O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH HAQIDA - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
- O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-yil № 9, 331-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
- 1. 1-moddadagi “31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan” so‘zlari “26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
- 2. S s, Ɉ ɉ harflari mustaqil harf belgisi sifatida alifbodan chiqarilsin.
- 3. Ō ō harfi Ơ ơ shaklida, Ḡ ḡ harfi G` g` shaklida, Ş ş ѕarfi Sh sh shaklida. Ç ς ѕarfi Ch ch shaklida. N̅ n̅ harfi Ng ng shaklida. Q harf belgisi q shaklida ifodalansin.
- 4. A a, I i, G g, G` g`, Q q, Ơ ơ, Z z harflari va Sh sh harflar birikmasining yozma shakli tegishlicha A a, I i, G g, Ğ ğ, Q q, Ơ ơ, Z z, Sh sh tarzida ifodalansin.
- O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
- Toshkent sh.,
- 1995-yil 6-may,
- 71-I-son
- Qayd etilgan yozuvlar dunyo miqyosida yozma nutq madaniyatining alohida bosqichlari hisoblanib, kishilik jamiyatiga xizmat qildi. Har yozuv tipi o‘z davri uchun buyuk ixtiro hisoblangan va ma’lum muddatgacha iste’molda bo‘lgan.
- Keyingi davrlarda yozuvning maxsus, kishilik jamiyatining ma’lum guruhrari o‘rtasidagi muloqotni ta’minlashga qaratilgan yozuv turlari yaratildi.
- “Morze” , “Daktil”, “Brayl” alifbolari ana shunday maxsus yozuv turlaridir.
- Maxsus yaratilgan “Morze” alifbosi shartli belgilar orqali ma’lumot axborot almashishga asoslanadi.
- Qo‘l alifbesi va ko‘zi ojizlar alifbesi imkoniyati cheklanganlar uchun aloqa-munosabat vositasidir. Qo’l yozuvi barmoqlar yordamida harflarni tasvirlash bo‘lib, eshitish qobiliyatini yo‘qotganlar uchun xizmat qiladi.
- Ko‘zi ojizlar alifbesi Lui Brayl tomonidan ishlangan, ko‘rish qobiliyatini yo‘qotganlar uchun mo‘ljallangan.Bunda harflar 6 nuqtaning turli kombinatsiyasi orqali ko‘rsatiladi.
- Hozirda dunyo tillarida quyidagi yozuvlardan unumli foydalaniladi:
- 1. Lotin yozuvi asosida shakllangan yozuv sistemalari. Bu yozuvdan dunyo aholisining 30 % dan ortig‘i foydalanadi.
- 2. Slavyan-kirillitsa yozuvi. Bu yozuv turidan foydalanuvchilar dunyo aholisining 10 % ini tashkil qiladi.
- 3. Arab yozuvi. Bu yozuvdan dunyo aholisining 10 % dan ortig‘i foydalanadi.
- 4. Hind bo‘g’in yozuvi. Bu yozuvdan dunyo holisining 20 %i foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |