4-ma’ruza standartlar kategoriyalari va turlari reja


Xalqaro va davlatlararo standartlashtirish


Download 466.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana09.12.2021
Hajmi466.9 Kb.
#179542
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-маъруза a246445c1a7cff0e50faea0beca1edf9

Xalqaro va davlatlararo standartlashtirish 

Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiya, akkreditatsiya bo‘yicha qoidalar 

va  normalarni  ishlab  chiqish  bilan  shug‘ullanadigan  ko‘plab  xalqaro  tashkilotlar  

amal qiladi. Jamiyat    rivojlanishining    hozirgi    bosqichida   standartlashtirish 

bo‘yicha xalqaro tashkilot - ISO eng mashhur tashkilot hisoblanadi, undan tashqari 

Xalqaro  elektrotexnika  komissiyasi  -  XEK,  qonunchilik  metrologiyasi  bo‘yicha 

Xalqaro tashkilot - QMXT, Evropa iqtisodiy komissiyasi -EIK ham amal qiladi. 

O‘zbekiston  O‘zstandart  timsolida  Standartlashtirish  bo‘yicha  Mintaqalararo 

Assotsiatsiyaga- SMA ga a’zo bo‘lgan.  

ISO standartlashtirish bo‘yicha eng katta ahamiyatli xalqaro tashkilotdir. 

BMTning  1994  yil  14  oktyabrdagi  tashabbusiga  binoan  Londonda  25  ta 

mamlakat  vakillaridan  iborat  konferensiya  tashkil  etildi,  u  standartlashtirish 

bo‘yicha xalqaro bitimlarni muvofiqlashtirish va bir xillashtirish bo‘yicha Xalqaro 

tashkilotning tashkil qilinganligini e’lon qildi. ISOning Ustaviga muvofiq xalqaro 

tovar  almashinuvi  va  o‘zaro  yordamni  engillashtirish  uchun  jahon  miqyosida 

standartlashtirishning  rivojlanishiga  ko‘maklashish  tashkilotning  maqsadi 

hisoblanadi. 

ISOning  asosiy  faoliyati  xalqaro  standartlarni  ishlab  chiqish,  ularni  nashr 

qilish  va  tarqatishdan  iborat.  Barcha  hujjatlar  uch  tilda  -  ingliz,  fransuz  va  rus 

tillarida  nashr  qilinadi.  Texnik  qo‘mitalar  (TQ)  xalqaro  standartlar  loyihalarini 

ishlab  chiquvchi  ishchi  organlari  hisoblanadi.  Unga  kotibiyat  rahbarlik  qiladi,  u 

barcha  ichki  masalalarni  ovozlarning  ko‘pchiligi  bilan  hal  qiladi.  Standartlar 

loyihalari  ISO  Kengashi  tomonidan  tasdiqlanadi,  so‘ngra  ISO  ning  Markaziy 

kotibiyati tomonidan nashr qilinadi va ISO ning hamma a’zolariga tarqatiladi. 

Ustavga  binoan  ISO  Bosh  Assambleyasi,  Kengash  va  uning  qo‘mitalaridan, 

prezident  va  vitse-prezident,  xazinachi,  bosh  kotib,  markaziy  kotibiyat,  texnik 

bo‘limlar va qo‘mitalardan iborat bo‘ladi. 

Bosh  Assambleya  –  ISO  ning  qonun  chiqaruvchi  organi  hisoblanadi,  u  uch 

yilda  bir  marta  chaqiriladi.  Bosh  Assambleyaning  sessiyalarida  ISO  faoliyatining 

eng muhim masalalari hal qilinadi, faoliyatga yakunlar yasaladi va bundan keyingi 

faoliyat yo‘llari belgilanadi. 

 




Download 466.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling