalizatorni tez zaxarlanishini oldini oladi, lekin aromatik uglevodorodlar hosil bo‘lishini kamaytiradi va gidrokreking va dealkillash reaksiyalarini tezlashtiradi. Bosimni pasayishi natijasida aromatik uglevodorodlar hosil bo‘lishi tezlashadi, lekin katalizatorni kokslanishi tezlashadi. Shuning uchun riformingni polimetall katalizatorlari ishtirokida 1,5 MPa bosimda olib borish, jarayon tempyeraturasini 200S pasaytirish va aromatik uglevodorodlar miqdorini ko‘paytirish imkoniyatini yaratadi. Katalitik riforming texnologiyasi. Xozirgi vaqtda sanoatda riforming jarayoni ikkita asosiy maqsad uchun: 1) motor yoqilg‘ilarini oktan sonini oshirish va 2) individual aromatik uglevodorodlar olish uchun qo‘llaniladi. 1. Birinchi xolatda xom-ashyo sifatida ligroin fraksiyasi yoki og‘ir benzinlar qo‘llaniladi. Ularni oktan soni 35-40 tashkil qiladi, riforming natijasida 80-95 ga yetadi. 2. Aromatik uglevodorodlar olish uchun xom-ashyo manbai neft fraksiyalari hisoblanadi. Ularning tarkibi S6 va undan yuqori uglyerod atomi bo‘lgan parafin va naftendan iborat. Benzol olish uchun 60-85 0S qaynovchi neft fraksiyalari, toluol olish uchun 85 dan 105-110 0S da qaynovchi, ksilollar uchun esa 110 dan 130-135 0S da qaynovchi neft fraksiyalari qo‘llaniladi. Katalitik riforming jarayoni ikki xil reaktorlarda olib boriladi: 1) qo‘zg‘almas qatlamli katalizatorli reaktorlar; 2) qo‘zg‘aluvchan qatlamli katalizatorli reaktorlar. Endi qo‘zg‘almas qatlamli katalizatorli platforming jarayoni texnologiyasi bilan tanishamiz (1-rasm). Xom-ashyo neft fraksiyasi 5-chi issiqlik almashtirgichda isitiladi, vodorod bilan aralashtiriladi va oltingugurtdan tozalash uchun kyerakli tempyeraturada 6- trubkali pechda qizdiriladi. Katalizator solingan 4-reaktorda gidrotozalash jarayoni olib boriladi. 4-jixozdagi issiq gazlar 2-chi sovutgich apparatida sovutiladi. 1-chi separatorda kondensat N2 va H2S dan ajratiladi va 3- chi nasos yordamida riforming bosqichiga uzatiladi. 10-issiqlik almashtirgichga kelishdan ilgari xom-ashyo vodorod bilan aralashtiriladi, so‘ngra 10-issiqlik almashtirgichda va 6-trubkali pechda isitiladi. Download 292.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling