DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARIGA MAJBURIY TO’LOVLAR
2020 y.
MM 76_i.Olimova Maftuna.Mustaqil ish.
REJA:
To’lash
Ijtimoiy
Ijtimoiy
Ijtimoiy
Ijtimoiy
To’lash
Avtotransport
Yig’im
Yig’im
Yig’im
Yig’im
Avtotransport
Ijtimoiy Soliq - O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2019-yil 30-dekabrdagi O’.R.q-599 sonli qonunga muvofiq tahrirdagi soliq kodeksi ishlab chiqildi va 2020-yildan kuchga kirdi.Unga ko’ra “Yagona ijtimoiy to’lov” -> “Ijtimoiy soliq” ga o’zgartirildi.
414-modda. Soliq to’lovchilar 414-modda. Soliq to’lovchilar Ijtimoiy soliqni to’lovchilar quyidagilardan iborat: - O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
- O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari;
- ushbu Kodeksning 420-421-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijtimoiy soliqni to’laydigan alohida toifadagi jismoniy shaxslar.
Soliq solish ob’ekti Soliq solish ob’ekti - Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to’lash xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish ob’ekti deb e’tirof etiladi.
- O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko’rsatishga doir shartnomalar bo’yicha yuridik shaxs bo’lgan O’zbekiston Respublikasi norezidentiga to’lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham ijtimoiy soliqning soliq bazasi deb e’tirof etiladi.
- Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik va (yoki) qonunchilikda belgilangan tartibda yakka mehnat faoliyatini amalga oshirish ijtimoiy soliqning soliq solish ob’ekti deb e’tirof etiladi.
Soliq bazasi Soliq bazasi - Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi ushbu Kodeksning 383-moddasiga muvofiq to’lanadigan xarajatlar summasi kabi aniqlanadi.
Soliq davri. Hisobot davri - Kalendar yil soliq davridir.
- Yil oyi hisobot davridir.
Quyidagilar ijtimoiy soliqning soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi: Quyidagilar ijtimoiy soliqning soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi: - xodimga mehnatda mayib bo’lganligi yoki sog’ligiga boshqacha shikast etganligi bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash tarzidagi ish beruvchining ushbu Kodeks 381-moddasining ikkinchi qismi 10-bandida ko’rsatilgan miqdorlardan ortiqcha qilingan xarajatlari;
- paxta yig’im-terimi bo’yicha qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun haq to’lash bilan bog’liq harajatlar.
№
|
Soliq to’lovchilar
|
Soliq stavkalari soliq bazasiga % da
|
1
|
Soliq to’lovchilar, 1-2-bandlarda nazarda tutilganlardan tashqari
|
12
|
2
|
“SOS – O’zbekiston bolalar qishlog’i” Assotsiatsiyasi
|
7
|
3
|
Ixtisoslashtirilgan tsexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatidan foydalanuvchi soliq to’lovchilar
|
4,7
| Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish - Ijtimoiy soliq soliq bazasidan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.
- Ijtimoiy soliqning hisob-kitobi har oyda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa–yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yil yakunlari bo’yicha ijtimoiy soliqqa doir hisob-kitob hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar taqdim etiladi.
- Ijtimoiy soliqni to’lash har oyda, hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Avtotransport yig’imlari Avtotransport yig’imlarining turlari : - Avtotransport yig’imlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im;
- chet davlatlar avtotransport vositalarining O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganligi uchun yig’im.
Soliq to’lovchilar: Soliq to’lovchilar: - Avtotransport vositalarini oluvchi va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im to’lovchilardir.
- Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari ushbu vositalarning O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganligi uchun yig’im to’lovchilardir.
Yig’imlarni to’lash tartibi Yig’imlarni to’lash tartibi Avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im ular O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat ro’yxatidan o’tkazilayotganda, qayta ro’yxatdan o’tkazilayotganda quyidagi hollarda undiriladi: - 1) avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul berish shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda;
- 2) avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dividendlar sifatida olinganda;
- 3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda, ushbu Kodeks 484-moddasining 8-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Yig’im taraflarning yozma kelishuviga ko’ra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan taqdirda, yig’im lizing oluvchidan undiriladi. Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so’ng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) shartnomasi predmeti bo’lgan avtotransport vositasi qayta ro’yxatdan o’tkazilayotganida takroran yig’im undirilmaydi;
4) avtotransport vositalari O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda. Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig’im to’langanligi to’g’risidagi hujjat taqdim etilmagan holda avtotransport vositalarini ro’yxatdan o’tkazish, qayta ro’yxatdan o’tkazish yoki texnik ko’rikdan o’tkazish amalga oshirilmaydi. Chet davlatlar avtotransport vositalari O’zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o’tganligi uchun yig’im chet davlatning avtotransport vositasi O’zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida undiriladi. Imtiyozlar : Imtiyozlar : Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig’imni to’lashdan quyidagilar ozod qilinadilar: - 1) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qo’l bilan boshqarishga moslashtirilgan engil avtomobilni va (yoki) motoaravachani oluvchi barcha guruhlardagi nogironlar;
- 2) yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalar oluvchi fuqarolar;
- 3) faoliyatining asosiy turi yo’lovchilar tashish bo’lgan, qonun hujjatlariga muvofiq yo’lovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega bo’lgan avtotransport korxonalari - yo’lovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari bo’yicha (engil avtomobillar va yo’nalishli taksilardan tashqari);
- 4) yuridik shaxslar - qirq tonnadan ortiq yuk ko’taradigan, olingan kon avtosamosvallari bo’yicha;
5) homiylik (beg’araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, nogiron bolalar uchun markazlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari; - 5) homiylik (beg’araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, nogiron bolalar uchun markazlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari;
- 6) yuridik shaxslar - avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xo’jalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul o’tkazishda;
- 7) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris;
- 8) avtotransport vositalarini ushbu moddaning 3-5-bandlarida ko’rsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi lizing beruvchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |