4-ma’ruza ochik kon qazish-yuklash mashinalari. Ekskavatorlar sinflari. Reja
Download 255.96 Kb.
|
4-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekskavator va zaboyning o‘zaro joylashishi bo‘yicha
- Ishchi organini zaboyga uzatish usuli bo‘yicha
Zanjirli ekskavator
Ko‘p cho‘michli zanjirli ekskavator (1-rasm) tog‘ jinsini uzluksiz zanjirga maxkamlangan cho‘michlari 1 yordamida qamraydi. Uzluksiz zanjir yurituvchi yulduzcha 3 yordamida rama 2 bo‘ylab xarakatlanadi. CHo‘michli zanjir pastdan yuqoriga harakatlanib, qabul qilish tarnovi 4 ga yukni uzatib beradi. Bundan ekskavatorda joylashgan bunkerga yoki oraliq konveyerga, bundan esa vagon yoki konveyerga yuklanadi. Ekskavator ishchi organi tog‘ jinsi qatlamini massivdan ajratishda gorizontal va vertikal tekisliklarda harakatlanadi. Ekskavatorning asosiy ish usuli cho‘michlarning rasm joylashgan tekislikdagi to‘g‘ri chiziqli harakati va ramaning ko‘ndalang harakatidan iborat. Ko‘ndalang qamrovchi zanjirli ekskavatorlar quyidagi belgilari bo‘yicha farqlanadi: - ekskavator va zaboyning o‘zaro joylashishi bo‘yicha; - ishchi organining konstruksiyasi bo‘yicha; - ishchi organini zaboyga uzatish usuli bo‘yicha; - yuk tushirish qurilmasining konstruksiyasi bo‘yicha; - ishchi uskunalarining yuruvchi telejka bilan bog‘lanish usuli bo‘yicha; - yurish uskunalarining turi bo‘yicha. 2-rasm. Zanjirli ekskavator Ekskavator va zaboyning o‘zaro joylashishi bo‘yicha ekskavatorlar pastdan qamrovchi (zaboy ekskavator harakatlanayotgan tekislikdan pastda bo‘ladi) va yuqoridan qamrovchi (zaboy ekskavator harakatlanayotgan tekislikdan yuqorida bo‘ladi). Ishchi organining konstruksiyasi bo‘yicha ekskavatorlar: cho‘michli zanjiri mustahkam (qattiq) yo‘naltirilgan, cho‘michli zanjiri pastki tarmog‘i erkin osilgan va kombinatsiyalashgan bo‘lishi mumkin. Ishchi organini zaboyga uzatish usuli bo‘yicha zanjirli ekskavatorlar buklama yoki parallel qamrashli bo‘lishi mumkin. Zamonaviy ekskavatorlarda cho‘michli ramasining konstruksiyasi bo‘yicha har ikkala usulda ham ishlay oladi. YUk tushirish qurilmasining konstruksiyasi bo‘yichaekskavatorlar to‘gridan – to‘g‘ri transport vositasiga yuklovchi markaziy yuk tushirish bunkeriga ega bo‘lishi yoki lentali yuk tushirish konveyeri joylashtirilgan konsollga ega bo‘lishi mumkin. Keyingi vaqtlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ag‘darmaga yuk tushirishga mo‘ljallangan 60-100 m li konsolli zanjirli ekskavatorlar ishlab chiqarilmoqda. Download 255.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling