4-ma’ruza: meva-sabzavotlarni tovar holatiga кeltirish, saralash, кalibrlash va joylash Reja
Download 37.26 Kb.
|
4-Mavzu.Uy sharoitida sabzavotlarni vaqtinchalik omborlar o‘ra va uyumlarda saqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
4-ma’ruza: MEVA-SABZAVOTLARNI TOVAR HOLATIGA КELTIRISh, SARALASh, КALIBRLASh VA JOYLASh Reja: Meva-sabzavotlarni tovar holatiga keltirish va saralash. Meva-sabzavotlarni kalibrlash. Meva-sabzavotlarni joylashtirish. Tayanch so’z va iboralar: tovarboplik, sarxillash, saralash,kalibrlash, yashik, konteyner, taglik. 1. Meva-sabzavotlarni tovar holatiga keltirish va saralash. Meva-sabzavotlarni saqlashga joylashtirish yoki realizasiya qilishda ularni tovar holatiga keltirish katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ma’lumki meva va sabzavotlar yig’ib olingandan so’ng ularning turkum partiyalari bir turli bo’lmaydi. Meva-sabzavot turkum partiyalaridagi mahsulotlar har xil kattalikda, rangda va shaklda bo’lishi bilan bir qatorda ularda nuqsonli mahsulotlarning ham bo’lishi ehtimoldan umuman holi emas. Nuqsonli meva va sabzavotlarga hosilni yig’ib-terib olish va tashish jarayonida mexanik jihatdan shikastlanib qolgan, kasallik va zararkunandalar tomonidan zararlangan mevalar kiradi. Shuningdek meva va sabzavotlarning tarkibida turli begona aralashmalar (sabzavotlarda - tuproq, barglar, o’simlik poyasi; mevalarda - bargli mevabandlari, shoxlar va h.k.) ham bo’lishi mumkin. Hozirgi zamonaviy meva va sabzavot omborlarida mahsulotlar begona araloashmalar va chang-loylardan maxsus texnologik tizmalarda tozalanadi. Bunda mahsulotlar dastlab saralash uskunasidan va undan so’ng yuvuvchi moslamalardan o’tkaziladi. So’ngra yuvilgan mahsulotlar maxsus ilitilgan shamol yordamida qurituvchi tizimdan o’tkaziladi. Toza mahsulotlar transportyor tasmalaridan o’tkazilayotganda qo’l kuchi yordamida nuqsonli mahsulotlardan so’ngi bor tozalanadi va qadoqlash bo’limiga kelib tushadi. Maxsus avtomat uskunalarda barcha begona aralashmalar va nuqsonli mahsulotlardan tozalangan meva yoki sabzavotlar har bir qatlamiga to’shama qadoqlash materiali to’shalgan holda bir necha qatlam qilib joylanadi va qutilar saqlashga joylashtirish. Begona aralashmalar meva va sabzavotlarning tovar ko’rinishini buzibgina qolmay, ularni qayta ishlash jarayonidagi texnologik tizimlarning ish unumdorligiga, shuningdek saqlashda mahsulotlarning saqlanuvchanligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Saqlashda va qata ishlashda meva va sabzavotlarning tarkibida begona aralashmalarning 1% dan ortiq bo’lishiga ruxsat etilmaydi. Shu bois meva va sabzavotlarni tovar holatga keltirishda begona aralashmalardan tozalash muhim ahamiyatga ega bo’lgan zaruriy tadbirlardan biridir. Saralash. Mazkur tadbir meva va sabzavotlarga tovar ishlov berishdagi yana bir muhim jarayon hisoblanadi. Saralash meva va sabzavotlarning tovar sifatini, xaridorgirligini juda ham oshiradi. Saralash bosqichida mevalar va sabzavotlar avvalroq ta’kidlab o’tganimizdek, begona aralashmalardan, nuqsonli mahsulotlardan tozalanishi bilan bir qatorda, tovar ko’rinishi, pishganlik darajasi, pomologik navi va ranggiga ko’ra ham sarxillanib navlarga ajratiladi. Har bir tanlangan nav alohida idio’larda qadoqlanadi va yorliq yopishtirilgan holda unga mahsulot turi, navi va sifati bo’yicha klassi yozib qo’yiladi. Download 37.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling