7 - laboratoriya ishi
Muhandislik masalalarini yechishda dasturlash tizimlari yordamida
grafika va multimedia imkoniyatlaridan foydalanish.
Ishdan maqsad: Borland C++ Builder6
ning
asosiy grafik
imkoniyatlari
bilan tanishish.
Topshiriqlar:
1.
Nazariy qism bilan tanishib chiqing.
2.
Grafik imkoniyatlar bilan tanishib chiqing.
3.
Grafik rejimda ishlatiladigan operatorlar bilan tanishib chiqing.
4.
Tajriba ishiga hisobot topshiring.
Nazariy qism
C++ dasturlash tilida yuqori darajadagi tasvirlarni hosil qilish mumkin.
Delphi dasturlash tilining grafik imkoniyati
dastur tuzuvchiga sxemalarni,
chizmalarni va rasmlarni chizish imkonini beradi.
Dastur grafik tasvirlarni
Forma va
Image komponentasiga chizish imkonini
beradi. Obektlar
Canvas xussusiyati orqali beriladi. Chizmani (to‘g‘ri chiziq,
to‘rtburchak, aylana va h.k.) chizish uchun
Canvas xussusiyatiga komponentani
qo‘shib qo‘yish kerak bo‘ladi. Umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
bu yerda:
- chizma chiziladigan joy,
- chizilayotgan grafik tasvir.
Masalan,
Form1.Canvas.Rectangle(10,10,100,100);
Natijada Formada to‘g‘ri to‘rtburchak hosil bo‘ladi.
Dasturchi chizish uchun qalam va mo‘yqalamdan foydalanishi mumkin.
Qalam yordamida geometrik figura, nuqtalarni chizish mumkin. Qalamning
xususiyatlari:
Color - chiziq rangi;
Width – chiziq
qalinligi;
Style – chiziq turi.
Qalamning
Color xususiyatida ishlatiladigan
ranglar quyidagi jadvalda
keltirilgan: