4-Ma'ruza Mavzu. Vibroprokat usulida konstruksiyalar tayyorlash. Gidrovibropresslash usulida konstruksiyalar tayyorlash. Presslash va shibbalash. Vakuumlash va vibrovakuum Reja
Download 244.32 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vakuumlash va vibrovakuumlash
Vibrogidropresslash. Vibrogidropresslash bosimli temir-beton trubalarni tayyorlashda qo’llaniladi (1.67, a rasm). Qoliplash jarayoni ikki bosqichdan iborat bo’ladi. Avval beton qorishmasi vintli beton joylovchi bilan qolipga solinadi. Qolip tashqi qobiq konsul va ichki o’zakdan iborat. Tashqi qolip (qobiq) kichik diametrli trubalar uchun ikkita yarim qolipdan tashkil topgan va katta diametrli trubalar uchun 4 ta segmentlardan iborat. Ular o’zaro bolt va tarirovkalangan prujinalar orqali ulanadi (1.67, b rasm). Ichki qolip (o’zak) ikkita konsentrik joylashgan trubalardan tashkil topgan. Kichik truba yaxlit bo’lib, kattasini devorlari teshik-teshik truba (perfofirovannaya truba) dan iborat. Ikki devorli o’zakka rezina chexol kiydiriladi.
Kichik diametrdagi trubalar uchun kam harakatlanuvchi beton qorishmalarini zichlantirish MV-64 osma pnevmatik vibratorlar yordamida amalga oshiriladi, katta diametrli trubalar uchun esa yuk ko’tarish qobiliyati 20-28 tonnali ko’pkomponentli vibrmaydonchalar ishlatiladi. Bu holatda vibratsiya tashqi kojux orqali tarqaladi. 1.67-rasm. Trubani vibrogidropresslash usuli bilan qoliplash a – qoliplash sxemasi; b – qolipni ulash detali; 1 – beton bilan ta’minlovchi bunker; 2 – tayanch(upornoye) xalqasi; 3 – tashqi qolip; 4 – rezina g’ilof; 5 – ichki qolip; 6 – bo’ylama armatura; 7 – spiralsimon armatura; 8 – issiq suv yuborish trubasi; 9 – pastki tayanch xalqasi; 10 – stopor muftasi; 11 – tashqi qolip; 12 –tutashtiruvchi chok; 13 - prujina Betonlashdan keyin qolip gidropresslash postiga o’tkaziladi, u yerda o’zakning teshikli va teshiksiz devorlari orasiga issiq suv uzatiladi. 30 min dvomida bosim 3-3,5 MPa gacha ko’tariladi. Bosim ostida suv o’zak devorlari orqali o’tadi, rezinali chexolga ta’sir ko’rsatadi, uni cho’zadi va qolipda beton qorishmasini presslaydi. Bosim ostida mahsulot 5-7 s, beton loyiha mustahkamligiga yetmaguncha saqlanadi. Vakuumlash va vibrovakuumlash Vakuumlash – bu betondagi tutash g‘ovaklar va kapillyarlardagi past bosim va atmosfera bosimi o‘rtasida tafovutni yaratishga asoslangan beton qorishmasini zichlash texnologik jarayonidir. Namlik bosimi gradienti natijasida suv bug‘i, havo va havosimon qorishma atmosferali bosim zonasidan vakuum-manbaga intiladi va betondan chiqib ketadi. O‘sha bosim gradient ta'siri ostida va kapillyar siqilish kuchlari ta'sirida hosil bo‘luvchi (suvning kapillardan chiqarilishiga qarab) beton zichlanadi. Bunda shuni e'tiborga olish kerakki, erkin suvning ortiqcha miqdorini hajmni kamaytirmasdan yo‘qotish qandaydir texnik samara bermaydi, shuning uchun vakuumlashni titratish bilan, ya'ni vibrovakuumlash bilan uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq. Titratish beton qorishmasini joylashtirish va zichlash uchun amalga oshiriladi, so‘ngra esa qoliplangan mahsulot vakuumlashtiriladi. Vibratsiya juda qisqa muddatga qorishma bo‘lakchalari o‘rtasidagi qarshiliklarni yo‘q qilish va g‘ovakli bo‘shliqni qattiq komponentlarning bo‘lakchalari bilan to‘ldirish uchun ishga solinadi. Shu bilan birga, titratishda vakuumlashtirish zonasidan tashqaridagi ortiqcha namlik vakuum harakatlanish zonasiga ko‘tariladi va betondan chiqariladi. Shunday qilib, vibrovakuumlash moslamasi nafaqat beton qorishmasini zichlashtiradi, balki betondan siqib chiqariladigan suv miqdorini ham oshiradi. Ikki-uch kun yoshdagi vakuumlashtirilgan betonning mustahkamligi titratilgan beton zichligiga nisbatan 40-60%ga ko‘p bo‘ladi. Download 244.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling