4-ma’ruza: Vertikal zonallik Reja: Sinmorfologiya haqida tushuncha va uning tuzilishi Vertikal zonallik
Download 26.89 Kb.
|
Fitosenologiya 4- ma\'ruza
Gorizontal struktura
Fitotsenozda gorizontal taqsimlanishni mozaiklik deb ataladi. Boshqacha aytganda fitotsenozning turli maydonlarida o’simlik guruhlarining turli mikrorelefda o’ziga xos bo’lib shakllanishi mozaiklik diyiladi. Mozaiklik fitotsenoz arealining turli maydonlarida turli-tuman bo’lishi, suv rejimining har hil bo’lishi natijasida hosil bo’ladi. Cho’l mintaqasida shunday o’simliklar qoplamini kuzatish mumkinki, bu yerlarda turlar tarkibi ham, miqdor va sifat ko’rsatkichlari ham, qavatligi ham, tashqi qiyofasi ham bir xil bo’ladi. Hammasi bir xil fitotsenozga -o’simliklar qoplamiga kiradi. Bu yerda har bir tur o’simlik o’ziga xos joyda ko’karadi. Ular orasida shu yerga mansub o’simlik turlari joylashadi. Shunday bo’lsada har bir yer o’ziga xos gorizontal tuzilishga ega. Shuning uchun ham ular bir-birlaridan eng kichik belglari bilan bo’lsada farq qiladi. Bunday maydonlarni mikrogruppa yoki m i k r o f i t o ts ye n o z deb atash mumkin. CHo’llarda, asosan, saksovul (Haloxylon aphyllum) , shuvoq (Artemisia sp.), yantoq (Alhagi sparsifolia Shap), hozirgi kunda isiriq (Peganum harmala L.) hukmron turlar hisoblanadi. Lekin hukmron turlarning zich joylashgan joylarida ham boshqa turlarning mikrogruppa hosil qilib o’sayotganini ko’rish mumkin. Populyatsiya egallab turgan joydagi resurslardan to’liq foydalanish nafaqat populyasining soniga, balki populyatsiya individlarning joyda taqsimlanish xususiyatlariga ham bog’liq. Populyatsiya individlari joyda taqsimlanishi bir tomondan tashqi muhit sharoitlarining individlarga nisbatan turli - tumanligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan organizmlarning biologik xususiyatlariga birinchi navbatda ularning harakatchanligi va jinslashganligi bog’liq. Populyatsiya zichligini aniqlashda individlarning joyda taqsimlanishi xususiyatlarini bilish katta ahamiyatga ega, chunki tadqiqotchi hamma vaqt tanlangan kichik maydondlarda tadqiqot o’tkazib keyin o’rtacha qiymatni aniqlaydi. Populiyasiya individlariningjoyda taqsimlanishi turli - tuman bo’lib, ularni asosan uch xil ajratib ko’rsatish mumkin. 1. Tasodifiy taqsimlanish. 2. Tekis taqsimlanish. 3. Nuqtali yoki agregasiyali taqsimlanish. Tasodifiy taqsimlanish tabiatda nisbatan kamroq uchrasada, lekin turli sistematik guruhlardagi organizmlarda kuzatish mumkin. Tasodifiy taqsimlanishda individlar populyatsiya egallagan joyda tasodifiy ravishda bir joyda zichroq, ikkinchi joyda siyrakroq, uchinchi joyda umuman uchramasligi mumkin. Individlarning bunday taqsimlanishiga qanday abiotik va biotik omillar sabab bo’lishini aytish qiyin. Lekin bu omillarning ta’sir kuchi zamon va makonda tasodifiy ravishda o’zgarib turadi. Omillarning populyatsiya egallagan joyning u yoki bu qismlarida tasodifiy o’zgarib turishi ko’p uchrab turadi. Keyingi yillarda diqqat e’tiborni tortayotgan “xavfning taqsimlanishi” konsepsiyasiga binoan, populyatsiyada noqulay ta’sir qiluvchi, omillar zamon va makonda tasodifiy taqsimlangan. Binobarin, tasodifga duch kelgan populyatsiya yoki populyatsiyaning bir qismi noqulay ta’sir natijasida nobud bo’ladi. Demak, arealda individlarning taqsimlanishi yuzaga keladi. Lekin katta maydondagi populyatsiyaning o’rtacha zichligi deyarli o’zgarmaydi, chunki ofat hamma joyda birdan sodir bo’lmaydi. Ba’zi hollarda organizmlarning joyda taqsimlanishi tavsifi populyatsiyaning rivojlanishiga va populyatsiya sonining o’sishi yoki kamayishiga qarab o’zgarib turishi mumkin. Dastlab tasodifiy taqsimlanishga ega populyatsiyalarda qulay sharoit bor joylar tez ko’payadi va agregasiyalangan holatga o’tadi. Nuqtali yoki agregasiyalangan taqsimlanish xos populyatsiyalarda populyatsiya chegarasida bo’sh, individlar uchramaydigan maydonlar uchrab turadi. Tekis taqsimlanish juda ko’p turlarga xos taqsimlanishdir. Masalan, inson tomonidan yaratilgan mevali bog’lar yoki o’tloqlar ham shunday taqsimlanishga misol bo’ladi. Tabiatda bunday qat’iy tekis tarqalgan populyatsiyalarni topish qiyin. Lekin nisbatan tekis taksimlanishga ega populyatsiyalar juda ko’p. Bir individning ikkinchi individga juda yaqin joylashish ehtimoli kam bo’lgan hollarda tekis taqsimlanish kuzatiladi. Boshqacha aytganda, individning bir-biriga nisbatan joylashishida antogonistik munosabatlar mavjud bo’lgan hollarda. Antogonistik munosabatlar natijasida yuzaga keladigan tekis taqsimlanish ko’p uchrab turadi. Masalan, bosh oyoqli mollyuskalar ayrim vakillarining o’troq lichinkalari o’z turiga mansub individlarga yakin joylashmaydi yoki o’simliklarning zichligi kam populyatsiyalarda tekis taksimlanish kuzatiladi. Zichligi yuqori archazorlarda ham daraxtlar bir-biridan ma’lum uzoqlikda joylashib, tekis taqsimlanish hosil qiladi. Bir-biriga juda yakin joylashgan daraxtlarning bittasi yorug’lik yetishmasligi natijasida rivojlanishdan to’xtaydi. Cho’l va chalacho’llarda o’sadigan ko’pchilik o’simliklar populyatsiyada ham individlar tekis taqsimlangan bo’ladi. Fitotsenozdagi o’simliklarning majmuasi bu tasodifiy emas, undagi o’simliklar konkret tarixiy taraqqiyot natijasida yig’ilgan uyushma – qavm hisoblanib, unga tuban va yuksak o’simliklar kiradi. Ular ekologiyasining har xilligi bilan ajralib turadi. Har bir fitotsenozning o’ziga xos bo’lgan muhim belgilari mavjuddir. Ya’ni har bir fitotsenoz boshqasidan turlar tarkibi, turlar orasidagi miqdor va sifat munosabatlari, qavatlilik-pogonalik, mo’llik, hayotiy shakli, gorizontal tuzilishi kabi belgilari bilan farq qiladi. Odatda fitotsenozlarning tuzilishini o’rganishda quyidagi belgilarni hisobga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi:1) fitotsenozning floraviy tarkibi; 2) fitotsenozni tashkil etuvchi turlar soni, ularning umumiy massasi, turlar orasidagi miqdoriy nisbatlar; 3) har bir individlarning holati (ahvoli); 4) fitotsenozda turlarning vertikal va gorizontal taqsimlanishi hamda shu asosda strukturaviy qismlarga bo’linishi. Fitotsenozni o’rganishda turlar tarkibi eng muhim belgilardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham turlar yig’indisi flora yoki floristik tarkib deb yuritiladi. Turlar tarkibi fitotsenozning xususiyatini va uning tashqi qiyofasini belgilaydi. Har bir jamoada yuksak o’simliklardan tashqari bir qancha tuban o’simliklar, jumladan bakteriyalar, suv o’tlari, zamburug’larning ko’plab turlari mavjud bo’ladi. Fitotsenozda shunday turlar borki son jihatdan unchalik katta hajmni egallamaydi, lekin o’zining ishtiroki bilan fitotsenozda muhitni boshqaradi. Misol uchun bazi bir turlar tuproqning xususiyatini ifoda etadi. Bu esa fitotsenozga to’liq tavsif berishga imkon yaratadi. Bunday o’simliklarni muhitni belgilovchi – d e t e r m i n a n t o’simliklar deyiladi. Fitotsenozning tarkibi uning hosil bo’lish, kelib chiqish evolyutsiyasini, taraqqiyotini, tarixini va ekologik muhitga moslashib yashab ketish xususiyatini belgilaydi. O’rta Osiyo tog’larida, jumladan Hisor, Nurota tog’lariining ba’zi joylarida, baland adirlarda, yakkam-dukkam archalarni uchratish mumkin. Asosan qadim qabrlarda buni kuzatish mumkin. Bu holat shuni bildiradiki, shu yerlarda ham qadimda ko’plab archalar ko’kargan, archazorlar mavjud bo’lgan. Archazorlar siyraklashishi bilan bu yerlarning tuprog’i, iqlimi, o’simliklar qoplami kuchli o’zgarishga uchragan. Fitotsenozning turlar tarkibini to’liq hisobga olish uchun ma’lum uchastkalardagi turlarning miqdorini bilish lozim bo’ladi. Buning uchun fitotsenozdan bir necha namuna maydonchalari ajratib olinib, ularning tur soni aniqlanadi. Fitotsenozning turlar tarkibi va uning miqdor ko’rsatkichi, iqlim sharoitiga, relefiga, tuproq tarkibiga, turlarning biologik xususiyatiga, antropogen omillar ta’siriga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston sharoitida cho’l va adir mintaqasiga nisbatan tog’ mintaqasida fitotsenozning florasi turlarga boy bo’ladi. Fitotsenozning tashkil bo’lishida ishtirok etgan o’simlik turlarining soniga qarab, fitotsenozlar floraviy oddiy va floraviy murakkab guruhlarga bo’linadi. Oddiy fitotsenozlar bir va ikki turlardan iborat bo’ladi. Murakkab fitotsenozlar ikki va undan ko’p turlardan iborat bo’ladi. Har bir fitotsenozning komponentlari makonda vertikal taqsimlanish (qavatlilik, yaruslilik) va gorizontal taqsimlanish (o’rnashish, joylashish) va hayotiy shakllar xilma-xilligi (sinuziyalilik) xususiyatiga ega. Fitosenozlar doimo o’zgarishda bo’ladi, yani dinamik jarayonlarni boshidan kechiradi Download 26.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling