4 –Ma’ruza. Terpenlar va steroidlar Izoprenoidlarni tabiiy manbaalari, sinflanishi


Download 0.49 Mb.
bet2/3
Sana03.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1691115
1   2   3
Bog'liq
4. терпенлар стероидлар

Ochiq zanjirli terpenlar




Ochiq zanjirli terpenlarga xmel moyida uchraydigan mirtsen, atirgul moyida uchraydigan geraniol spirt, marvaridgul hidini eslatadigan linalool spirt, evkalipt moyida bo’ladigan sitral va boshqalar misol bo’ladi:


Sitral C10H16O – atsiklik monoterpen bo’lib, uning uglerod skleti «boshi», «dumiga» tipi bo’yicha birikkan ikkita izopren qoldig’idan tuzilgan:


Sitral ko’pchilik efir moylarida uchraydi. U, ayniqsa, limon moiyda ko’p miqdorda bo’ladi. Sitral uchun geometrik izomeriya mavjud bo’lib, uning ikkita -diasteroizomeri – tsitalg’ va vitralg’ mahlumdir.
Sitral geraniol spirting oksidlanish mahsuloti hisoblanadi. Sitral o’tkir limon xidli moy bo’lib, tibbiyotda ko’z kasalliklarini davolashda, og’riqni qoldiruvchi va yallig’lanishni davolovchi vosita sifatida qo’llaniladi. Undan tashqari, u parfyumeriyada keng ishlatiladi. U darmondorini olishda dastlabki modda bo’lib xizmat qiladi.
Keyingi yillarda tsitralni sintetik usulda olish yo’llari yaratildi. Bu usullardan seskvi va, umuman, politerpenlar olishning eng oddiysi izoprenni uning gidroxloridi bilan telomerlash reaktsiyasi hisoblanadi.



Reaktsiya quyidagi sxema bo’yicha boradi:

Bir halqali terpenlarni mentanning hosilasi deb qarash mumkin. SHuning uchun ularni mentan qator terpenlari deb ataladi:




Bu guruh terpenlaridan tabiatda limonon uglevodorodi, terpionel va mentol spirtlari keng tarqalgan.


Linonen molekulasida ikkita qo’sh bog’ bo’lib, ulardan biri halqadir. Birinchi qo’sh bog’ birinchi va ikkinchi uglerod atomlari orasida, ikkinchisi esa yon zanjirda joylashgan.
Limolening tuzilishi rus olimi Ye.E. Vagner tomonidan aniqlanilgan. Limolen molekulasida bitta xirallik markazi bor. SHuning uchun u bir juft enantsiomerlar ko’rinishida uchraydi. (+) limonen apelg’sin, selg’derey va zira moyida, (–) limolen esa limon va archa moyida uchraydi. Ratsemat limolen dipenten deb atalib, uni olish uchun ikki molekula izoprenni 3000S kaatalizator ustidan o’tkaziladi.
Dipenten skipidarning bahzi bir turlarida, maslan, frantsuz skipidarida bo’ladi. SHuningdek, kauchuk quruq haydalganda ham dipenten hosil bo’ladi.
Dipenten platina yoki palladiy katalizatorligida disproportsiyalanganda aroiatik uglevodorod – tsinolin, shu katalizatorlar ishtirokida gidrogenlanganda esa mentanni hosil qiladi.


Dipentenga yoki limonenga suv biriktirilganda ikki atomli spirt – terpen hosil uladi. U bir molekula suv bilan kristallanib, terpingidratni hosil qiladi. Terpingidrat tibbiyotda qo’laniladi.







Terpin yoki terpingidratni sulg’fat yoki fosfat kislota ishtirokida degidratlanganda – terpineollar aralashmasi hosil bo’ladi. Ular parfyumeriyada ishlatiladi.
Yalpiz moyi tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan mentolni saqlaydi. U 420S da suyuqlanadi va yalpiz xidiga ega.



Mentolni timolni gidrogenlab olish mumkin:



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling