Tashqi kuch ta’sirida amplitudasi maksimumga erishadigan aniq, chastotali tebranishni hosil qiladigan ma’lum shaklga ega boʻlgan sistemaga rezonator deyiladi. Misol tariqasida tebranish konturini, tovush, hajmiy (OʻYuCh diapazondagi) va optik rezonatorlarni koʻrsatish mumkin. - Tashqi kuch ta’sirida amplitudasi maksimumga erishadigan aniq, chastotali tebranishni hosil qiladigan ma’lum shaklga ega boʻlgan sistemaga rezonator deyiladi. Misol tariqasida tebranish konturini, tovush, hajmiy (OʻYuCh diapazondagi) va optik rezonatorlarni koʻrsatish mumkin.
- Lazer asbobining rezonatori optik rezonatordir. Sababi: birinchidan, optikada ma’lum boʻlgan optik asboblarning rezonator vazifasini bajarishi boʻlsa, ikkinchidan, lazer nurining chastotasi optik nurlanish diapazonida joylashgandir. Optik rezonatorning boshqa turdagi rezonatorlardan ikkita muhim farqi mavjud. a) Optik rezonatorning yon tomonlari ochiq, shu sababli u ochiq optik rezonatordir. Ochiq optik rezonatorning yon tomonlaridan damlash energiyasini (rezonatorga) kiritish mumkin. b) Optik rezonatorning hajmi yorugʻlikning toʻlqin uzunligidan birmuncha kattadir (V >> λ3)
Optik rezonator koʻpincha ikkita yoki bir nechta koʻzgular toʻplamidan tashkil topgan boʻlib, tuzilishi jihatidan bir nechta koʻrinishda boʻladi: - Optik rezonator koʻpincha ikkita yoki bir nechta koʻzgular toʻplamidan tashkil topgan boʻlib, tuzilishi jihatidan bir nechta koʻrinishda boʻladi:
- —yassi parallel koʻzgulardan tashkil topgan Fabri-Pero rezonatori;
- —sferik koʻzgulardan tashkil topgan, umumiy markazga ega boʻlgan konsentrik rezonator;
- —sferik koʻzgulardan tashkil topgan va sferik koʻzgular umumiy fokusga ega boʻlgan fokusdosh rezonator;
- —bir koʻzgusi yassi va ikkinchisi sferik boʻlgan rezonator;
- —sferik koʻzgulardan tashkil topgan va qabariq koʻzgu tomonlari qarama-qarshi oʻrnatilgan turgʻun boʻlmagan rezonator.
13-rasm. Ochiq, optik rezonator-larning sxematik ko’rinishlari. a) yassi ko’zgulardan tuzilgan Fabri-Pero interferrometri turidagi rezonator - 13-rasm. Ochiq, optik rezonator-larning sxematik ko’rinishlari. a) yassi ko’zgulardan tuzilgan Fabri-Pero interferrometri turidagi rezonator
- b) sferik ko’zgulardan tuzilgan fokusdosh rezonator, v) konsentrik rezonator,
- g) umumiy fokusga ega bo’lgan turg’unmas rezonator.
Do'stlaringiz bilan baham: |