Yangi Oʻzbek lotin alifbosi, oʻzbek lotin yozuvi — lotin grafikasiga asoslangan harf-tovush (fonografik) yozuv turi. Oʻzbek yozuvi tarixida lotin yozuviga asoslangan alifboning bir necha variantlari qabul qilingan


Download 104.54 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi104.54 Kb.
#1345823
Bog'liq
Taqdimot (3)

Yangi alifboni joriy etish. Natijalar va saboqlar Yangi Oʻzbek lotin alifbosi, oʻzbek lotin yozuvi — lotin grafikasiga asoslangan harf-tovush (fonografik) yozuv turi. Oʻzbek yozuvi tarixida lotin yozuviga asoslangan alifboning bir necha variantlari qabul qilingan.

1929-1934 Oʻzbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga oʻtkazish haqidagi dastlabki qaror 1929-yil 15—23-may kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan respublika adiblari, til-imlochilari va umuman yetakchi ziyolilar ishtirokidagi konferensiyada qabul qilingan va bu qaror 1929-yil 10-avgustda OʻzSSR Xalq maorif komissarligi hayʼati tomonidan tasdiqlangan edi. Ixtiyoriylikdan koʻra koʻproq majburiylikka asoslangan bu jarayon Moskvada ishlangan reja asosida Moskva vakillari kuzatuvida amalga oshirilgan edi.

1934-1940 Samarqand konferensiyasida qabul qilingan „lotinlashtirilgan oʻzbek alifbosi“ 33 harf va bir belgi (apostrof)dan iborat boʻlgan. Konferensiyada singarmonizm oʻzbek adabiy tili uchun xos hodisa deb topilishi va alifboga 9 ta unli uchun alohida harflar kiritilgani, shu asosda ishlab chiqilgan imlo qoidalari keyinchalik oʻzini oqlamadi, amalda imloda boshboshdoqlik vujudga keldi, ayni bir soʻz bir necha xil yoziladigan boʻldi. 

Natijada 1934-yilning yanvar oyida til va imlo masalalari boʻyicha oʻtkazilgan respublika qurultoyida oʻzbek alifbosidan Ө ө, Y y, Ь ь harflarini olib tashlashga, hamda Ə ə harfidan foydalanishni cheklashga va uning oʻrniga aksar hollarda A a harfidan foydalanishga qaror qilingan. Bu qaror Oʻzbek SSR hukumati tomonidan 1934-yil 13-martda tasdiqlangan. Lekin oʻtgan asrning 30-yillari 2-yarmidan oʻzbek yozuvini rus grafikasi asosida shakllantirish ishlari boshlanib, bu jarayon 1940-yilda yangi kirillcha alifbo qabul qilinishi bilan yakunlangan.

1940-yilning 8-mayida O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining III sessiyasida kirilllitsa grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi tasdiqlandi. U quyidagi 35 harf va 1 apostrofdan iborat edi.


А а

Б б

В в

Г г

Д д

Е е

Ё ё

Ж ж

З з

И и

Й й

К к

Л л

М м

Н н

О о

П п

Р р

С с

Т т

У у

Ф ф

Х х

Ц ц

Ч ч

Ш ш

Ъ ъ

Ь ь

Э э

Ю ю

Яя

Ўў

Ғғ

Ққ

Ҳҳ

'

Ushbu alifboni to‘liq joriy etishning so‘nggi muddati 1942-yilning 1-yanvari etib belgilandi. Ushbu alifbodan rus-kirill alifbosidagi Ыы va Щщ harflari o‘rin olmadi. Shuningdek, o‘zbek tilining milliy tovushlari hisoblanuvchi dj va ng tovushlari uchun ham alohida harflar kiritilmadi. 1956-yili o‘zbek tilining imlo qoidalari tasdiqlandi va alifbodagi '(apostrof) belgisi chiqarib tashlandi. Uning vazifasi ъ(ayirish belgisi)ga o‘tkazildi. Mamlakatimizda mazkur kirillcha alifbo va imlodan bugungi kunda ham foydalanilmoqda.

1993-1995 Harflarning alifbodagi asl tartibi: A a, B b, C c, D d, E e, F f, G g, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, P p, Q q, R r, S s, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z, Ç ç, Ğ ğ, Ɉ ɉ, Ñ ñ, Ö ö, Ş ş, ʼ Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng respublikada oʻzbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtkazish haqida fikr-mulohazalar oʻrtaga tashlandi. Bu masala bir yil davomida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, 1993-yil 2-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasining „Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida“gi qonuni eʼlon qilindi. Yangidan qabul qilingan oʻzbek alifbosi 31 harf va bir tutuq belgisi (apostrof)dan iborat deb belgilandi.

Harflarning alifbodagi asl tartibi: 'А а, B b, D d, Е е, F f, G g, H h, I i, J j, K k, L l, М m, N n, О о, P p, Q q, R r, S s, Т t, U u, V v, X x, Y y, Oʻ oʻ, Gʻ gʻ, Sh sh, Ch ch, ng, ʼ 1993-yilda joriy etilgan alifboni va shu asosda tayyorlangan „Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari“ni muhokama qilish jarayonida bir qator taklif va tavsiyalar qilindi, tanqidiy fikrlar bildirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-may kuni alifboga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Bu hujjatga binoan 1) yangi oʻzbek alifbosi 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasidan iborat ekanligi belgilandi; 2) C c, Ɉ ɉ harflari alifbodan chiqarib tashlandi; 3) Ç ç, Ğ ğ, Ş ş, Ñ ñ harflarning shakliga esa isloh kiritildi. Yangi alifbo asosida ishlash 1996-yildan boshlanishi qayd etilgan edi.

2004—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan „Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida“gi qonunni amalga oshirish ishlarini yanada jadallashtirish va takomillashtirish boʻyicha muhim qarorlar qabul qilindi


Download 104.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling