4-ma’ruza: meva-sabzavotlarni tovar holatiga кeltirish, saralash, кalibrlash va joylash Reja
Sabzavot meva mahsulotlarini tashish uchun mo’ljallangan yashiklarning xarakteristikasi
Download 37.26 Kb.
|
4-Mavzu.Uy sharoitida sabzavotlarni vaqtinchalik omborlar o‘ra va uyumlarda saqlash
Sabzavot meva mahsulotlarini tashish uchun mo’ljallangan yashiklarning xarakteristikasi
Urug’li mevalarni yashiklarga joylashtirishda uning yonlariga va ostiga qog’oz to’shaladi, so’ngra 2-3 sm qalinlikda mayin qirindi to’kiladi. Qavatlar va mevalar orasiga ham qirindi solinadi. Mevaning eng yuqori qavati ustiga qog’oz to’shalib, keyin qirindi solinadi. Shunga e‘tibor berish lozimki, mevalar yashikka joylanganda juda ko’p yoki kam bo’lmasligi kerak. Mevalar ko’p bo’lsa eziladi, kam bo’lsa silkinishdan aralashib ketadi va natijada qorayadi. Uzoq masofaga jo’natiladigan kechki mevalar joylangan, mumlangan yoki sulfatlangan qog’ozlarga o’raladi. Qog’ozga o’ralgan mevalar tezda pishib yetiladi. Mevalar qog’ozga o’ralganda alohida-alohida qilib o’raladi. Qog’oz kam bo’lgan taqdirda, mevaning bir qavati o’ralib, navbatdagi qavati o’ralmay joylashtirilishi mumkin. Mevalar yashiklarga to’kma qilib joylashtirilganda ostki va ustki qavatdagilari terib chiqiladi. Bunda mevalar yashiklarga yaxshi joylashadi. Yashik tagiga esa qog’oz to’shalib, biroz qirindi solingach, mevalar ehtiyotlik bilan to’kiladi va asta-sekin tekislab boriladi. Mevalar yaxshi joylanishi uchun yashiklar bir necha marta silkitiladi. So’ngra ustiga qirindi solinib qog’oz to’shaladi va yashik tagiga solingan qog’ozning uchlari bilan o’raladi. Uzumni idishlarga joylashtirishdan oldin obdan saralanadi va bandlari kesilib (bandi 2sm dan oshmasligi kerak) joylashtiriladi. Uzoq vaqt saqlash uchun g’ujumlari bir-biriga yopishib ketmagan uzum boshlari xillanadi. Yashiklarga uzum biroz nishab qilib joylashtiriladi. Ochiq joylariga uzum shingillari solinadi. Uzum joylashtirib bo’lgandan so’ng ustiga qogoz qo’yilib berkitiladi. Hozirgi kunda taxta yashiklar bilan bir qatorda zamonaviy plastik qutilar va kichik konteynerlar keng tarqalmoqda. Bu moslamalar taxta yashiklarga nisbatan juda ko’p afzalliklarga egadir. Ularning yaroqlilik muddati taxta yashiklarnikidan bir necha barobar ko’p bo’lishi bilan bir qatorda, ombor va idishlarni dezinfeksiyalashda juda yuqori qulaylik va samaradorlikka ega hisoblanadi. Bundan tashqari plastik moslamalarda mahsulotning ezilib qolish darajasi taxta yashiklardagiga nisbatan ancha kichikdir. Ularni tashish, yuklab-tushirish, joylashtirish ham ancha qulay hisoblanadi. Sabzavot maqsulotlarini saqlash yoki tashishga tayyorlashda yashiklardan tashqari, tabiiy tolalar (kanop, zig’ir, tolali nasha va h.k.), shuningdek sintetik (polivinilxlorid) tolalardan tayyorlangan qoplar ham keng ishlatiladi. Sabzavotlar mevalarga nisbatan tashish va saqlashga ancha chidamliroq mahsulotlar bo’lganligidan ushbu qoplardan foydalanish moslamalarga sarflanadigan xarajatlarni ancha qisqartirish imkonini beradi. Qoplar sabzavot turlariga ko’ra tanlanadi. Masalan piyoz va sarimsoqni saqlashda sintetik toladan to’qilgan to’rsimon qoplardan foydalanilsa, urug’lik kartoshka uchun tabiiy tolali maxsus qoplar ishlatiladi. Sabzavotlar joylangan yashiklar mevalardagi singari qator qilib taxlanadi. Qoplar esa ustma-ust ehtiyotlik bilan taxlanadi. Yashik yoki qoplarning taxlash balandligi mahsulot turi, ombor sharoitlari va saqlanish davomiyligiga ko’ra individual tarzda tanlanadi. Download 37.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling