5.3-rasm. Diagrammalarni alohida varaqda tasvirlash
3. Diagrammani hosil qilish bosqichlari
1. Microsoft Office paketi tarkibiga kiruvchi Microsoft Excel dasturi ishga tushiriladi (5.4-rasm):
5.4-rasm. MS Excel dasturini ishga tushirish.
2. MS Excel dasturi ishga tushirilgandan soʻng, jadval yoki diagramma hosil qilish uchun Elektron jadvalda kerakli ma’lumotlar tuzib olinadi. Masalan (5.5-rasm):
5.6-rasm. Ma’lumotlarni tuzib olish
3. Jadval yoki diagramma hosil qilish uchun kerakli ma’lumotlar belgilab olinadi (Elektron jadvalda belgilangan ma’lumotlarning katakchalari boshqa katakchalarga nisbatan ajralib turadi. Alohida belgilab olish uchun klaviaturaning Ctrl tugmasi bosib turiladi). Masalan (5.7-rasm):
5.7-rasm. Kerakli ma’lumotlarni belgilab olish
4. Belgilangan ma’lumotlar asosida MS Excel dasturining Menyular qatoridagi Вставка boʻlimida Диаграммы panel yorligʻida joylashgan grafik yoki diagrammalar ushbu ma’lumotlar uchun mos keladigan turi tanlab olinadi va ma’lumotlar diagrammasi hosil qilinadi. Masalan (5.8-rasm):
5.8-rasm. Diagramma hosil qilish
4. Diagramma elementlari bilan tanishish.
Diagramma turli elementlardan tashkil topgan bo’lib, ularning bir nechtasi standart holatda diagramma qurilgan paytda mavjud bo’ladi, qolganlari esa foydalanuvchining istagiga ko’ra qo’shiladi. Diagramma elementlarini ko’rinishini o’zgartirish, bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, o’lchami yoki ko’rinishini o’zgartirsih mumkin. Shuningdek, kerak bo’lmagan elementlarni o’chirish imkoniyatlari mavjud (5.9-rasm).
5.9-rasm. Diagrammalar elementlari
MS Excel dasturida diagramma odatda quyidagi elementlardan tashkil topgan bo’ladi:
1. Umumiy diagramma sohasi; 6.Ma’lum bir qiymatlarni izohlash maydoni;
2. Diagramma nomi; 7. Diagrammadagi qiymatlar guruhlari (legenda).
3. Berilgan ma’lumotlarning ifodalanish sohasi;
4. Kategoriyalar (gorizontal) va qiymatlar (vertikal);
5. Qiymatlar;
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |