Quymakorlik ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko‘rsatish uchun (quyuvchi);
Shtampovka ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun (presslovchi);
Mexanik ishlov jarayonlariga xizmat ko‘rsatish uchun;
Payvandlash roboti jarayoniga xizmat ko‘rsatish uchun (payvandlovchi);
Yig‘uv ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish uchun (yig‘uvchi).
Ixtisoslashuv darajasi bo‘yicha barcha sanoat robotlari ularni vazifasidan qat’iy nazar 3 tipga bo‘linadi: universal, maxsuslashtirilgan va maxsus.
Universal (ko‘p maqsadli) robotlar turli xil operatsiyalarni va shu bilan birga texnologik jihozlardagi turli ko‘rinishdagi ishlarni bajarish uchun qo‘llaniladi.
Maxsuslashtirilgan (maqsadli) robotlar ancha tor vazifaga ega va bitta aniqlangan operatsiyani amalga oshiradi (masalan, payvandlash, bo‘yash, belgilangan ko‘rinishdagi jihozlarga xizmat ko‘rsatish).
Maxsus robotlar faqat bitta aniq operatsiyani bajaradi (masalan, texnologik jihozning konkret modeliga xizmat ko‘rsatish).
Bajariladigan operatsiyalar xarakteri bo‘yicha barcha sanoat robotlari 3 ta guruhga sinflanadi:
Ishlab chiqarish (texnologik), asosiy texnologik ishlab chiqarish operatsiyalarini bajaradi va unda ishlab chiqaruvchi yoki qayta ishlovchi mashina sifatida ishtirok etadi (payvandlash, yig‘ish va boshq.).
Ko‘tarish-tashish (yordamchi), asosiy texnologik jihozlarga xizmat ko‘rsatish uchun yordamchi operatsiyalarni bajarishda qo‘llaniladi, hamda ombor-transport operatsiyalarini ham;
Universal – xilma-xil asosiy va yordamchi texnologik operatsiyalarni bajaradi.
Yuritma tipi bo‘yicha. Robotlarda foydalaniladigan yuritmalari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
Elektrik;
Gidravlik;
Pnevmatik;
Pnevmo-gidravlik.
Ular ko‘pincha kombinatsiyada qo‘llaniladi, masalan, katta yuk ko‘taruvchi manipulyator zvenolarida gidravlik, uning ushlovchi qurilmasida – ancha oddiy va kam quvvatli pnevmatik yuritma ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |