4-ma’ruza rezonator va ularning turlari. Optik rezonatorlar. Rezonatorning aslligi va yo’qotish koeffisiyenti
Download 0.53 Mb.
|
REZONATOR VA ULARNING TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fabri-Pero rezonatori-ning tebranish turlari modalari
Avvalo passiv Fabri-Pero rezonatorini qarab chiqamiz. Rezonator koʻzgularining shakli doiraviy boʻlmasdan, toʻrt burchak shaklida va tomonlari a ga teng, koʻzgular orasidagi masofa L ga teng deb qaraymiz. Har qanday rezonator tebranish konturi boʻlgani sababli, u xususiy tebranish chastotasiga ega. Rezonatordagi interferensiyalanuvchi yorugʻlikning toʻlqin uzunligiga koʻra tebranish turlari (modalar) hosil boʻladi. Rezonator koʻzgulari oraligʻida hosil boʻlgan har bir turgʻun toʻlqin rezonatorning xususiy modasini (tebranish turini) hosil qiladi. Rezonatorning modasi koʻzgular oraligʻida uygʻongan turgʻun toʻlqindir.
Fabri-Pero rezonatori-ning tebranish turlari modalari:
Rezonatorning koʻzgulariga perpendikulyar ravishda yorugʻlik toʻlqini kelib tushganda, yorugʻlik toʻlqini koʻzgulardan qaytib turgʻun toʻlqinni hosil qiladi. Yorugʻlikning toʻlqin uzunligi oʻzgarishiga qarab turgʻun toʻlqinlarning turlari ham har xil, ya’ni har xil modalar hosil boʻladi. Oʻsha modalar Fabri-Pero rezonatorining xususiy chastotalaridir. 15-rasmda rezonator modalari sxematik ravishda koʻrsatilgan.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling