4-ma’ruza ochik kon qazish-yuklash mashinalari. Ekskavatorlar sinflari. Reja


Bir chumichli ekskavatorlari ishchi organi konstruksiyasi buyicha turlari va ishlash prinsipi


Download 255.96 Kb.
bet3/5
Sana08.10.2023
Hajmi255.96 Kb.
#1695408
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Ma\'ruza

Bir chumichli ekskavatorlari ishchi organi konstruksiyasi buyicha turlari va ishlash prinsipi
Bir cho‘michli ekskavatorlar ikkita asosiy qismdan tashkil topgan: pastki yurish qismi va yuqorigi burilish qismi.
YUrish qismi mashina og‘irligini va ish vaqtida hosil bo‘ladigan qo‘shimcha og‘irliklarni qabul qilib zaminga uzatadi, hamda ekskavator harakatlanishini ta’minlaydi.
Burilish qismi kuch berish qismlari, mexanizmlar va ishchi uskunalari joylashgan buriluvchi platformadan tashkil topgan.
Buriluvchi platforma tayanch-burilish qurilmasi orqali yurish ramasiga o‘tiradi va vertikal o‘qda gorizontall tekislik bo‘ylab burilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buriluvchi platformaning gorizontall tekislikda burilish burchagiga bog‘liq ravishda ekskavatorlar to‘liq buriluvchi yoki to‘liqsiz buriluvchi deb ataladi. Ochiq kon ishlarida ishlatilayotgan barcha bir cho‘michli ekskavatorlar to‘liq buriluvchi ekskavatorlardir.
Ochiq kon ishlarida ishlatiladigan bir cho‘michli ekskavatorlar ishchi uskunalarining turlari asosan – to‘g‘ri lopatali ekskavator va draglaydir. Ba’zi hollarda teskari lopatali ekskavator, greyfer va strug ishlatiladi.
To‘g‘ri lopatali ekskavatorlarning asosan to‘rtta turi ishlab chiqariladi: suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi, tirsak-richag bilan kuch beruvchi, “Superfront” ishchi uskunasi bilan kuch beruvchi va gidravlik kuch beruvchi ekskavatorlar.
To‘g‘ri lopatali suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi –EKG-5A ekskavatorining tuzilishini ko‘rib chiqamiz (rasm-1). Ekskavator ishchi uskunalardan, kuzov 1 bilan birga buriluvchi platforma 14 va gusenitsali 16 yurish organidan tashkil topgan.
Ekskavator ishchi uskunalariga cho‘mich 9, strela 5 va rukoyat 12 kiradi. CHo‘mich tagidan ochiluvchi. Strela platformaga tayanchli sharnir orqali o‘rnatilgan va ikki oyoqli ustun 2 ga kanat 5 yordamida burchak ostida tortib qo‘yiladi.
CHo‘mich kon jinsini qamrayotganda buriluvchi platformada joylashgan ko‘taruvchi baraban yordamida kanat 7 orqali ko‘tariladi.
Rukoyat 12 ni zaboyga surish ya’ni rukoyatga kuch berish uchun kuch berish mexanizmidan foydalaniladi. EKG-5A ekskavatori tishli-reykali kuch berish mexanizmi 4 ga ega bo‘lib strelada joylashgan. Tishli reyka rukoyat pastki tomoniga maxkamlangan. Kuch beruvchi shesternya esa kuch beruvchi valga joylashtirilgan. Rukoyat kuch beruvchi val o‘qida burilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

1-rasm. EKG-5A ekskavatorining umumiy ko‘rinishi



Download 255.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling