Suv deyarli ionlanmagan molekulalar holida bo‘lgani uchun ionlanish darajasining har qanday o‘zgarishi ham suv molekulalarining konsentratsiyasiga juda kam ta’sir qiladi. Suv deyarli ionlanmagan molekulalar holida bo‘lgani uchun ionlanish darajasining har qanday o‘zgarishi ham suv molekulalarining konsentratsiyasiga juda kam ta’sir qiladi. Shuning uchun yuqorida tenglamada keltirilgan [H2O] ning miqdori amalda o‘zgarmas deb hisoblanadi. Shu bilan birga Kmuv ning miqdori ham o‘zgarmasdir. Demak, hosil bo‘lgan tenglamaning o‘ng tomoni, [H+]•[OH–] ko‘paytma ham o‘zgarmas sondir. Bu o‘zgarmas miqdor suvning ion ko‘paytmasi deyiladi va KH2O bilan ifodalanadi. - Suv deyarli ionlanmagan molekulalar holida bo‘lgani uchun ionlanish darajasining har qanday o‘zgarishi ham suv molekulalarining konsentratsiyasiga juda kam ta’sir qiladi. Shuning uchun yuqorida tenglamada keltirilgan [H2O] ning miqdori amalda o‘zgarmas deb hisoblanadi. Shu bilan birga Kmuv ning miqdori ham o‘zgarmasdir. Demak, hosil bo‘lgan tenglamaning o‘ng tomoni, [H+]•[OH–] ko‘paytma ham o‘zgarmas sondir. Bu o‘zgarmas miqdor suvning ion ko‘paytmasi deyiladi va KH2O bilan ifodalanadi.
Shunday qilib, [H+]•[OH–]=KH2O•25°C da toza suvda [H+]•[OH–]=10–7, demak, shu haroratda KH2O=10–7•10–7=10–14. Harorat ko‘tarilganda KH2O miqdori tez oshadi. - Shunday qilib, [H+]•[OH–]=KH2O•25°C da toza suvda [H+]•[OH–]=10–7, demak, shu haroratda KH2O=10–7•10–7=10–14. Harorat ko‘tarilganda KH2O miqdori tez oshadi.
- [H+]•[OH–]=KH2O tenglamaning ma’nosi quyidagicha: H+ yoki OH– ionlarining konsentratsiyasi qanchalik o‘zgarmasin, ularning ko‘paytmasi har qanday suvli eritmada 25°C da 10–14 ga teng o‘zgarmas qiymatga ega bo‘ladi.
Agar toza suvga biror kislota qo‘shib, eritmadagi H+ ionlari kontsentratsiyasi 10–7 dan qancha oshirilsa, [OH] ionlari konsentratsiyasi o‘shancha kamayadi va 10–7 dan kam bo‘lib qoladi. Demak, kislotali eritmada: - Agar toza suvga biror kislota qo‘shib, eritmadagi H+ ionlari kontsentratsiyasi 10–7 dan qancha oshirilsa, [OH] ionlari konsentratsiyasi o‘shancha kamayadi va 10–7 dan kam bo‘lib qoladi. Demak, kislotali eritmada:
- [H+] > 10–7> [OH–]
- Xuddi shunga o‘xshash ishqoriy eritmalarda:
- [OH–] > 10–7> [H+]
- Neytral eritmalarda esa:
- [H+] = [OH–] = 10–7
- Demak, har qanday suvli eritmada uning muhiti qanday bo‘lishidan qatiy nazar, H+ ionlari ham, OH– ionlari ham bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |