4-ma’ruza. Yo‘qotishli va yo‘qotishsiz siqish usullari. Modemlarda siqish algoritmlari


Download 0.73 Mb.
bet6/9
Sana26.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1722875
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-ma’ruza

Ma’lumotlarni siqish tizimi koder va dekoder manbaalaridan iborat.Koder manbaa ma’lumotlarini siqilgan ma’lumotlarga aylantirib beradi, dekoder esa siqilgan ma’lumotlardan manbaa ma’lumotlariga qayta tiklash uchun mo‘ljallangan.Dekoderdan chiqqan qayta tiklangan ma’lumotlar manbaa ma’lumotlari bilan aniq mos kelishi yoki ozgina farq qilishi mumkin.

  • Ma’lumotlarni siqish tizimi koder va dekoder manbaalaridan iborat.Koder manbaa ma’lumotlarini siqilgan ma’lumotlarga aylantirib beradi, dekoder esa siqilgan ma’lumotlardan manbaa ma’lumotlariga qayta tiklash uchun mo‘ljallangan.Dekoderdan chiqqan qayta tiklangan ma’lumotlar manbaa ma’lumotlari bilan aniq mos kelishi yoki ozgina farq qilishi mumkin.
  • Ikki turdagi ma’lumotlarni siqish tizimlari mavjud:
  • Axborotni yo‘qotishlarsiz siqish tizimlari (siqishni buzmaydiganlar);
  • Axborotni yo‘qotishlar bilan siqish tizimlari (siqishni buzadiganlar).
  • Yo‘qotishsiz siqish usulida siqish algoritmi bilan kodlashtirilgan ma’lumot (raqamli holatga keltirilgan video, audio, grafik hujjatli ma’lumotlar ) oxirgi bit aniqligida dekodlashtiriladi.
  •  Bu usulda har bir turdagi raqamli axborot uchun optimal yo‘qotishsiz siqish algoritmi qo‘llaniladi.
  • Usul juda ko‘p ilovalarni siqishda va fayl arxivatorlarida ishlatiladi. Hamda yo‘qotishli siqish algoritmlarida asosiy komponent sifatida ham qo‘llaniladi. Usul siqilgan ma’lumot originali bilan bir xil bo‘lishi muhim blgan hollarda qo‘llaniladi, masalan bajariladigan fayl va uning kodlashtirilgan ko‘rinishi.
  • Umumiy ko‘rinishda yo‘qotishsiz siqish usuli quyidagicha izohlanadi:
  • Berilgan birlamchi ma’lumotda iboralar ishlatilishining qonuniyati aniqlanadi va unga asosan birlamchi ketma-ketlikni to‘liq tavsiflaydigan ikkinchi ketma - ketlik generasiya qilinadi. Masalan, “0” iboralari ko‘p va “1” iboralari kam ikkilik ketma-ketlikni kodlashtirishda quyidagi almashtirishlarni qo‘llash mumkin:
  • 00 → 0
  • 01 → 10
  • 10 → 110
  • 11 → 111
  • Bunda 16 bitli ushbu ko‘rinishdagi axborot 00 01 00 00 11 10 00 00
  • 13 bitli axborotga almashtiriladi 0 10 0 0 111 110 0 0
  • Bunday o‘zgartirish quyidagi xususiyatga ega: siqilgan qatorni probelsiz yozib chiqilgan taqdirda ham unga probellar qo‘yib, birlamchi ma’lumotni tiklash mumkin bo‘ladi. Bunday usulda yaratilgan kod prefiksli kod deb yuritiladi.
  • Bunday kodlashtirishga Xaffman kodini misol qilib keltirish mumkin.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling