4-ma’ruza. Ta’lim innovatsiyalarining turlari
Download 1.55 Mb.
|
4-ma’ruza. Ta’lim innovatsiyalari. Ta’lim innovatsiyalarining turlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- AJURLI ARRA” STRATEGUYASI
- AKVARIUM” STRATEGIYASI
- AJIL” (“AMALIY JAMOAVIY IJODIY LOYIHALAR” ) STRATEGIYASI
- ASALARI GALASI” STRATEGIYASI
4-ma’ruza. Ta’lim innovatsiyalari. Ta’lim innovatsiyalarining turlari. Quyidagi innovatsion texnologiyalar mohiyatiga ko’ra, shaxsda vaziyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, muammoni tahlil qilish, sintezlash, tizimning tarkibiy elementalari o’rtasidagi bog’lanish va aloqadorlikni topish, mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini hosil qilish demakdir. Talaba mustaqil ishni bajarish uchun eng avvalo mavzuni yoritishda qaysi texnologiyadan foydalanish maqsadga muvofiqligini aniqlab olish zarur bo’ladi. “AJURLI ARRA” STRATEGUYASI “Ajurli arra” (farnsuzcha “ajour” – bir yoqdan ikkinchi yoqqa o’tgan, ikki tomoni ochiq) strategiyasi o’quvchi (talaba) larga yaxlit muayyan mavzuni bir nechta qismlarga ajratish orqali mohiyatni yoritish imkoniyatini yaratadi. Ushbu metod qo’llanilganda o’quvchi (talaba) lar tayyor matnlar bilan ishlaydi. Mashg’ulotda strategiyani qo’llash quyidagi taxlitda amalga oshiriladi: Strategiyani qo’llashda o’quvchi (talaba) larning mavzuni puxta o’zlashtirganliklari, o’zlari ega bo’lgan bilimlarni boshqalarga yetkazib berish layoqatiga ega bo’lishlari muhim sanaladi. “Ajurli arra” strategiyasining texnologik modeli quyidagicha: “AKVARIUM” STRATEGIYASI Ta‘lim jarayonida ushbu texnologiyani qo’lashda maqsad o’quvchi (talaba) ni ma‘lum muammo bo’yicha fikrlash, o’z fikrini bayon qilish. Muammoni sherik (suhbatdosh) bilan birgalikda muhokama qilishga o’rgatishdan iborat. Strategiyani qo’llashda quyidagi tashkiliy harakatlar tashkil etiladi: Ta‘lim jarayonida strategiyani qo’llash tartibi quyidagicha: Izoh: ―Tahlilchilar‖ning asosiy vazifasi savol yuzasidan muhokamani tashkil etish, ―Kuzatuvchilar‖ning asosiy vazifasi 1-guruh (―Tahlilchilar‖) faoliyatini kuzatib baholashdan iborat. “AJIL” (“AMALIY JAMOAVIY IJODIY LOYIHALAR”) STRATEGIYASI Bu texnologiya o’quvchi (talaba) larda ijodiy faoliyat malakalarini shakllantirish, jamoaviy ijodiy ishlarni tashkil etish ko’nikmlarini shakllantirish, jamoaviy ijodiy loyiha (ish) larning shakllari to’g’risidagi tushunchani hosil qilishga ko’maklashishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyani o’quv jarayonida ―Jamoaviy ijodiy ishni tashkil etish‖ mavzusudagi suhbat yoki ―Men – jamoaviy ish tashkilotchisiman‖ nomli blits-o’yin o’tkazilgandan so’ng qo’llash maqsadga muvofiqdir. Strategiyani qo’llashda quyidagi bosqichda ish ko’riladi: Shundan so’ng o’quvchilar kichik guruhlarda ishlaydi. Bu jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: “ASALARI GALASI” STRATEGIYASI ―Asalari galasi‖ strategiyasi o’rganilayotgan mavzu bo’yicha tanlangan muammoning auditoriyada umumiy yoki kichik guruhlarda alohida tahlil qilinishiga yordam beradi. Strategiyani qo’llashda kichik guruhlarga beriladigan topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo’lishi mumkin. Guruhlarga berilgan topshiriq muayyan muddat ichida tahlil qilinib, natija barchaga ma‘lum qilinadi. Mashg’ulot yakunida masalaning eng maqbul yechimi tanlab olinadi. Mashg’ilot davomida strategiyani qo’llashda quyidagicha yo’l tutiladi: Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling