4-ma’ruza. Yo‘qotishli va yo‘qotishsiz siqish usullari. Modemlarda siqish algoritmlari


Download 0.73 Mb.
bet5/9
Sana26.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1722875
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-ma’ruza

Ma’lumotni siqishda birinchi navbatda birlamchi tekst to‘g‘risida ma’lumot yig‘iladi, ya’ni undagi qaytariladigan fragmentlar, sonlar, iboralar aniqlanadi. Bunday ma’lumotga ega bo‘lmay turib, ma’lumotni siqish to‘g‘risida hech qanday echimga kelib bo‘lmaydi.

  • Ma’lumotni siqishda birinchi navbatda birlamchi tekst to‘g‘risida ma’lumot yig‘iladi, ya’ni undagi qaytariladigan fragmentlar, sonlar, iboralar aniqlanadi. Bunday ma’lumotga ega bo‘lmay turib, ma’lumotni siqish to‘g‘risida hech qanday echimga kelib bo‘lmaydi.
  • Tizimga tushgan ma’lumotni oldindan tahlil qilish asosida siqishni bajaradigan usullar (algoritmlar) adaptiv usullar (algoritmlar) deb yuritiladi.
  • Adaptiv bo‘lmagan algoritmlar statik algoritmlar deyiladi, ular tor doiradagi ma’lumotlarni , ya’ni ma’lum bir mutaxassiklik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni siqish uchun foydalaniladi.
  • Amaliyotda asosan adaptiv algoritmlardan foydalaniladi.
  • Axborotni uzatish va saqlash katta xarajatlarni talab qiladi. Qancha katta axborot bilan ishlashimizga to‘g‘ri kelsa,bu shunchalik qimmatga tushadi.
  • Afsuski, aloqa kanallari orqali uzatilayotgan va saqlangan ma’lumotlarning katta qismi ixcham ko‘rinishga ega emas. Aksincha, bu ma’lumotlardan oson foydalanishni ta’minlovchi ko‘rinishlarda saqlanadi, misol uchun, oddiy kitob tekstlari, matn muxarrirlarining ASCII kodlari, ShK ma’lumotlarining ikkilik kodlari, ma’lumotlarni yig‘ish tizimlaridagi signallarning aloxida sonlari va boshqalar.
  • Biroq bu foydalanishda eng oddiy bo‘lgan ko‘rinishdagi ma’lumotlarni saqlash, aslida keragidan ikki-uch, lekin ba’zida yuzlab barobar katta joyni va chastota kengligini talab qiladi. Shuning uchun ma’lumotlarni siqish zamonaviy telekommunikasiyalarning eng muxim yo‘nalishlaridan biri xisoblanadi.
  • Ma’lumotlarni siqishning maqsadi - manbaa tomonidan ishlab chiqarilgan ma’lumotlarni ixcham ko‘rinishini, ularning tejamkorroq saqlanishi va aloqa kanali orqali yuborilishini ta’minlashdan iborat.
  • Quyida ma’lumotlarni siqish tizimining shartli strukturasi keltirilgan:

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling