4-mashg‘ulot. O‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari. O‘zbek tilida tinish belgilari. Reja
Download 73.3 Kb.
|
4-mavzu
q, g’, x undoshlaridan so`ng kelganda orqa qator unlidek aytiladi va asliga muvofiq yoziladi;
savol, zamon, bahor, palov, tamo so‘zlarida «o» kabi aytilsa ham har vaqt «a» yoziladi; a’lo, a’zo, ma’no, ta’na kabi so`zlarda tutuq belgisi ta’sirida cho`ziqroq aytilsa ham, bitta a yoziladi; mutalaa, mudofaa, manfaat, taalluqli, taajjub kabi so`zlarda cho`ziqroq aytilsa ham a yoziladi; disk, bank, tank, stolb kabi rus tili orqali o`zlashgan so`zlarning oxiri qo`sh undosh bilan tugagani uchun o`zbek tilida bu so`zlarga a qo`shib aytiladi va shunday yoziladi: diska, banka, tanka, stolba; xavf, gavda, navbat, vafo, varaq kabi so`zlarda v undoshi bilan yonma-yon kelganda o ga moyil aytilsa ham, asliga ko`ra a yoziladi; ayrim ruscha-o`zlashma so`zlardagi ya tovush birikmasi o`rnida a aytiladi va yoziladi: sentabr, oktabr, flaga kabi. O o harfi lablangan, til orqa, keng unli tovushni ifodalaydi: yondosh tovushlardan qat’iy nazar so`zlarning barcha bo`g’inlarida kelib, cho`ziq unli sifatida talaffuz qilinadi va asliga ko`ra yoziladi: ona, bobo, nom, oq, qoramol; o`zlashma so`zlarda u yoki o` bilan o o`rtasida aytilsa ham, o tarzida yoziladi: opera, bolt, nota, rol, tok (elektr) kabi. Bunday so`zlarning urg’usiz bo`g’inlarida o unlisi I kabi talaffuz qilinsa ham o yoziladi: direktor, traktor, ekspeditor, kartoshka kabi. boshqa tillardan kirgan quyidagi so‘zlarda «a» singari talaffuz etiladi, biroq hamisha «o» yoziladi: kollej, monitoring, dekoratsiya, omonim, okulist va h.k. o ba’zan o‘ kabi aytilishi ham mumkin, lekin baribir «o» yozilaveradi: tonna, noyabr, boks, tort va h.k. Ii harfi lablanmagan, til oldi, yuqori tor unli tovush: bilan, bilim, til, tilak, har xil, qism, bir, tish, dil kabi so‘zlarda qisqa aytiladi va «i» yoziladi; badiiy, ommaviy, Lutfiy mohir, ilmiy, adabiy, lirika, shoir singari so‘zlarda «i» cho‘ziq aytiladi, lekin doimo «iy» yoziladi; qish, qir, g’ilof, xizmatchi, xil so`zlarida qisqa va qattiq i o`rnida; rus tilidan o`tgan vimpel, bilina, vishka, richak kabi so`zlardagi ruscha ы o`rnida qo`llaniladi va doim i yoziladi; so`z o`zagining ochiq bo`g’inida i, e, a unlilaridan biri kelsa, keying yopiq bo`g’inda i yoziladi; arab-fors va rus tilidan o`zlashgan bir bo`g’inli so`zlarning qo`sh undoshlari o`rtasida qisqa i tovushi talaffuz etilsa-da, ammo yozilmaydi: fikr, ufq, matn, litr kabi. Uu harfi lablangan, til orqa, yuqori tor unli tovush; yutuq, butun, tovuq, sovuq, sovun, chuvur-chuvur, ovul, tarvuz, quvur kabi so‘zlarda «i»ga monand talaffuz etilsa-da, qoidaga binoan «u» yoziladi; birinchi bo`g’inida u bo’lgan so`zlarning keyingi ochiq bo`g’ini q yoki g’ bilan boshlansa, i kabi talaffuz qilinadi, biroq u yoziladi: uyqu, tuyg’u, urg’u, yog’du, bug’u; tarkibida u bo`lgan bir bo`g’inli so`zlarning oxirgi ikki undoshi o`rtasida u aytilsa ham yozilmaydi. O‘o‘ harfi lablangan, til orqa, o`rta keng unli tovush; so`zning ochiq bo`g’inlarida nisbatan kengroq, yopiq bo`g’inlarida esa torroq talaffuz qilainadi: so`lim, qo`riq, to`plam; asosan so`zning birinchi bo`g’inida uchraydi: o`t, ko`l, ko`za, o`jar, to`lqin; ko`pgina so`zlarning birinchi bo`g’inida o` kelsa, ikkinchi bo`g’inida i yoziladi: do`ppi, ko`prik, to`qimoq, so`zlik; Download 73.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling