Grafik. Ushbu turdagi diagramma, qayta ishlanayotgan ma’lumotlarni xy o’qi bo’yicha (misol uchun: berilgan qiymatlarning vaqt diapozonida o’zgarishi) o’zgarish qiymatlarini ko’rish uchun foydalanilishi mumkin.
|
Aylana. Berilgan qiymatlarning umumiy yig’indiga nisbatan ulushini ko’rishda tasvirlash uchun foydalaniladi.
| |
Chiziqli. Ushbu turdagi diagramma berilgan qiymatlarni ularning kategoriyalari bo’yicha gorizontal ko’rinishda solishtirib, ularning to’rtburchakli, silinfrik, piramidali ko’rinishidagi shakllari mavjud.
| |
Sohali yoki yuzali. Ushbu turdagi diagrammalar berilgan qiymatlarning vaqt diapozonida kategoriyalar bo’yicha soha ko’rinishida tasvirlash uchun xizmat qiladi.
| |
Nuqtali. Berilgan qiymatlarni xy o’qi bo’yicha berilgan koordinatalar bo’yicha solishtiradi va ularning kesishish chiziqlarini aniqlashda foydalaniladi.
| |
Boshqa turdagi dagrammalar. Ushbu diagrammalar o’z ichiga birja ma’lumotlari, yuzali, halqali, shasimon ko’rinishdagi diagrammalarni qamrab oladi.
|
5.1-rasm. MS Excel dasturida diagrammalar qurish oynasi.
Excelda tuzilgan diagrammalarni joylashtirishning ikki xil usuli mavjud:
1. Qurilgan diagrammani varaqning ichki elеmеnti sifatida bеvosita varaqqa qo’yish (joriy varaq) (5.2-rasm);
5.2-rasm. Diagrammalarni joriy varaqda tasvirlash
2. Ishchi kitobning yangi varag‘ida diagramma qo‘yish. Diagramma varag‘i ishchi kitobning varaqidan bitta diagrammani saqlashi va yachеykalari bo‘lmaganligi bilan farq qiladi (diagrammalar varag‘i) (5.3-rasm).
Agar diagramma varag‘i faollashtirilsa, unda Excel mеnyusi u bilan ishlash uchun mos xolda o‘zgaradi. Alohida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallaydi (5.3 -rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |