4-ma’ruza Mavzu: Flash texnologiyasi. Flash texnologiyasi va uning imkoniyatlari Flash


Flash MX ish parametrlarini sozlash


Download 0.54 Mb.
bet3/3
Sana11.08.2020
Hajmi0.54 Mb.
#126016
1   2   3
Bog'liq
4-ma'ruza

4.4. Flash MX ish parametrlarini sozlash


Ish muxiti parametrlari bilan bir katorda foydalanuvchi muxarrirni boshka ish parametrlarini xam o’rnatishi mumkin. Bunday ish maxsus dialog oynasi yordamida amalga oshiriladi, bu oyna asosiy oynani Edit menyusi tarkibiga kiruvchi Preferences (Parametrlarni o’rnatish) buyrug’i tanlanganda paydo bo’ladi.

Preferences oynasi beshta bo’limdan iborat: General (Umumiy parametrlar), Editing (Tahrirlash parametrlari), Clipboard (Almashinish buferi parametrlari), Warnings (Ogoxlantirish) va ActionScript Editor (ActionScript muxarriri parametralari).



Flash MX bilan ishlashni birinchi boskichlarida General va Clipboard lar haqida tasurotga ega bo’lsangiz yetadi. Boshkalari keyingi boblarda kurib o’tiladi.

General bo’limi quyidagi elementlardan iborat (23 rasm):

  • Undo Levels matn maydoni; bu maydonda tahrirlash operasiyalari soni o’rnatiladi, bu operasiyalarini natijasini Undo buyrug’i yordamida bekor kilsa bo’ladi; son butun bo’lishi va qiymati 0 dan 200 gacha bo’lgan oralikda yotishi kerak;

  • Printing Options bayroqchasi: Disable PostScript (Pechat parameter-lari: PostScriptni ta’qiqlash); bu bayroqchani agar sizning printer PostScript formatidagi fayllarni chop etishni qo’llamasa o’rnatish maksadga muvofik;

  • Selection Options bayroqchasi: Shift Select (Tanlash parametrlari: Shift yordamida tanlash);

Agar bu bayroqcha o’rnatilgan bo’lsa bir nechta obyektlarni tanlash Windows dagi kabi standart usulda amalga oshiriladi.
.

39-rasm. Preferences oynasining General bo’limi

  • Show Tooltips (Yordamchi ma’lumotni ko’rsatish) bayroqchasi; agar u o’rnatilgan bo’lsa sichqonchani interfeys elementidan biror-birini ustiga olib borilsa, yordamchi ma’lumotni ko’rish mumkin;

  • Timeline Options: Disable Timeline Docking (Timeline ni ulashni ta’kiklash) bayroqchasi;

Agar bayroqcha o’rnatilgan bo’lsa u xolda vakt diagrammasi «kuchib» yuruvchi kurinishda bo’ladi;

Named Anchor on Scene (Saxnani nomli belgisi) bayroqchasi; agar u quyilgan bo’lsa, bu xolda Flash avtomatik tarzda xar bir saxnani birinchi kalit kadriga nomli belgi belgilaydi;



  • Highliht Color (Tanlash rangi) bir juft pereklyuchatellar joriy qavatni tashki konturini vizual belgilash uchun rang sxemasining ikkita variantdan birini tanlash imkoniyati mavjud:

  • Use This Color (Ushbu rangdan foydalanish), pereklyuchatellni ung tomonida joylashgan knopka yordamida ochiladigan palitra oynasidan bu rangni tanlanadi;

  • Use Layer Color (Kavat rangidan foydalanish) – qavatni tashki konturining rangi qavat rangi bilan bir xil bo’ladi;

  • Font Mapping Default (Shrift sxemasi) ruyxati kompyuterda o’rnatilgan shriftlardan birini tanlash imkoniyati, bu shrift filmdagi shriftni urniga ishlatiladi.

Clipboard yorligi almashinish buferiga joylashtiriladigan obyektlardan nusxa olinish parametrlarini o’rnatadi. Foydalanuvchi uch xil turdagi obyektlar uchun kerakli parametrlarni o’rnatishi mumkin (40 rasm):

  • Flash-filmga import kilinayotgan rastrli tasvirlar (Bitmaps), ular uchun quyidagi parametrlar o’rnatilishi mumkin:

    • rang chukurligi- glubina sveta (Color Depth);

    • razresheniye (Resolution);

    • maksimal razmer (Size limit);

    • tekkislash(sglajivaniye) zarurligi (Smooth);

  • WMF (Windows Metafile) vektor formatidan import kilinayotgan gradiyentli rang o’tish lardan iborat zalivkalar (Gradient), ular uchun tegishli tasvir sifatini (Quality)ni o’rnatish mumkin; tasvir sifati qanchalik yuqori bo’lsa import operasiyasi shunchalik ko’p vaqtni oladi va aksincha Flash MX ni «ichida» ishlanayotganda gradiyentli zalivkalardan nusxa olinayotganda ushbu parametr ta’sir etmaydi.

  • Flash-film ga import kilinayotgan FreeHand formatidagi matn qismlarini; agar Maintain Text as Block(matnni blok kurinishida saklash) bayroqchasi o’rnatilgan bo’lsa, u holda import qilinayotgan faylni tahrirlash imkoni mavjud bo’ladi.



40-rasm. Flash parametrlarini o’rnatish oynasining Clipboard bo’limi

Endi ish stoli va ish oblastini o’zgartirish buyruqlarini ko’rib o’tamiz. Bu buyruqlarni ko’pchiligini Flash tuzuvchilari View (Ko’rinish) menyusiga kiritilgan:



Zoom In (Kattalashtirish), Zoom Out (Kichiklashtirish), Magnification (Tasvir razmerini katallashtirish) buyruqlari ish stolidagi (shu bilan birga ish oblastini xam) tasvirlar razmerini o’zgartirish uchun ishlatiladi;

Work Area (Ish oblasti); agar ushbu buyruq tanlangan bo’lsa ish oblasti atrofidagi xudud xam interaktiv bo’ladi va ish stoli qismi sifatida ishlatilishi mumkin; xususan bu yerda chizish, u yerga kalit animasiya kadrlarini yaratishda simvollarni kuchirib o’tish mumkin va boshk.; ish oblastida obyektlarni joylashtirish misoli 41- rasmda ko’rsatilgan; bu rejim boshlangich va yakunlovchi kalit kadrlar ish stoli tashqarida joylashtish kerak bo’lsa ishlatiladi; bundan tashqari bu rejimni o’rnatish Hand instrumentini ishlatishda xam kerak bo’ladi;

Rulers (Lineyka), Grid (Tur-setka), Guide (Yunaltiruvchi)- ish stoli va ish oblastini belgilash vositalari tegishlilarini yoqish yoki o’

chirish uchun ishlatiladi;

42-rasmda lineyka va turni yoqib qo’yilganda ish stoli ko’rinishi keltirilgan.





41-rasm. Interaktiv ish oblastini ishlatishda obyektlarni joylashtirishda ruxsat etilgan xudud.

Yordam berish va o’rgatish vositalari

Bu toifadagi vositalarni barchasi asosiy oynaning Help menyusidagi tegishli buyruqlar orqali ishlatiladi. Ularga quyidagilar kiradi:





42-rasm. Lineykalar ishlatilganda va to’r(setka)yoqib quyilgandagi ish stolining kurinishi

  • Lessons (Darslar)- interaktiv darslarni ishlatish imkoniyatini yaratuvchi Flash-dasturni chaqirish, bu darslar asosiy operasiyalarni ishlatish texnikasi haqida ma’lumot beradi;

  • Tutorial (Darslik)- HTML formatidagi qo’llanmani chaqirish, yakunlangan Flash-filmni yaratish prosedurasini tasvirlaydi;

  • Using Flash (Flashni ishlatish) – HTML formatidagi kup saxifali spravochnikni chaqirish, bu ma’lumotnomada Flash MX bilan ishlash haqida to’liq ma’lumot keltirilgan;

  • ActionScript Dictionary (ActionScript dan slovar)- ActionScript tili funksiyalari va sintaksisi haqida gi ma’lumotdan iborat HTML formatidagi ma’lumotnomani chaqirish ;

  • Samples (Misollar)- Flash MX imkoniyatlarini namoyon etuvchi, kiyinligi turli darajada bo’lgan misollardan iborat katalogni ochadi; barcha misollar ikki format (FLA va SWF)da keltirilgan, birinchilarini Flash MX yordamida, ikkinchilarini esa avtonom Flash-pleyer yordamida ko’rish mumkin;

  • Flash Support Center (Flash foydalanuvchilarni qo’llab- quvvatlash markazi) - Flashga bagishlangan Web-saytga o’tish .



43-rasm. Interaktiv darslarga o’tish imkonini beruvchi Flash-dastur formati keltirilgan

Bu rasmda interaktiv darslarga o’tish imkonini beruvchi Flash-dastur formati keltirilgan.

Ular yordamida quyidagi mavzular bo’yicha ma’lumotlar va ko’nikmalarni olishingiz mumkin:


  • Getting Started with Flash- texnologiya haqida umumiy ma’lumotlar va Flash ning asosiy imkoniyatlari; ;

  • Illustrating in Flash- grafik tasvirlarni yaratish;;

  • Adding and Editing Text- matnni yaratish va tahrirlash;

  • Creating and Editing Symbols- simvollarni yaratish va tahrirlash;

  • Understanding Layers- qavatlar texnologiyasini ishlatish;

  • Creating Tweened Animation- avtomatik (tweened) animasiyani yaratish texnologiyasiga kirish;

  • Creating Buttons- interaktiv knopkalarni yaratish

  • Yuqorida sanab o’tilganlardan tashqari, darslar tarkibiga yana uchta mavzu kiradi- For Director Users, For FreeHand & Illustrator Users va For Fireworks & Photoshop Users, bu mavzular tegishli dasturlar bilan tanish bo’lgan foydalanuvchilar uchun ma’lumotlar.

Nazorat uchun savollar

1. Flash texnologiyasi nima?

2. Flash texnologiyasining imkoniyatlari qanday?

3. Flash dasturining interfeysi qanday?

4. Flash oynasi qanday qismlardan iborat?

5. Flashning uskunalar paneli qanday elementlardan iborat?

6. Macromedia Flash dasturida animatsiya qanday usulda yaratiladi?

7. Kadrlar qanday qismlardan iborat bo’lishi mumkin?

8. Ob’ektlar qanday o’rnatiladi?

9.O’bektlarning parametrlarini qanday o’zgartirish mumkin?

10. Flash MX ish parametrlari qanday sozlanadi?

11. General bo’limi qanday vazifalarni bajaradi?

12. Clipboard yorligi nima vazifani bajaradi?

13. Yordam berish va o’rgatish vositalari nima?



14. ActionScript ssenariylari nima?

15. Flash-dastur formati ko’rinishi qanday bo’ladi?
Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling