1- misol. Yig`uvchida 3 ta konik va 7 ta elliptik valchalar bor. Yig`uvchi tavakkaliga bitta valcha, keyin esa yana bitta valcha oldi. Olingan valchalardan birinchisi konik valcha, ikkinchisi esa elliptic valcha bo`lish ehtimolini toping.
2- misol. Qutida 5 ta oq 4 ta qora sharlar bor. Qaytarilmaydigan sxema bo`yicha ikkita shar tanlandi. Har ikkala sharning oq chiqish ehtimolini toping.
3- misol. Talaba 20 ta savoldan 16 tasiga tayyorlangan. Talaba imtihonda 2 ta savol tanlaydi. Talabaga imtihonda har ikkala savol tayyorlangan savolidan tushish ehtimolini toping
4- misol. Quyidagi hodisalarning yig`indisi va ko`paytmasidan iborat bo`lgan hodisalarni yozing:
Raqamlangan kubik tashlandi. A hodisa- tushgan ochko juft bo`lsin; B hodisa- tushgan ochko 4 bo`lsin.
5- misol. Quyidagi hodisaning birgalikda yoki birgalikda emasligini tekshiring:
Tikuv sexidan olingan 50 ta paypoq nazoratdan o`tkazilyapti. A hodisa – 44 ta paypoq sifatli chiqsin. B hodisa- sifatli paypoqlar soni 80 foizdan ko`p chiqsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |