Oksitotsin va vazopressindagi aminokislota ketma-ketligidagi ozgina farq ularning biologik funksiyalaridagi katta farqga sababchi boʻladi. Oksitotsin faqat ayollar organizmida uchraydi va bachadon muskullarining qisqarishiga sababchi hisoblanadi. Shu boisdan u ginekologiyada ishlatiladi. Vazopressin esa ayollar va erkaklar organizmida mavjud. Vazopressin organizmda minerallar almashinuvi va suyuqliklar balansini boshqarib turadi (antidiuretik gormon). Vazopressinning kuchli xotira stimulyatorlari qatoriga kirishi aniqlangan. - Oksitotsin va vazopressindagi aminokislota ketma-ketligidagi ozgina farq ularning biologik funksiyalaridagi katta farqga sababchi boʻladi. Oksitotsin faqat ayollar organizmida uchraydi va bachadon muskullarining qisqarishiga sababchi hisoblanadi. Shu boisdan u ginekologiyada ishlatiladi. Vazopressin esa ayollar va erkaklar organizmida mavjud. Vazopressin organizmda minerallar almashinuvi va suyuqliklar balansini boshqarib turadi (antidiuretik gormon). Vazopressinning kuchli xotira stimulyatorlari qatoriga kirishi aniqlangan.
- . Yana bir eng muhim gormon insulin hisoblanadi. Insulin gormoni oshqozon osti bezlarida ishlab chiqariladi.Insulin metabolizmning asosiy regulyatori hisoblanib,turli toʻqimalarda glikogen sintezi va glyukoza sarf boʻlishini boshqaradi, oqsillar va yogʻlar sintezini stimullaydi.Organizmda insulin yetishmasligi uglevod almashinuvining buzilishiga, ya’ni qandli diabet kasalligining kelib chiqishiga olib keladi.
Peptid toksinlar. Toksinlar – geteropolipeptid va sulfid bogʻlarini oʻzida tutuvchi zaharli moddalar qatoriga kiradi. Koʻplab zahar moddalar peptid – oqsil tabiatga ega. Ularga qoʻziqorin, arilar, ilon va chayon zaharlarini misol qilib keltirish mumkin. - Peptid toksinlar. Toksinlar – geteropolipeptid va sulfid bogʻlarini oʻzida tutuvchi zaharli moddalar qatoriga kiradi. Koʻplab zahar moddalar peptid – oqsil tabiatga ega. Ularga qoʻziqorin, arilar, ilon va chayon zaharlarini misol qilib keltirish mumkin.
- Peptid apamin ari zaharining toksik komponenti hisoblanadi va markaziy nerv sistemasiga kuchli ta’sir qiladi. Apamin 18 ta aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan. Bu quyimolekulyar toksinlardan biri hisoblanadi. Dengiz molyuskasi tarkibidagi neyrotoksin – konotoksinning molekulyar massasi undan ham kichik boʻlib u 13 ta aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan. Konotoksin juda kuchli toksik xususiyatga ega.
Asalari zaharining asosiy komponentini melittin tashkil qiladi. Bu toksinning polipeptid zanjiri 25 ta aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan. U tuzilishiga koʻra chiziqli strukturaga ega. - Asalari zaharining asosiy komponentini melittin tashkil qiladi. Bu toksinning polipeptid zanjiri 25 ta aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan. U tuzilishiga koʻra chiziqli strukturaga ega.
Oqsil tabiatga ega boʻlmagan antibiotik peptidlarga penitsillin N va sefalospirinni ham kiritish mumkin. - Oqsil tabiatga ega boʻlmagan antibiotik peptidlarga penitsillin N va sefalospirinni ham kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |