4-ma’ruza ochik kon qazish-yuklash mashinalari. Ekskavatorlar sinflari. Reja


Ishchi uskunalarining yuruvchi telejka bilan bog‘lanish usuli bo‘yicha


Download 255.96 Kb.
bet5/5
Sana08.10.2023
Hajmi255.96 Kb.
#1695408
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Ma\'ruza

Ishchi uskunalarining yuruvchi telejka bilan bog‘lanish usuli bo‘yichaekskavatorlar burilmaydigan va buriladigan turlariga bo‘linadi. Birinchi holda ekskavator ishchi uskunalari korpus va yurish qismlari bilan qattiq bog‘langan bo‘lib, ekskavator harakati cho‘michli ramaning ishiga qattiy bog‘liq. Ikkinchi holda esa yuqorigi platforma ishchi organi Bilan gorizontal tekislikda ma’lum burchakka, ayrim hollarda 3600 ga buriladi. Zamonaviy ekskavatorlarning barchasi buriluvchi ishchi organiga ega.
YUrish uskunalarining turi bo‘yichaekskavatorlar relьsda harakatlanuvchi, gusenitsali va relьs-gusenitsali va qadamlovchi xillariga ajratiladi.


Rotorli ekskavator
Rotorli ekskavator tog‘ jinsini rotor g‘ildiragida o‘rnatilgan kovshlari yordamida uzluksiz qazib oluvchi o‘zi yurar mashina bo‘lib, bir vaqtning o‘zida qazib olish va ma’lum masofaga tashishga mo‘ljallangandir.
Zanjirli ekskavatordan farqli ravishda tog‘ jinsini rotor cho‘michlari yordamida massivdan ajratib olgandan keyin rotor strelasida o‘rnatilgan lentali konveyer yordamida tashib beradi.
Ish bajaruvchi organ – rotor g‘ildiragi (rotor) gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda harakatlanadi. Rotorning asosiy ish harakati vertikal tekislikdagi aylanishi va rotorli strelaning platformadagi gorizontal harakatidir. CHo‘michning surilish traektoriyasi kesish va uzatish tezliklari orqali belgilanadi.
Rotorli ekskavatorlarning quyidagi asosiy texnologik belgilari bo‘yicha sinflarga ajratiladi:
- yumshatilgan massivdagi maksimall nazariy unumdorligi bo‘yicha: kichik (630 m3/soat gacha); o‘rtacha (2500 m3/soat gacha); katta ( 5000 m3/soat gacha); quvvatli (10000 m3/soat gacha); yuqori quvvatli ( 10000 m3/soat dan oshiq);
- hisobli nisbiy qazish kuchining o‘lchami (va ishga belgilanishi) bo‘yicha: me’yordagi – 0,7MN/m2 gacha (vskrыshnыe); kuchaytirilgan – 1,4 MN/m2 gacha va yuqori - 2,1 MN/m2 gacha (dobыchnыe);
- zaboyni ishlash usuli bo‘yicha: yuqoridan va pastdan qamrovchi;
- ishchi organini zaboyga uzatish usuli bo‘yicha: harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan strelali.
Rotorli ekskavator tog‘ jinsini rotor g‘ildiragida o‘rnatilgan kovshlari yordamida uzluksiz qazib oluvchi o‘zi yurar mashina bo‘lib, bir vaqtning o‘zida qazib olish va ma’lum masofaga tashishga mo‘ljallangandir.

3-rasm. ER-1250 rotorli ekskavatorining konstruktiы sxemasi: 1-rotor, 2 va 3 – rotor va yuktushirish strelalari, 4 – og‘irlik konsoli, 5-buriluvchi platforma, 6-yuqorigi qurilma, 7 va 8 – rotor va yuk tushirish strelalari osmalari, 9-tayanch-burilish qurilmasi, 10-gusenitsali harakatlanish organi.




Rotorli ekskavator (2-rasm) quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: rotor g‘ildiragi 1 (yuritmasi bilan), rotor strelasi 2 (konveyer bilan birga), yuk tushirish strelasi 3 (konveyer bilan), ko‘tarish mashinalari joylashgan konsol 4 (bir vaqtning o‘zida muvozanatlashtiruvchi qism), buriluvchi platforma, metall qurilmalar 6, rotor va yuk tushirish strelalari osmalari 7 va 8, tayanch burilish qurilmasi 9 va gusenitsali harakatlanish organi 10.
Ish bajaruvchi organ – rotor g‘ildiragi (rotor) gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda harakatlanadi. Rotorning asosiy ish harakati vertikal tekislikdagi aylanishi va rotorli strelaning platformadagi gorizontal harakatidir. CHo‘michning surilish traektoriyasi kesish va uzatish tezliklari orqali belgilanadi.
Rotorli ekskavatorlar ishchi qismlariga ishchi organ – cho‘michli rotor g‘ildiragi, rotor g‘ildiragining qabul qilish-uzatish qurilmasi va strelasi kiradi.
Rotor g‘ildirakli ishchi organ yukni o‘zidan bo‘shatish usuli bo‘yicha gravitatsiyali (3-rasm,a,b) va inersiyali (3-rasm, v) tuzilishga ega bo‘ladi.
YOnidan yuk bo‘shatuvchi gravitatsiyali rotorlar (3-rasm,a) kamerali I, kamerasiz II va yarim kamerali III bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p tarqalgani kamerasiz rotorlardir.
Inersiyali rotorlarda gravitatsiyali rotorlarga nisbatan bir muncha ishchi organ massasi engilroq bo‘ladi. Kamchiligi yuqori energiya sarfi, tishlarining tez edirilishi va ko‘p chang ko‘tarilishidir. Bunday markazdan qochma rotorli ekskavatorlar markalariga «S» xarfi qo‘yiladi, masalan: ER-1250 – OTS.
Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan rotorli ekskavatorlarning cho‘michlari hajmi 125-1600 l, rotior g‘ildiragining diametri esa 3,2-16 m ni tashkil etadi.

4-rasm. Rotorlar sxemalari



Rotor g‘ildiragining yuritmasi tishli reduktor va dvigateldan tashkil topgan. Quvvatli ekskavatorlar yuritmalarida bir nechta reduktor va dvigatel o‘rnatigandir.
Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan rotorli ekskavatorga quyidagicha belgilashlar kiritilgan: ekskavator markalaridagi bosh harflar, masalan ERSHR, ER, ERP – ekskavator tipini (ER – ekskavator rotorli), yurish qurilmasi xilini (SHR – shagayuщee-relьsovoe), ishga belgilanishini ( D – dobыchnыe, V – vskrыshnoy, P – cho‘michlari kesuvchi qirralarining kesish kuchi kuchaytirilgan); undan keyingi sonlar – ekskavatorning nazariy unumdorligi (m3/soat).
Zamonaviy rotorli ekskavatorlar Germaniya, CHexo-Slovakiya, Polьsha, AQSH, YAponiya kabi mamalakatlarda xam ishlab chiqariladi.
Respublikamizda ham Angren ko‘mir koni ochish ishlarida Germaniyadan keltirilgan SchRs 200/0,5*11 rusumli rotorli ekskavator ishlatilmoqda.
Download 255.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling