4-mashg‘ulot. O‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari. O‘zbek tilida tinish belgilari. Reja
Download 73.3 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
4-mashg‘ulot. O‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari. O‘zbek tilida tinish belgilari. Reja: Asos va qo‘shimchalar imlosi. Qo‘shib va ajratib yozish. Bosh harflar imlosi. Ko‘chirish qoidalari. Tinish belgilarining qo‘llanishi. Tayanch tushunchalar: Orfografiya, imlo me’yorlari, unlilar imlosi, undoshlar imlosi, bosh harflar imlosi, bo`g`in ko`chirish qoidalari, asos va qo`shimchalar imlosi. Yozuv har bir xalqning ma’naviy boyligi, yuksak madaniyatga erishganligining o‘ziga xos ko‘rinishi sanaladi. So‘zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat’iylik millatni yakdillikka, ma’naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma’noda har bir xalq o‘z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amaliyotga tatbiq etadi. Grafika bo`limida harf, yozuv, alifbo va yozuvlar tarixi o`rganiladi. Inson nutqi ikki xil ko‘rinishga ega bo‘ladi: og‘zaki va yozma. Yozma nutq og‘zaki nutqni maxsus belgilar tizimi yordamida ifodalash demakdir. Og‘zaki nutqda tovushlardan, yozma nutqda esa harflardan foydalanamiz. Yozma nutq yozuvning kelib chiqishi va uning tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Boshqa xalqlar qatori o‘zbek xalqi ham o‘tmishda bir qancha yozuv turlaridan foydalangan. Avesto, urxun-enasoy, sug‘d, xorazm, uyg‘ur yozuvlari shular jumlasidandir. O‘zbek xalqi 1930-yilga qadar bir necha yuz yillar davomida arab grafikasiga asoslangan turkiy yozuvdan foydalanib kelgan. Abu Ali ibn Sinoning tabobatga doir bebaho asarlari, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al-Xorazmiy, Ulug‘bek, Forobiy singari buyuk olimlarimizning ilmiy mushohadalari, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat, Cho‘lpon-u Fitratlarning aql bovar qilmas go‘zal satrlari aynan ana shu yozuvda bitilgan. 1930-yildan to 1940-yilga qadar xalqimiz lotin yozuvidan foydalandi. 1940-yilning may oyidan boshlab esa rus grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvi amalda tatbiq etildi. 1993-yilning 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. 1995-yilning 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi Qonuni e’lon qilindi. “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonun o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n uchinchi sessiyasida 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan. 1-modda. O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan quyidagi 31 harf va 1 tutuq belgisi ( apostrof )dan iborat o‘zbek alifbosi joriy etilsin. 2-modda. Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek yozuvini joriy etish bilan birga O‘zbekiston xalqining milliy iftixori bo‘lmish bebaho ma’naviy meros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani o‘rganish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi. “O‘zbekiston respublikasining «lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonuni 1995-yil 6-mayda qabul qilingan bo`lib, unga quyidagi o`zgartirishlar kiritilgan: a) 1-moddadagi «31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan» so‘zlari «26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan» so‘zlari bilan almashtirildi; b) ц tovushini ifodalovchi maxsus C harfi alifbo tarkibidan chiqarildi; c) c harfi ch, s harfi sh, n harfi ng shaklida ifodalandi; d)tutuq belgisi alifbo tarkibidan chiqarilib, grafik belgidan orfografik belgiga almashtirildi. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yilda tasdiqlangan edi. Davr o‘tishi bilan u eskirdi, amaliy ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois, 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yilning 24-avgustida 339-sonli «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo‘lib, quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 1. Harflar imlosi: a) unlilar imlosi (1—7-bandlar); b) undoshlar imlosi (8—32-bandlar). 2. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33—37-bandlar). 3. Qo‘shib yozish (38–50-bandlar). 4. Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar). 5. Ajratib yozish (57—56-bandlar). 6. Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar). 7. Ko‘chirish qoidalari (75—82-bandlar). UNLILAR IMLOSI Yangi imlo qoidalarida unli harflarning yozilishiga keng o‘rin ajratilgan. A a harfi lablanmagan, til oldi, keng unli; yumshoq o`zakdagi til orqa k, g va boshqa til orqa undoshlari bilan yonma-yon kelganda old qator, ochiq tovush sifatida ayiladi:aka, man, olam, kalla, gala kabi; Download 73.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling