4-ma’ruza Mavzu


Download 167.98 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi167.98 Kb.
#1156431
  1   2   3   4
Bog'liq
4- maruza


4-ma’ruza
Mavzu: Kompleks birikmalar izomeriyasi.

Reja:
1. Tuzilish izomeriyasi


a) koordinatsion,
b) ionlanish,
c) gidrat,
d) konformatsion,
e) transformatsion,
f) formal,
g) o`rinbosar,
h) elektron,
i) holat.

Organik birikmalarda ishlatiladigan izomeriya so’zi (isos-teng, meros-qism) koordinatsion birikmalr uchun ham juda keng qo’llaniladi.


Koordinatsion birikmalar izomeriyasini 2 ta katta guruhga ajratish mumkin:
1. Tuzilish izomeriyasi (koordinatsion, ionlanish, gidrat, konformatsion, transformatsion, formal, o’rinbosar, elektron, holat izomeriyalari).
2. Fazoviy (stereo) izomeriya (sis-trans va optik izomeriyalar).


Tuzilish izomeriyasi
Koordinatsion izomeriya
[Cr(NH3)6][Co(C2O4)3] – geksaamminxrom(III)-trioksalatokobalt(III) –
och yashil rangli yaproqchalar
[Co(NH3)6][Cr(C2O4)3] – yashil rangli ignasimon kristallar
[Cu(NH3)4][PtCl4] – binafsha rangli
[Pt(NH3)4][CuCl4] – ko’k rangli
Bir xil tarkibli kompleks birikmalar ligandlar bilan har xil kombinatsiyada bog’lanadi:
[Pt(NH3)4][PtCl4] ↔ [Pt(NH3)3Cl][Pt(NH3)Cl3]
Markaziy ion 2 xil oksidlanish darajasiga ega bo’lib, turli kompleks birikma izomerlarini hosil qiladi.
[PtPy4]2+[PtCl6]2 va [PtPy4Cl2]2+[PtCl4]2
Koordinatsion izomeriya xillarini dastlab o’rgana boshlagan A. Verner kaliytetraxloroplatinat(II) bilan kaliy atsetilatsetonatining o’zaro ta’siri natijasida uch xil kompleks birikmalarni ajratib oldi:
K[PtCl2acac] – zarg’aldoq tuz; K[PtCl(acac)2] – och-sariq tuz va suvda erimaydigan [Pt(acac)2] tuzi.
Ularning tuzilishini 1959 yilda bu sintezni yangi metodika bo’yicha takrorlagan A.A. Grinberg A. Verner xulosalarining to’g’riligini elektr o’tkazuvchanligini o’lchash bilan isbotladi. Bu birikmalarning tuzilishi quyidagicha deb e’tirof etildi:

K[PtCl2acac] K[PtCl(acac)2] [Pt(acac)2]


Ammo K[PtCl(acac)2] kompleks birikmasining tuzilishi 1962 yilda monokristall olinib RSA yordamida uzil-kesil isbotlandi. Undagi ikkinchi atsetiatseton (acac) ion holda emas, balki -uglerod atomi bilan bog’langani isbotlandi:



Xuddi shunday kompleks birikmalar Pt(IV) va oltingugurt uchun olingan:


[(CH3)3Pt(acac)Dipy]; S[CH3 – C(OH) = CH – C(O) – CH3]
Bu bilan atsetilatsetonning izomer hosil qilishi chegaralanmaydi, yana uch xil izomer hollarda kompleks birikma hosil qilishini kuzataylik:
– selenli kompleks birikmasida -uglerod atomi ko’prik ligand vazifasini o’taydi;

  • tellurli birikmada metil guruhlari donor vazifasini o’taydi;

  • Pt(IV) ioni bilan dimer kompleks birikma hosil qiladi:


[(CH3)3Pt(Racac)2] dimer hosil qiladi va bu molekulada atsetilatseton uch dentatli ligand vazifasini bajaradi:

Bu kompleks birikmadagi Pt – C bog’i (2,39 Å) K[PtCl(acac)2] birikmasining Pt – C bog’iga nisbatan (2,106 Å) ancha zaif va uzoqlashgan.
Bu ishlardan ko’rinadiki, markaziy atomning tabiatiga ko’ra ayni bir ligand turli xildagi koordinatsion bog’lar hosil qilishi mumkin. Masalan, [Cu(acac)2] – monomer, [Ni(acac)2]3 – trimer, [Co(acac)2]4 – tetramer holatida bo’ladi.
Koordinatsion izomeriya molekulasida ikkita kompleks hosil qiluvchi ion tutgan birikmalarda bo’lishi ko’p hollarda qayd qilingan.



Download 167.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling