4-Ma’ruza: Sanoq sistemasi tushunchasi. Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari. Ikkilik sanoq sistemasining tadbiqi Reja
O`nli pozitsion sanoq sistеmasini targ`ib qilishda M.Xorazmiyning ro’li
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Maruza BTM sirtqi 0cf1149738daca5befa1ea58b55e78b6
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. O’nlik sanoq sistemasida son yozuvi. O’
3.O`nli pozitsion sanoq sistеmasini targ`ib qilishda M.Xorazmiyning ro’li
IX asrning buyuk оlimlaridan biri o`zbеk (Хоrazm) matеmatigi Muhammad ibn Musо al-Хоrazmiydir. Uning «Kitоb al-jabr» nоmli kitоbi fanga algеbra nоmini bеrdi. Bu kitоbda arifmеtik masala va tеnglamalarning yеchilish qоidalari bayon qilingan. Al-Хоrazmiy o`zining bоshqa kitоbida Hindistоnda kashf qilingan hind arifmеtikasini, ya’ni o`nli sanоq sistеmasini yoritdi. Uch yuz yil kеyin, ya’ni XII asrda u lоtin tiliga tarjima qilindi va bu kitоb butun Yеvrоpa хalqlari uchun arifmеtikadan birinchi darslik bo`lib qоldi. Natijada Yеvrоpa mamlakatlarida Arab davlatida yashagan muallif yozgan kitоb bo`yicha o`nli sanоq sistеmasi o`rganilgani uchun o`nli sistеmadagi arab raqamlari dеyila bоshlandi. Bu esa nоto`g`ridir. XII asrdan bоshlab Garbiy Yеvrоpada uzоq davоm etgan turg`unlikdan so`ng matеmatikaga qiziqish uyg`оndi, bunga savdо-sоtiqning kеngayishi sabab bo`ldi . Rus fanining rivоjlanishida Lеоntiy Filippоvich Magniskiy tоmоnidan yozilgan «Arifmеtika sirеch nauka chislitеlnaya» kitоbi muhim rоl o`ynadi. Bu kitоb Pyotr I davrida 1703-yilda slavyan tilida nashr qilindi, ammо undagi hamma hisоblashlar o`nli sanоq sistеmasida bajarilgan edi. Bu kitоb uzоq vaqt barcha ilm kishilari uchun eng zarur kitоb bo`lib qоldi, chunki bu kitоbda nafaqat matеmatikaga оid matеriallar, balki astrоnоmiya, navigasiya va bоshqa fanlarning ba’zi bir bo`limlari haqida ma’lumоtlar bоr edi. 4. O’nlik sanoq sistemasida son yozuvi. O’nlik sanoq sistemasida xona birliklari o’n, yuz, ming, o’n ming, yuz ming va hokazolar bo’lib, ular 10, 10 2 , 10’, 10 4 , ... ko’rinishda ifodalanadi va unda har bir xonaning bitta birligi ikkinchi xonadan boshlab o’zidan oldingi xonaning o’nta birligiga teng bo’ladi, ya’ni qo’shni xona birliklari nisbati sanoq sistemasining asosi — 10 ga teng. Sonlar 0, 1,2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 dan iborat 10 ta belgi yordamida yoziladi va bu belgilar raqamlar deb ataladi. Son yozuvida har bir raqam malum xona birliklari sonini bildiradi. Demak, a natural sonning o’nlik sanoq sistemasidagi yozuvi deb quyidagi yigindiga aytiladi: a = a n • 10 n + a n-1 • 10 n-1 + ... + a 2 • 10 2 + a 1 • 10 + a 0 , bu yerda: a n , ...,a 1 — 0 dan 9 gacha bo’lgan raqamlar. a n ≠ 0 deb kelishiladi. Son yozuvini 0 lardan boshlash faqat malum sondagi raqamlardan iborat nomerlashda qo’llanadi, masalan: lotoreya, pasport, avtomobil nomerlarida. N = a n • 10 n + a n-1 10 n-1 + ... + a 2 • 10 2 + a 1 • 10 + a 0 son berilgan bo’lsa, uni N = 𝑎 𝑛 𝑎 𝑛−1 . . . 𝑎 1 𝑎 0 ̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅̅ ko’rinishda yozish mumkin. Son yozuvidagi chiziq uni harfiy ko’paytmadan farqlash uchun chiziladi. Son yozuvidagi o ’ngdan birinchi uchta xona birlar sinfini tashkil qiladi va unga birlar, o ’nlar, yuzlar deb ataluvchi xona birliklari kiradi. Keyingi uchlik minglar sinfini tashkil qilib, xona birliklari minglar, o’n minglar va yuz minglar deb ataladi. 6-, 7-, 8-raqamlar millionlar sinfmi tashkil qilib, xona birliklari millionlar, o ’n millionlar va yuz millionlardan iborat bo’ladi. Keyingi uch xona milliardlar, undan keyin billionlar va hokazo sinflardan iborat bo ’ladi. Sonni o’qishda chapdan o’ngga qarab har bir raqam yoniga xona birligi nomi qo’shib aytiladi, shuni aytish kerakki, o’zbek tilida o’nliklarni atash uchun maxsus so’zlar: yigirma, o’ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson va to ’qson qo’llanadi. O’nli sanoq sistemasida sonlarni yozish uchun 10 ta belgi, atash yoki o ’qish uchun esa, masalan, milliongacha bo’lgan sonlar uchun 20 ta atama kerak bo’ladi, bu raqamlar va o’nliklar nomlari, yuz, ming kabi atamalardir. Ko ’p xonali sonlarni o’qishda million, milliard, billion kabi sinflar nomlari ishlatiladi. Bo’sh xona birliklari aytilmaydi, yozuvda 0 lar bilan toidiriladi. Masalan: 412 4 • 10 2 + 1 •1 0 + 2 (to’rt yuz o’n ikki). Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling