4-ma’ruza osma yo‘l va konveyerlar a Konveyersiz osma yo‘llar
Download 69.58 Kb.
|
YUritish stansiyasi. Stansiyaning asosiy vazifasi – osma konveyerning tortish organini yuritish. YUritish stansiyalari quyidagi turlarda bo‘ladi:
sinxronlashtirilmaydigan, o‘zgarmas tezlikdagi, o‘zgarmas aylanishli elektrodvigatel, reduktor va tortuvchi yulduzchadan tarkib topgan. Bunda tortish organining harakatlanish tezligi doimiy; sinxronlashtirilmaydigan, o‘zgaruvchan tezlikdagi, bir necha bosqich tezlikka ega elektrodvigateldan, ѐki tezlik variatori bilan tutashgan elektrodvigateldan va tortish yulduzchasidan tarkib topgan. Ochiluvchi konussimon tarelkali (shkivli) tezlik variatorlari, ѐki Svetozarov variatorlari konstruksiyasi qo‘llanadi. Poltava mashinasozlik zavodi PIR-1 rusumli tezlikni tekis o‘zgartiruvi planetar-integral reduktorlar ishlab chiqaradi. Ularda uzatish soni 132 -dan 495 -gacha. Ushbu reduktorlar osma texnologik go‘sht kombinatlaridagi konveyerlar uchun ishlatiladi. YUritish stansiyasida konveyer harakatlanish tezligini o‘zgartirish mumkin. Bu ish vaqtida katta qulayliklar yaratadi; umumiy texnologik oqimda ishlovchi, bir vaqtda va sinxron ravishda bir necha konveyer tezligini o‘zgartirish imkoniyatiga ega o‘zgaruvchan tezlikli sinxronlashtiriladigan tur. Bunga maxsus fazaviy rotorga ega elektrodvigatellar turi (AK) -ni qo‘llash hisobiga erishiladi. 15-rasm. Tezlik variatorli osma konveyerning sinxronlashti- riladigan yuritish stansiyasi : 1 - elektrodvigatel; 2 – tezlik variatori; 3 - elektrodvigateldatchik; 4 - shesterenyali reduktor; 5 - chervyakli gorizontal reduktor; 6 – yuritish yulduzchasi. YUritmalardan biri sudrovchi bo‘lib boshqa elektrodvigatellar bilan elektr zanjir orqali tutashgan qo‘shimcha datchik-elektrodvigatelga ega. U barcha konveyerlar tezligini bir vaqtda o‘zgartirish imkoniyatiga ega. 15-rasmda osma konveyerning sinxronlashtiriladigan yuritish stansiyasi aks ettirilgan. Stansiya 4,5 kVt quvvatli, 925 aylanish/minut tezlikli AK-60-6 rusumli tortish elektrodvigateli 1, ikki valli (tortuvchi va ergashuvchi) harakat uzatuvchi tasma kiydirilgan kengayuvchi likopli (shkivli) tezlik variatori 2-dan iborat. Tezlik variatorining ergashuvchi valining bir uchi mufta orqali AK 60-4 rusumli 7 kVt quvvat va 1400 ayl/minut tezlikli elektrodvigatel-datchik 5-ga, ikkinchi uchi esa shesternyali reduktorga 4 tutashgan. SHesternya reduktor esa mufta orqali gorizontal reduktor 5 bilan tutashgan. Uni chervyak g‘ildiragi valining oxirida yuritish yulduzchasi 6 mavjud. Bunday konstruksiya konveyer tezligini 0,33 dan 5,6 m/min oralig‘ida o‘zgartirib rostlash, shuning bilan birgalikda konveyer (ѐki konveyerlar guruhi) unumdorligini datchik-elektrodvigatel orqali o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Bu ekspluatatsiya uchun juda qulay. Konstruksiyaning barcha qismi osma yo‘l to‘sinlariga o‘rnatiladi va mahkamlanadi. Tezlik variatori aylanish tezligini tasma kiydirilgan kengayuvchi konussimon likoplar (shkivli) oralig‘idagi masofani o‘zgartirish orqali uzatish nisbati va natijada konveyer tezligini kamaytirish ѐki ko‘paytirish uchun xizmat qiladi. 16-rasm. Tezlik variatori sxemasi: 1 - variatorning tortuvchi vali; 2 – variatorning ergashuvchi vali; 3-rыchaglar; 4- podshipniklar; 5 – rostlovli valcha; 6 - valcha ushlagichi; 7 – plankali tasma. SHunday variatorning prinsipial sxemasi 16-rasmda ko‘rsatilgan. CHekli uch qismida chervyakli yo‘lchalar (o‘ng va chap) kesilgan valikning 5 ushlagichi 6 aylantirilganida, podshipniklarda 4 sharnirli o‘rnatilgan richag 3, yaqinlashishi ѐki uzoqlashishi mumkin. Buning natijasida likop shaklidagi konussimon shkivlar vallar 1 va 2 bo‘ylab harakatlanganda, birligi juft likop yaqinlashganda ikkinchi juft likop uzoqlashadi. SHkivlarga rezina etirmasidan to‘yintirilgan boltlar ѐrdamida ѐg‘och kolodka qotirilgan tasma 7 kiydirilgan. YOg‘och kolodkalar shkiv materiali va tasma orasidagi ishqalanishni oshirib ѐpishishni oshirish uchun xizmat qiladi. Ushbu konstruksiya juda oddiy va ekspluatatsiya qilish uchun ishonchli. Download 69.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling