3-amaliy mashg‘ulot Ishlab chiqarish jarayonlarini fazoda tashkil qilish
Download 13.5 Kb.
|
3-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Liniyalarni fazodagi kompanovkasi bo’yicha
3-amaliy mashg‘ulot Ishlab chiqarish jarayonlarini fazoda tashkil qilish Ishlab chiqarish jarayonlarini vaqt bo’yicha tashkil qilishdan maqsad barcha o’zaro bog’liq bo’lgan asosiy va yordamchi jarayonlarni ish joylari bo’yicha taqsimlashdir. Bunda quyidagilar ta’minlanishi lozim: • mahsulotni ta’mirlash yoki ishlab chiqarish sikli imkon qadar kichik bo’lishi; • ish joylarini imkon qadar to’liq yuklanishi; • barcha jamlash detallari va yig’uv birliklarini ish joylariga o’z vaqtida etkazilishi. Bu vazifalar ishlab chiqarishni tashkil qilishda eng qiyin va muhimlari bo’lib, jarayonni tashkil qilishning texnologik, siklli va boshqa grafiklarini ishlab chiqish yo’li bilan o’z echimini topadi. Ishlab chiqarish sikli – mahsulotni ishlab chiqarish yoki ta’mirlashni boshlanishidan yakunlangungacha bo’lgan vaqt oralig’i (GOST 14.004-83). Bu ishlab chiqarish jarayonini vaqt bo’yicha tashkil qilishdagi muhim ko’rsatkichdir. U ish davri (bevosita ishlarni bajarish jarayoni) va tunaffuslardan (ishlab chiqarish ob’yektiga ta’sir ko’rsatilmayotgan vaqt) tarkib topadi. Mazkur ko’rsatkich korxonada ishlab chiqarishning umumiy texnik va tashkiliy darajasini tavsiflaydi. Tortuv harakat tarkibini ta’mirlash ishlab chiqarish sikli ta’mirlash grafigi tuzilgandan keyin belgilanadi va odatda tortuv harakat tarkibini ta’mirlashga qo’yilgan vaqtdan foydalanishga topshirilgungacha bo’lgan vaqt ish kunlari yoki soatlarda hisoblanadi. Uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega korxonalarda (kimyo, metallurgiya, ko’mir konlari) ishlab chiqarish sikli vaqt bo’yicha texnologik sikl bilan mos keladi, diskret jarayonli korxonalarda esa – odatda texnologik sikldan birmuncha ortiq bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonida turli operatsiyalar va tanaffuslar uchun vaqt sarflari, ularning nisbati sikl tarkibini tavsiflaydi (5.1-rasm). Ishlab chiqarish siklining tarkibiy tashkil etuvchilari davomiyligi konstruktorlik, texnologik va tashkiliy xaraktyerdagi faktorlarga bog’liq. Ishlab chiqarish jarayonlarini fazoda tashkil qilishning asosiy vazifasi barcha asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini korxona hududida ratsional joylashtirishdan iborat. Bunda quyidagilar eng maqbul xolda bo’lishi ta’minlanishi talab etiladi: • korxona, tsexlar va uchastkalar tarkibi; • ishlab chiqarishni tashkil qilish shakli (ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarni ish joylari bo’yicha siljitilishi); • ish joylari, uchastkalar va sexlarni joylashuvi (rejasi). Liniyalarni fazodagi kompanovkasi bo’yicha: • ochiq – fazoda jarayonni boshlanishi va yakunini tarqoqligi bilan tavsiflanadi. Ularda ko’pmncha vertikal-berk konveyer qo’llaniladi. Bunday liniyaning oxirida mahsulot echib olinishi kerak. Eng tarqalgan kompanovka hisoblanadi; • berk - fazoda jarayonni boshlanishi va yakuni yaqinligi bilan asoslanadi. Ob’yektlarni tortuv zanjiri osmasi yoki dastlabki pozitsiyaga qaytarilishi lozim bo’lgan maxsus idishda (masalan, tortuv elektr motorlari qutb chulg’amlarini to’yintirish va quritish uchun konveyer) siljitishda qo’llaniladi. Download 13.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling