4-maruza: Turli jinsli sistemalar klassifikatsiyasi. Filtrlash. Markazdan qochma kuchlar ta’sirida ajratish. Sentrifugalash. Elektrostatik maydon ta’sirida tozalash. Suyuqliklarni aralashtirish. Aralashtirgichlar


Download 0.81 Mb.
bet8/18
Sana24.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1063393
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
4-MARUZA sirtqi

3.24-rasm. Lentali vakuum - filtr.
1 - uzatuvchi baraban; 2 - purkagich; 3 - vakuum-kamera; 4 - rezina lenta; 5 - nov; 6 - taranglovchi baraban; 7 taranglovchi g‘ildirakchalar; 8 – filtrat chiqarish kollektori; 9 - yuvuvchi suvni chiqarish kollektori; 10 — cho‘kmayig‘gich; 11 - filtr to‘qima.
Teshikli rezina lenta ostida vakuum kamera 3 bo‘lib, u pastki qismi bilan filtrat 8 va yuvuvchi suyuqpik chiqarish kollektorlari 9 bilan ulangan. Hosil qilinayotgan vakuum hisobiga lenta vakuum — kameraning tepa qismiga yopishib turadi. Filtr to‘qima esa, taranglovchi g‘ildirakchalar 7 yordamida cheksiz rezina lentaga siqib qo‘yiladi. Filtr to‘qimaga nov 5 dan suspenziya uzatiladi. Filtrat vakuum ostida kameralarga va kollektor orqali yig‘gichga yuboriladi. Hosil bo‘lgan cho‘kmaga purkagich 2 dan yuvuvchi suv beriladi va kameralarga so‘rib olinib, so‘ng kollektor 9 orqali yig‘gich 10 ga chiqariladi. Uzatuichi barabanda filtr to‘qima rezina lentadan ajraydi va yo‘naltiruvchi g‘ildirakchani aylanib o‘tadi. SHunda, cho‘kma filtr to‘qimadan sirpanib tushadi va cho‘kma yig‘gichga to‘kiladi. Filtr to‘qima ikkita g‘ildirakcha 7 lar orasidan o‘tguncha yuviladi, quritiladi va tozalanadi.
O
ldingi Ma`ro’zalarda o`girlik kuchi asosida ajratish jarayonlarini ko’rib chiqib,bu jarayonning qator kamchiliklarini keltirib o’tgan edik.ushbu Ma`ro’zada esa biz markazdan qochma kuch ta`sirida ajratish jarayonini ko’rib chiqamiz.Bu usulda ajratuvchi qurilmaga tsiklon misol bula oladi.
23-rasm.Turli tsiklonlarning konstruktsiyalari
a-tsilindirli ,b-konusli,v-VTSNIIOT tipidagi
ikkita qismdan iborat.
Uning yuqorigi qismi tsilindr idishdan iborat bo’lib pastki qismi konussimon qismdan iborat.Apparatda tozalangan gaz chiqadigan va chang tushadigan patrubkalar bor.Changli gaz tsiklonga tangentsial yo’nalishda 15-20 m/s tezlikda kiradi.Sochngra pastki spiralsimon aylanma harakat bilan yo’naladi, gaz oqimidagi qattiq zarrachalar ochqdan tsiklonning ichki devori tomon harakat qiladi, sochngra devorga urilib o’z kinetik energiyasini yo’qotadi va o`girlik kuchi ta`sirida pastga kulaydi. Tsiklonning pastki konussimon qismida gaz oqimi inertsiya bo’yicha aylanma spiralsimon harakatini davom ettiradi va yuqori ga so’rish quvuriga yo’nalgan oqim paydo bo’ladi. Tozalangan gaz so’rish kuviri orqali qurilmadan chiqib ketadi. Tsiklondagi gazli changlarning tozalanish darajasi qattiq zarrachalarning kattaligi, gaz oqimining tezligi va qurilmaning geometrik o’lchamlariga bo`gliq.
Sanoatda bunday qurilmalar standart xolatda tayyorlanishi yoki xisob kitoblarga asosan nostandart ravishda tayyorlanishi mumkin. Quyidagi tipdagi standart tsiklonlar mavjud.Biogaz tsiklonining diametri 100-1000 mm ga , changli gazlarning tozalanish darajasi 30-85%ga teng(23-rasm).Changli gaz aralash-malaridagi qattiq zarrachalarning diametri kattalash-gan sari ularning tozalanish darajasi 90-95% ortishi mumkin.Tsiklonlarda gaz aralashmalarining tozalanish darajasi ajratish koeffitsientiga bo`gliq:
(104)

bu erda r – tsiklon radiusi, m; w- gaz oqimning tezligi, m/s.


B
u tenglikdan ko’rinib turibdiki, gazlarning tozalanish darajasini oshirish uchun gaz oqimi aylanma harakatining radiusini, ya’ni tsiklonning radiusini kamaytirish yoki gaz oqimining harakat tezligini oshirish kerak.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling