Qodirova Sarvinoz


Download 0.69 Mb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1024223
  1   2

Qodirova Sarvinoz

Mavzu: Yozuvning tarixiy ahamiyati.

Reja:

  • Yozuv. Yozuv va til.
  • Yozuv tarixidan.
  • Davr va yozuv taraqqiyoti

Yozuv. Yozuv va til.

  • Tilning butun imkoniyatlari nutqda ifodasini topadi. Nutqning og‘zaki va yozma shakli bo‘lib , yozma nutq yozuv orqali namoyon bo‘ladi. Yozuv ma’lum bir tarixiy jarayon mobaynida aloqa-munosabatning muhim vositasi bo‘lib shakllanadi. Yozuvning tarixiy ahamiyati quyidagilarda aks etgan.
  • 1.Yozuv ma’lum tarixiy jarayon natijasida shaklanadi va kishilar orasidagi bavosita aloqa-munosabat vositasi sifatida ijtimoiy manfaatlar uchun xizmat qiladi.

    2. Kishilik jamiyati erishgan barcha ma’naviy yutuqlar yozuv orqali avloddan avlodga yetkaziladi.

    3. Yozuv uchun masofa va vaqt ahamiyatsizdir.

    4. Yozuvning xabar yetkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi axborotlar umumiy ma’lumotga aylanadi.

    5. Yozuv kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichlarini, xalq tarixi, etnografiyasini adabiyot va san’at tarixini, tilning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvsiz tilning va xalqning tadrijiy taraqqiyotini o‘rganib bo‘lmaydi.

    Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of Linguistics. Edited by Arnoff, M., Rees-Miller, J. P.65-68.

  • Yozuv insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mahsulidir. U azaldan kishilarning aloqa qilishlari, fikr almashishlarida muhim rol o‘ynagan. Shubhasiz, yozuv insoniyatning ulug‘ kashfiyoti, muvaffaqiyati hisoblanadi. U og‘zaki nutq va tilga yordamchi vosita sifatida yuzaga keldi.
  • Yozuv – muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom ma’nodagi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biridir. Yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsa-da, unga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi – kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Tilning estetik, gnosiologik (bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga kiritgan tajriba-bilimlarini saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. Tovush tili uchun noqulaylik tug‘diruvchi masofa va vaqt omili yozuvning bu borada ustunligini dalillaydi. Bir lotincha maqol bor: “Verba volant – scripta manent” – “So‘zlar uchib ketadi, yozilgani esa qoladi”.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling