4-Ma'ruza Mavzu. Vibroprokat usulida konstruksiyalar tayyorlash. Gidrovibropresslash usulida konstruksiyalar tayyorlash. Presslash va shibbalash. Vakuumlash va vibrovakuum Reja


Download 244.32 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi244.32 Kb.
#1414214
  1   2
Bog'liq
4-mavzu


4-Ma'ruza
Mavzu. Vibroprokat usulida konstruksiyalar tayyorlash. Gidrovibropresslash usulida konstruksiyalar tayyorlash. Presslash va shibbalash. Vakuumlash va vibrovakuum
Reja
1.Vibroprokat usulida konstruksiyalar tayyorlash.
2.Gidrovibropresslash usulida konstruksiyalar tayyorlash.
3.Presslash va shibbalash. Vakuumlash va vibrovakuum
Tayanch so’zlar: Vibroprokat stan, tirqishli kamera, vibrogidropresslash, vakuumlash va vibrovakuumlash
Vibroprokat stanida buyumlar tayyorlash. Bunday usulning boshqalaridan farq qiladigan jihati shundaki, texnologik jarayon – beton qorishmasini tayyorlashdan boshlab tayyor buyumni chiqarishga qadar bitta moslamada – soatiga (og’ir beton ishlatilganda) 30 m yoki soatiga (yengil beton ishlatilganda) 15m tezlikda harakatlanuvchi bitta konveyyerda bajariladi.
Miqdorlash bo’limidan materiallar ikki valli qorishtirgichga tushadi, beton qorishmasi esa qoliplash lentasiga beriladi. Qoliplash lentasiga qoliplash qismlari, bort bruslari va boshqa elementlar mahkamlangan bo’ladi.

2.8-rasm. Vibroprokat stanida mahsulot tayyorlash sxemasi
1 - o’girish mexanizmi; 2 - o’tkazish moslamasi; 3 – tekislash moslamasi; 4 – rezina lenta; 5 – issiqlik bilan ishlov berish kamerasi; 6 – og’irlik valiklari; 7 – silkitib tekislash moslamasi; 8 – beton yotqizuvchi; 9 – bir valli beton aralashtirgich; 10 - miqdorlash bo’linmasi; 11 – ikki valli beton aralashtirgich; 12 – silkitish moslamasi; 13 – tortish moslamasi; 14 - qoliplash lentasi; 15 – bug’ berish joyi; 16 - qoliplash lentasini harakatlantiruvchi meanizm; 17 – shpatlovkalash moslamasi; 18 – boshqaruv pulti
Lenta uchastkalariga armatura karkasi, o’rnatish detallari, elektr o’tkazgichlar qo’yiladi va shundan so’ng unga beton qorishmasi yotqiziladi va silkitish mexanizmi bilan zichlanadi. Qoliplash lentasidagi buyum issiqlik bilan ishlov berish kamerasiga olinadi va u yerda 2-4 soat davomida harorat 98 darajagacha ko’tariladi
Tirqishli kamerasiga rezinalashgan lenta va bir-necha issiqlik bilan bosim berish vallari bilan jixozlangan. Kameradan chiqqanda betonning mustahkamligi loyihadagining 70 foizini tashkil etadi.
Lenta valga kelganda aylanib qarama-qarshi tomonga harakatlana boshlaydi va buyumni tushiradi, o’z navbatida buyum rolikli konveyyerga, undan ag’darish moslamasiga o’tadi va oxirida ko’prik kran bilan tushiriladi.
Ish samaradorligini oshirish va sement sarfini kamaytirish uchun qorishtirgichda beton qorishmasi 30-40 va xatto 60-70 darajaga qadar qizdiriladi. Ba’zan sement sarfini kamaytirish uchun kimyoviy qo’shimchalar qo’shiladi.

Download 244.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling