1. Kirish. Soliq to’lovchilar va Soliq solish obyekti to‘g‘risida tushunchalar
Download 147,84 Kb.
|
Mavzuvvvvv
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Kiriш
- II. Soliq to’lovchilar va Soliq solish obyekti to‘g‘risida tushunchalar
Mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i Reja 1. Kirish. 2. Soliq to’lovchilar va Soliq solish obyekti to‘g‘risida tushunchalar. 3. Soliq solinadigan bazasi va Yer solig’i stavkalari hamda Soliq stavkasini qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari. 4. Soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi. I.Kiriш Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i Soliq kodeksining 50-bobi tarkibidagi 287-294 moddararda o’z aksini topgan, ya’ni Soliq to’lovchilar, Soliq solish obyekti, Soliq solinadigan baza, imtiyozlar, Soliq stavkasini qo’llanishning o’ziga xos xususiyatlari, Soliqni hisoblab chiqarish va uni to’lash tartibining mazmun-moxiyat va ta’rifining bayoni aks ettirilgan. II.Soliq to’lovchilar va Soliq solish obyekti to‘g‘risida tushunchalar Soliq kodeksining 287-moddasida Soliq to’lovchilarning ta’rifi keltirilgan. Soliq to’lovchilar bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari hisoblanadi. Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros koldiruvchining Soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo’rlardan undiriladi. Soliq solish obyekti Soliq kodeksining 288-moddasida o’z aksini topgan. Shu moddaga ko’ra jismoniy shaxslar uchun kuyilagi yer uchastkalari Soliq solish obyekti bo’lib hisoblanadi:
Ko’p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari Soliq solish obyekti bulmaydi. Download 147,84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling