4-ma’ruza Mavzu
Download 167.98 Kb.
|
4- maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzilish izomeriyasi
4-ma’ruza Mavzu: Kompleks birikmalar izomeriyasi. Reja:
a) koordinatsion, b) ionlanish, c) gidrat, d) konformatsion, e) transformatsion, f) formal, g) o`rinbosar, h) elektron, i) holat. Organik birikmalarda ishlatiladigan izomeriya so’zi (isos-teng, meros-qism) koordinatsion birikmalr uchun ham juda keng qo’llaniladi. Koordinatsion birikmalar izomeriyasini 2 ta katta guruhga ajratish mumkin: 1. Tuzilish izomeriyasi (koordinatsion, ionlanish, gidrat, konformatsion, transformatsion, formal, o’rinbosar, elektron, holat izomeriyalari). 2. Fazoviy (stereo) izomeriya (sis-trans va optik izomeriyalar). Tuzilish izomeriyasi Koordinatsion izomeriya [Cr(NH3)6][Co(C2O4)3] – geksaamminxrom(III)-trioksalatokobalt(III) – och yashil rangli yaproqchalar [Co(NH3)6][Cr(C2O4)3] – yashil rangli ignasimon kristallar [Cu(NH3)4][PtCl4] – binafsha rangli [Pt(NH3)4][CuCl4] – ko’k rangli Bir xil tarkibli kompleks birikmalar ligandlar bilan har xil kombinatsiyada bog’lanadi: [Pt(NH3)4][PtCl4] ↔ [Pt(NH3)3Cl][Pt(NH3)Cl3] Markaziy ion 2 xil oksidlanish darajasiga ega bo’lib, turli kompleks birikma izomerlarini hosil qiladi. [PtPy4]2+[PtCl6]2 va [PtPy4Cl2]2+[PtCl4]2 Koordinatsion izomeriya xillarini dastlab o’rgana boshlagan A. Verner kaliytetraxloroplatinat(II) bilan kaliy atsetilatsetonatining o’zaro ta’siri natijasida uch xil kompleks birikmalarni ajratib oldi: K[PtCl2acac] – zarg’aldoq tuz; K[PtCl(acac)2] – och-sariq tuz va suvda erimaydigan [Pt(acac)2] tuzi. Ularning tuzilishini 1959 yilda bu sintezni yangi metodika bo’yicha takrorlagan A.A. Grinberg A. Verner xulosalarining to’g’riligini elektr o’tkazuvchanligini o’lchash bilan isbotladi. Bu birikmalarning tuzilishi quyidagicha deb e’tirof etildi: K[PtCl2acac] K[PtCl(acac)2] [Pt(acac)2] Ammo K[PtCl(acac)2] kompleks birikmasining tuzilishi 1962 yilda monokristall olinib RSA yordamida uzil-kesil isbotlandi. Undagi ikkinchi atsetiatseton (acac) ion holda emas, balki -uglerod atomi bilan bog’langani isbotlandi: Xuddi shunday kompleks birikmalar Pt(IV) va oltingugurt uchun olingan: [(CH3)3Pt(acac)Dipy]; S[CH3 – C(OH) = CH – C(O) – CH3] Bu bilan atsetilatsetonning izomer hosil qilishi chegaralanmaydi, yana uch xil izomer hollarda kompleks birikma hosil qilishini kuzataylik: – selenli kompleks birikmasida -uglerod atomi ko’prik ligand vazifasini o’taydi; tellurli birikmada metil guruhlari donor vazifasini o’taydi; Pt(IV) ioni bilan dimer kompleks birikma hosil qiladi: [(CH3)3Pt(Racac)2] dimer hosil qiladi va bu molekulada atsetilatseton uch dentatli ligand vazifasini bajaradi: Bu kompleks birikmadagi Pt – C bog’i (2,39 Å) K[PtCl(acac)2] birikmasining Pt – C bog’iga nisbatan (2,106 Å) ancha zaif va uzoqlashgan. Bu ishlardan ko’rinadiki, markaziy atomning tabiatiga ko’ra ayni bir ligand turli xildagi koordinatsion bog’lar hosil qilishi mumkin. Masalan, [Cu(acac)2] – monomer, [Ni(acac)2]3 – trimer, [Co(acac)2]4 – tetramer holatida bo’ladi. Koordinatsion izomeriya molekulasida ikkita kompleks hosil qiluvchi ion tutgan birikmalarda bo’lishi ko’p hollarda qayd qilingan. Download 167.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling