4 ma’ruza. Qiymat va o’zgaruvchilarni ifodalash. Reja
Download 226.8 Kb. Pdf ko'rish
|
4-maruza
4 - ma’ruza. Qiymat va o’zgaruvchilarni ifodalash. Reja: 1. Predmet soha. 2. Qiymat va o’zgaruvchilarni ifodalash. 1. Predmet soha Hozirgi kunda insonning ish faoliyatida MB da kerakli ma`lumotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim ahamiyatga ega. Sababi: jamiyatning qaysi jabhasiga nazar solmaylik kerakli ma`lumotlarni olish uchun MB ga murojaat qilishga to`g`ri kelishini ko`ramiz. Demak, MB ni yaratish va undan foydalanishni tashkil qilish, axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Shuning uchun, MB ni yaratishga e`tibor qaratilmoqda. Amaliyotda MB lar asosan chegaralangan predmet soha uchun yaratiladi. Shu sababli, bir tashkilot uchun bir qancha MB lar yaratilishi mumkin. Predmet sohasi - bu boshqarishni tashkil qilish va uni avtomatlashtirish maqsadida o`rganilishi lozim bo`lgan ob`ektiv dunyoning ma`lum bir qismidir. Predmet soha ma`lumotlaridan foydalanish uchun ularning mazmuniy berilishi - semantikasi berilishi lozim. Ma`lumotlar semantikasini tasvirlashning asosiy vositasi - tabiiy tildir. Ba`zan, formallashtirilgan tillardan ham foydalanish mumkin. Agar MB ning vazifasi faqat ma`lumotlarni saqlash bo`lganida, uning tasnifi juda oddiy bo`lar edi. Ammo, uning boshqa har xil ma`lumotlar elementlari bilan aloqasini ta`minlashi kerakligi, MB tasnifini murakkablashtiradi. Shuning uchun, MB ni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: Birinchidan, ma`lumotlar turi, ko`rinishi, ularni qo`llaydigan dasturlarga bog`liq bo`lmasligi lozim. Ya`ni, MB ga yangi ma`lumotlarni kiritganda yoki ma`lumotlar turini o`zgartirganda, dasturlarni o`zgartirish talab etilmasin. Ikkinchidan, MB dagi kerakli ma`lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasin. Shu sabali, MB ni tashkil etishda ma`lum qonun va qoidalarga amal qilish talab qilinadi. Ma`lumotlar hajmi oshib borishi bilan masalalarni hal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muammo ob`ekt va ma`lumotlarni tizimga solish yo`li bilan hal qilinadi. Ob`ekt - bu mavjud va farqlanishi mumkin bo`lgan narsadir. Ob`ektlarga tegishli bir qator ma`lumotlar borki, ularning to`plami MB bo`la oladi. Masalan, har bir ta`lim muassasasi ob`ekt bo`lsa, ulardagi o`quvchilar haqidagi ma`lumotlar to`plami MB ga misol bo`la oladi. Har qanday jiddiy MB ning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. MB ni loyihalashtirishda faoliyat sohasi tahlil qilinadi va barcha foydalanuvchilar talablari o`rganib chiqiladi. Odatda, MB ni loyihalash vazifasi bir kishiga yoki guruhga yuklatiladi. Ularga tashkilot tomonidan asosiy ish jarayonlarini tushunadigan va qiymatlarga kompyuter orqali ishlov berish haqida tushunchaga ega bo`lgan xodim biriktiriladi. MB loyihalovchisining asosiy vazifasi ob`ektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma`lumotlar orasidagi bog`liqliklarni o`rnatishdan iborat. MB ni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma`lumotlarni turli belgilar bo`yicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo`yicha zarur ma`lumotlarni (tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni ma`lumotlar tuzilmalangan (strukturalangan) bo`lgandagina bajarish mumkin. Tuzilmalash - bu ob`ektlar va ma`lumotlarning o`zaro bog`lanishini tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. 1-misol. Tuzilmalanmagan ma`lumotlar. Shaxsiy ish №16493; Aliev Karim ergashevich; tug`ilgan sanasi 1 yanvar 1979 yil; Shaxsiy ish №16498; Boqiev Dilmurod Rahmatullaevich; tug`ilgan sanasi 5 dekabr 1985 yil; Shaxsiy ish №16595; Zokirov Anvar Rashidovich; tug`ilgan sanasi 15 may 1984 yil. 2-misol. Tuzilmalangan ma`lumotlar. SHaxsiy ishi № Familiyasi Ismi Otasining ismi Tug`ilgan sana 16493 Aliev Karim Ergashevich 01.01.79 16498 Boqiev Dilmurod Rahmatullaevich 05.12.85 16595 Zokirov Anvar Rashidovich 15.05.84 Ma`lumotlarni saqlash - kompyuterning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. MB esa bu jarayonda ishtirok etuvchi eng muhim omil sanaladi. Hozirgi kunda MB larining aksariyat ko`pchiligi jadvalsimon tuzilishga ega. Jadvalsimon tuzilishda kerakli ma`lumotlar qator va ustunlarning kesishishi bilan aniqlanadi. MB da ustunlar - maydonlar, qatorlar - yozuvlar deyiladi. Maydonlar MB tuzilmasini tashkil qilsa, yozuvlar esa unda saqlanuvchi ma`lumotni o`zida aks ettiradi. Maydon yoki rekvizit – ma`lumotlarni tashkil etishning oddiy birligi bo`lib, u axborotning alohida, bo`linmas birligidir. MB tuzilmasining asosiy elementlari — bu maydonlardir. Ular bir qancha xususiyatlarga ega. Xususiyatlarga bog`liq holda maydonga qanday axborot kiritish mumkin va undagi axborot bilan qanday vazifani bajarsa bo`ladi singari ishlar bajariladi. Masalan, «Narx» maydonida joylashgan ma`lumotlarni qo`shish yo`li bilan ma`lum bir natija olishimiz mumkin. Lekin, «Telefon nomeri» deb nomlangan maydondagi ma`lumotlarni (telefon nomerlari raqam bilan yozilgan bo`lsa ham) qo`shish mumkin emas. Demak, bu maydonlar turli xususiyatlarga ega va har xil tiplarga taaluqlidir. Har qanday maydonning asosiy xususiyati uning uzunligi hisoblanadi. Maydonga qancha ma`lumot joylashishi uning uzunligiga bog`liq. Maydon uzunligi ramziy belgilar bilan ifodalanadi. Ramziy belgilar baytlar bilan kodlanadi hamda maydon uzunligini shartli ravishda baytlarda o`lchash mumkin. Maydonning noyob xususiyatlaridan biri — uning nomidir. MB ning bir ob`ekti bir xil nomdagi ikki maydonga ega bo`la olmaydi, chunki kompyuter ularning tarkibidan adashib ketadi. Ammo, maydonning nomidan tashqari — imzo deb nomlangan yana bir xususiyati bor. Imzo — ustunning sarlavhasini ifodalovchi axborotdir. Agar imzo berilmagan bo`lsa ham, uni maydon nomi bilan almashtirmaslik lozim. Turli maydonlarga bir xil imzo berish mumkin. Bu kompyuterni ishiga xalaqit bermaydi, chunki maydonlar turli nomlarga ega bo`lib qolmoqda. Turli tipdagi maydonlardan har xil maqsadda foydalaniladi va ular turli xususiyatlarga egadir. Matnli maydonning asosiy xususiyati uning hajmidir. Raqamli maydon raqamli ma`lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladi va u ham o`lchamga ega. Raqamli maydonlar har xil bo`ladi. Masalan, butun va haqiqiy sonlarni kiritish uchun. Oxirgi holatda maydon o`lchamida sonning o`nlik qismini o`lchami ham bo`ladi. Vaqt yoki sanani kiritish uchun maydonlar sana\vaqt ko`rinishiga egadir. Ikki xil qiymatga ega bo`lgan mantiqiy ma`lumotlarni kiritish uchun esa (Ha yoki Yo`q, 0 yoki 1 va h.k.) maxsus tip— mantiqiy maydon xizmat qiladi. Bunday maydonning o`lchami 1 baytga teng. Bu mantiqiy qiymatni ifodalash uchun etarlidir. Zamonaviy MB o`zida faqat raqam va harflarnigina emas, balki rasm, musiqali klip va videoyozuvlarni ham saqlashi mumkin. Bunday ob`ektlar uchun mo`ljallangan maydon — OLE ob`ekti maydoni deb ataladi. Yozuv – mantiqan bog`langan maydonlardir. Har bir yozuvda yagona yozuv kaliti mavjud bo`lib, ular dastlabki (birlamchi) va ikkilamchi bo`lishi mumkin. Dastlabki kalit (DK) – yozuvni ma`no jihatdan birxillashtiruvchi bir yoki bir necha maydonlardir. Dastlabki kalit bir maydondan iborat bo`lsa u oddiy, agar bir necha maydonli bo`lsa – tarkibli kalit hisoblanadi. Ikkilamchi kalit (IK) – dastlabki kalitdan farqli maydon bo`lib, u yagona emas. Agar dastlabki kalitning mazmuniga ko`ra faqat bitta yozuv nusxasi topilsa, ikkinchi kalit bo`yicha bir necha nusxa topilishi mumkin. Yangi yaratilgan MB da hech qanday ma`lumot yo`q deb tasavvur qilamiz. Ammo, unda baribir ma`lumot bor. Bu ma`lumot MB ning tuzilmasi, ya`ni maydonlar to`plamidir. Ular bu bazaga nima va qanday holatda yozilishini aniqlab beradi Download 226.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling