4 ma‘ruza Mavzu: Qatlam energiyasi turlari. Reja


Download 1.45 Mb.
bet1/5
Sana28.10.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1731642
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-маъруза


4 - ma‘ruza
Mavzu: Qatlam energiyasi turlari.
Reja:
4.1. Qatlam bosimi
4.2. Neft uyumining energetik tavsifi.
4.3. Qatlam suvi tazyiqi energiyasi.
4.4. Siqilgan ozod gaz energiyasi.
4.5. Qatlamning taranglik energiyasi.
4.6. Og’irlik ( gravitatsiya ) kuchlari.


4.1. Qatlam bosimi



  • Uch turdagi uyum bir muncha keng tarqalgan:

  • Vn/Vg > 5 – neft uyumi;

  • 0,5n/Vg< 5 – neftgaz uyumi;

  • 0n/Vg< 0,5 – gazkondensat uyumi,

  • Bu yerda Vn/Vg – uyum hajmi neftli qismining gazli qismiga nisbati.

Qatlam bosimi Рqat – uyumning joriy energetik holatini belgilovchi asosiy faktor.
Normal qatlam bosimi mazkur uyum yotish chuqurligiga teng balandlikdagi suv ustuniga teng.
Boshlang‘ich qatlam bosimining normal ko‘rsatkichidan yuqori yoki pastligiga qarab uyumlar farqlanadi, ya’ni anomal yuqori qatlam bosimli (AYUQB) va anomal past qatlam bosimli (APQB) uyumlar bo‘lishi mumkin.
Boshlang‘ich qatlam bosimining anomalligi geologik sabablarga, shuningdek turli zichlikdagi suyuqliklarning gidrostatik xususiyatlariga ko‘ra aniqlanadi.
Quduq tubidagi statik bosim – quduq uzoq vaqt to‘xtatib qo‘yilgandan keyin quduq tubida o‘rnatilgan bosim.
Neft koni mahsuldor qatlamning g’ovak muhitida joylashgan neft, gaz va suv ma‘lum bir bosimda bo’ladi. Bu bosimni biz qatlam bosimi deb ataymiz. Boshlang’ich qatlam bosimi neft uyumining yotish chuqurligiga bog’liq, uni umumiy ko’rinishda quyidagicha ifodalash mumkin.
(4.1)
bu yerda: - uyumning ko’rilayotgan nuqtasidagi boshlang’ich qatlam bosimi. Н/m2 da.  - qatlam bosimining gidrostatik bosimidan chetlanish darajasini hisobga oluvchi koeffitsient. Н - uyumning yotish chuqurligi yoki quduq chuqurligi, m da  - qatlam sharoitida suyuqlikning zichligi, kg/m3. g - erkin tushish tezlanishi m/s2.
Ko’plab tekshirishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, har xil konda qatlam bosimining gidrostatik bosimdan chetlanish koeffitsienti =0,8 dan 1,2 gacha o’zgaradi. Agar qatlam har tomonlama o’tkazmas qatlamlar bilan chegaralangan bo’lsa, =1 deb olinadi. Qatlam bosimi chuqurlik manometrlar yordamida aniqlanadi.
Agar quduqning quvur ortki qismida gaz bosimi aniq bo’lsa, qatlam bosimi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
(4.2)
bu yerda: Рк - quvur ortki qismidagi bosim H/m2. е=2,718. 2 - gazning suvga nisbatan zichligi. L - ko’taruvchi quvur uzunligi, m. Z - gazning siqiluvchanlik koeffitsienti. Тo’r - quvur ortki qismidagi gazning o’rtacha harorati, 0К.
Agar ko’taruvchi quvur quduqda o’rnatilgan filtrning o’rtasidan masofada o’rnatilgan bo’lsa, hisob natijasida oldingan bosimga etishmagan bosimni topib qo’shishimiz kerak. U quyidagicha topiladi.
(4.3)

Qatlamning har-xil nuqtasida bosim har-xil bo’lib, bundan tashqari quduq altitudasi ham bir xil bo’lmaydi. Shuning uchun keltirilgan bosim tushunchasidan foydalanib, unda qandaydir gorizontal yuzaga nisbatan o’lchab olinadi. Shartli ravishda har qanday gorizontal yuzani olishimiz mumkin, misol dengiz sathi yoki suv-neft (neft-gaz) chegarasining boshlang’ich holati.


Keltirilgan bosimni quyidagicha hisoblash mumkin:
(4.4)




Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling