4-ma’ruza: sanoat robotlarining sinflanishi sanoat robotlari


Download 35.3 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi35.3 Kb.
#1556110
  1   2   3
Bog'liq
4,ИМТ


4-MA’RUZA: SANOAT ROBOTLARINING SINFLANISHI


Sanoat robotlari quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha bir nechta sinfga boshqarish usuli bo‘yicha;

  • Boshqarish usuli bo‘yicha;

  • Maqsadga muvofiqligi bo‘yicha;

  • Ixtisoslashuv darajasi bo‘yicha;

  • Bajariladigan operatsiyalar xarakteri bo‘yicha;

  • Yuritma tipi bo‘yicha;

  • Yuk ko‘tarish hajmi bo‘yicha;

  • Manipulyatorlar soni bo‘yicha;

  • Harakatlanish tezligi va aniqligi bo‘yicha;

  • Harakatlanish darajalari bo‘yicha;

  • Joylashtirish usuli bo‘yicha sinflanadi.

Boshqarish usuli bo‘yicha ajralib turadi:

  • Oldindan berilgan qat’iy dastur bo‘yicha ishlovchi dasturli boshqariladigan robotlar (birinchi avlod robotlari);

  • Sezgi vositalariga ega va shuning uchun oldindan tartibga solinmagan va o‘zgaruvchan sharoitlarda ishlashi mumkin bo‘lgan, moslanuvchan boshqarishga ega robotlar, masalan, erkin joylashgan buyumlarni tuta oladigan, to‘siqlarni aylanib o‘ta oladigan va boshq. (ikkinchi avlod robotlari);

  • Tashqi axborotni qayta ishlash tizimiga, intellektual xulq-atvor imkoniyati ta’minlanadigan, analog holatlarda insonga o‘xshash xulq-atvorga ega intellektual (sun’iy intellekt bilan) boshqariluvchi robotlar (uchinchi avlod robotlari).

Maqsadga muvofiqligi bo‘yicha robotlar bir nechta guruhlarga bo‘linishi mumkin. Mashinasozlik, tog‘-kon va neft sanoati (burg‘ilash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish, montaj va ta’mirlash ishlari), metallurgiya, qurilishda (montaj, pardozlash, transport ishlari), yengil, oziq-ovqat, baliq sanoatida jarayonni avtomatlashtirish uchun robotlar farqlanadi. Oxirgi yillarda robotlar transportga (qadam tashlovchi transport mashinalarini yaratish), qishloq xo‘jaligiga, sog‘liqni saqlash va harbiy sohaga kirib kelmoqda.
Sanoatda keng tarqalgan sanoat robotlari mashinasozlikda qo‘llaniladi. Ular quyidagi guruhlar bo‘yicha farqlanadi:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling