- Yo‘qotishli siqish algoritmlari
-
- Ma’lum bir usulda siqilgan (kompressiyalangan) ma’lumot dekompressiyalanganida birlamchi ma’lumotdan ma’lum bir darajada farqlanadi, ya’ni dekompressiyalangan ma’lumotdan keyinchalik foydalanish mumkin. Bu turdagi siqish algoritmlari:
- audio, video ma’lumotlarini;
- statik tasvirlarni;
- Internet ma’lumotlarini;
- ma’lumot oqimlarini uzatishda va raqamli telefoniyada qo‘llaniladi
- Yo‘qotishli siqishning ikki xil sxemasi mavjud:
- Transformasiya qiladigan kodeklarda tasvir yoki tovush freymlari yangi bir muhitga transformasiyalanadi va kvantlash operasiyasi bajariladi. Transformasiyalash jarayoni butun freym doirasida amalga oshirilishi mumkin (wavelet- algoritmi asosida transformasiyalash);
- freymni bloklarga bo‘lib, bloklar doirasida transformasiyalash (JPEG – algoritmii bo‘yicha). Transformasiyalangan ma’lumot entropiya usullari negizida siqiladi.
-
- Yo‘qotishli va yo‘qotishsiz siqish algoritmlarining qiyosiy tahlili
-
- Yo‘qotishli siqish algoritmlarining yo‘qotishsiz siqish algoritmlaridan afzalligi shundan iboratki, bunda qo‘yilgan talablarga javob bergan holda ma’lumotni siqish darajasi ancha yuqori, ya’ni dekompressiyalangan ma’lumot inson sezgirlik darajasida bo‘ladi.
- Yo‘qotishli siqish algoritmlari ko‘pincha analog ma’lumotlarni siqishda qo‘llaniladi, ya’ni tovush va tasvir ma’lumotlarini.
- Bunda dekompressiyalangan ma’lumot birlamchi ma’lumotdan bitga bit solishtirilganida ancha farq qilishi mumkin, ammo bunday o‘zgarishlar inson eshitish va ko‘rish organlarida deyarli sezilmaydi
- JPEG formatidagi fotosurat (ma’lumotlar yo‘qotishli siqish algoritmidan foydalanilgan) sud jarayonida ham qo‘llanilishi mumkin.
- Yo‘qotishli siqish algoritmlarining kamchiliklari
- Yo‘qotishli siqish algoritmi asosidagi dekompresiyalangan ma’lumot ikkinchi marta siqilganida sifat darajasi pasayishi mumkin, shuning uchun bunday holatlarda birlamchi ma’lumotning originalini saqlab qo‘yish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |