Qodirova Sarvinoz


Download 0.69 Mb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1024223
1   2

Yozuv tarixidan.

  • Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi bo‘g‘in yozuvi bo‘lib, u fonografik yozuv turiga kiradi (miloddan avvalgi 2- ming yilliklarning o‘rtalarida paydo bo‘lgan). Bu yozuvda bo‘g‘inlar ierogliflardir. U yoki bu so‘zni yozishga to‘g‘ri kelsa, ana shu bo‘g‘inlarni bir-biriga qo‘shish usulidan foydalaniladi. Tildagi so‘zlar soniga qaraganda bo‘g‘inlar soni ancha kam, shuning uchun ham bo‘g‘in yozuvi logografik yozuviga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko‘radi. Masalan, devonagari (hind) yozuvi bo‘g‘in yozuvidir: ulardagi har bir ishora undosh tovushlarning a unlisi bilan qo‘shib talaffuz qilinishini ko‘rsatadi, ya’ni na, ga, sha va h.z. Agar boshqa unlini talaffuz qilish zarur bo‘lsa, unda harflarning yo ustiga, yo tagiga ma’lum belgilar qo‘yiladi. Devonagarida 50 ta belgi bor: 13 tasi unli va so‘z yoki bo‘g‘in boshida keluvchi diftongni, 33 tasi bo‘g‘inni ko‘rsatadi. 4 ta yordamchi belgi. Bo‘g‘in belgilari sillabogramma deyiladi. Bu yozuvdan Shimoliy Hindiston hindilari foydalanadilar. Arab, misr, efiopiya, yapon (kana), koreyscha (kunmun) yozuvlari ham bo‘g‘in- yozuv turiga kiradi.
  • Fonografik yozuv tizimini keyingi taraqqiyoti harf-tovush yozuvi bo‘lib, fanda inqilobiy hodisa sifatida e’tirof etiladi. Bu yo‘nalishdagi ilk yozuv finikiy yozuvidir. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli harflardan iborat mukammal alfavitning yuzaga kelishi jamiyatdagi yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Bu jarayon miloddan avvalgi 9- asrdan boshlangan. Hozirgi kunda bizga ma’lum bo‘lgan harf-tovush tizimidagi yozuvlarning beshdan to‘rt qismidan ko‘prog‘i finikiy yozuvidan kelib chiqqan. Harf-tovush tizimi, hozirda, asosan 4 xil yozuv tizimidan iborat: lotin yozuvi (jahondagi 30 % aholi), slavyan – kirillitsa (10%), arab yozuvi (10%), hind yozuvi (20%).

Davr va yozuv taraqqiyoti

  • Grek yozuvi asosida lotin alifbosi shakllandi. Sharqiy grek yozuvi asosida esa kirill, gruzin va arman alifbolari yaratildi. Lotin yozuvi G‘arbiy Yevropada keng tarqaldi. XIV asrda qog‘ozning paydo bo‘lishi, kitob nashr qilishning kashf etilishi bu yozuvning keng tarqalishida muhim omil bo‘ldi. Qadimgi lotin yozuvida 23 ta harf bor edi (tovushlar 35 ta bo‘lgan: 16 ta unli, 19 ta undosh).
  • Slavyan alifbosi esa IX asr oxiri – X asr boshlarida paydo bo‘ldi, chunonchi, ikki ko‘rinishda qo‘llanila boshlandi: glagalitsa va kirillitsa.
  • Aslida, yozuv va tilning taraqqiyoti bir xil, bir-biri bilan to‘la mos keladigan jarayon emas. Tildagi u yoki bu o‘zgarish tadrijiy ravishda, asta-sekin yuz beradi. Yozuv haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Odamlar, aniqrog‘i xalqlar til xususiyatlariga yanada moslashtirish uchun yozuvga turli o‘zgarishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir yozuv tizimini boshqasi bilan almashtiradilar. Masalan, o‘zbek xalqi asrlar davomida arab alifbosidan foydalanib kelgan. O‘zbekistonda 1929-yilda lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tilgan, 1940-yildan esa kirill yozuvi joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-mayda o‘zgarishlar kiritadigan qonun qabul qildi. Bu hujjatga ko‘ra lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar qo‘shilmasidan iborat.
  • Slavyan alifbosi esa IX asr oxiri – X asr boshlarida paydo bo‘ldi, chunonchi, ikki ko‘rinishda qo‘llanila boshlandi: glagalitsa va kirillitsa.
  • Kirill yozuvi janubiy (bolgar, serb, makedon) va sharqiy slavyanlarga tarqaldi. Bu alifbolarning yaratilishi Kirill va Mifodiy (aka-ukalar) nomlari bilan bog‘liq. Kirill alifbosida 43 ta harf bor edi, tovushlar esa 44 ta: 11 ta unli va 33 ta undosh. Kirill yozuvi asosidagi zamonaviy rus alfavitida 33 ta harf, 43 ta tovush: 6 ta unli va 37 ta undosh mavjud.

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling